Monopolistik raqobatlashgan bozor muvozanati


Download 67.4 Kb.
bet3/3
Sana22.06.2023
Hajmi67.4 Kb.
#1646461
1   2   3
Bog'liq
MONOPOLISTIK RAQOBATLASHGAN BOZOR MUVOZANATI

Raqobatlashgan bozorda muvozanat holat N nuqtada erishilsa, monopol raqobatlashgan bozorda M nuqtada erishiladi. Raqobatlashgan bozorda talab chizig`i gorizontal bo`lib, firmaning foydasini nolga teng bo`lish nuqtasi o`rtacha xarajatning minimal qiymatiga to`g`ri keladi. Monopol raqobatlashgan bozorda talab chizig`i pastga tomon yotiq bo`ladi, shuning uchun ham firma foydasining nolga teng nuqtasi o`rtacha xarajatning minimal nuqtasidan chaproq tomonga siljigan bo`ladi va firma miqdorga teng rezerv quvvatga ega bo`ladi. Bu rezerv quvvatlar samarasiz hisoblanadi, nima uchun deganda, o`rtacha xarajatlarni ishlab chiqarish hajmini oshirib, kamaytirish mumkin. Bunday samarasizlik aholining turmush darajasini pasaytiradi. Demak, monopol raqobatlashgan bozor samarasiz hisoblanadi. Lekin, shu bilan birga monopol raqobatlashgan bozorning ijobiy tomonlari to`g`risida ham gapirish mumkin

  • Monopol raqobatlashgan bozor

Monopol raqobatlashgan bozordagi firmalarning monopol hokimiyati katta emas. Bozordagi firmalarning mahsulotlari bir-birini o`rnini bosadi va shuning uchun ham alohida firma yuqori monopol hokimiyatga ega bo`la olmaydi. Demak, aytish mumkinki, monopol hokimiyatdan ko`radigan sof yo`qotishlar ham uncha katta bo`lmaydi. Talab chizig`ining yotiqligi, talabning elastik ekanligini bildiradi, shuning uchun firmalarning rezerv quvvati ham katta emas. Boshqa tomondan, monopol raqobatlashgan bozor tovarlar assortimentini kengaytiradi. Bu o`z navbatida iste`molchilarga raqobatlashgan tovarlar bozorida tanlash imkoniyatini oshiradi.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT


Download 67.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling