Monopoliya va monopsoniya


Download 113.66 Kb.
Pdf ko'rish
Sana31.01.2023
Hajmi113.66 Kb.
#1143004
Bog'liq
Monopoliya va monopsoniya



Monopoliya va monopsoniya
• Monopoliya va monopsoniya - bu bozor sharoitlari bir -biriga qarama -qarshi.
• Monopoliyada sanoatni boshqaruvchi bitta ishlab chiqaruvchi yoki xizmat
ko'rsatuvchi bo'lsa, Monopsoniyada bir nechta ishlab chiqaruvchilar bor, lekin bitta
xaridor bor.
• Ikkalasi ham odamlar uchun yaxshi emas, chunki ular monopoliyada ishlab
chiqaruvchi va Monopsoniyada xaridor gegemonligiga yo'l qo'yishadi.
• Monopsoniya odatda mehnat bozorida kuzatiladi, u erda ishchilar ko'p, lekin
ularning xizmatlaridan faqat bitta xaridor foydalanad
Monopsoniya — tarmoqdagi ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar soni juda koʻp boʻlib,
ular tovar yoki xizmatlarining yagona isteʼmolchisi yoki xaridori mavjud boʻlgan sharoitdagi
yakkahukmronlik holati hisoblanadi. Bunga Asakadagi avtomobil zavodi yaqqol misol boʻla oladi.
Mazkur yirik korxona mamlakatimizdagi yengil avtomobillarni ishlab chiqarishda zarur boʻlgan
koʻplab ehtiyot va butlovchi qismlarni ularning nisbatan mayda ishlab chiqaruvchilaridan sotib
olishda yakkahukmronlik mavqeiga ega.
Monopsoniya (mono... va yun. opsonia — sotib olmoq) — bozor holati, bozorda haridorning
hukmron mavqega ega boʻlishi. M.da bir nechta sotuvchilar va bir yirik haridor ishtirok etadi.
Bozorda haridor oʻz hukmini oʻtkazib, yetakchi mavqeni egallaydi, harid hajmini kamaytirib,
ishlab chiqaruvchilarni narxni pasaytirishga majbur etadi. Aksariyat resurelar bozorida paydo
boʻladi (ishlab chiqaruvchi yutugʻi haridor-isteʼmolchiga oʻtadi). Resurslarni davlat qatʼiy
narxlarda harid etganda, davlat buyurtmalarida ham M. vujudga keladi. Mas, davlat avianosets,
kosmikraketa obʼyektlari kabi qimmat va murakkab qurol-aslahalar haridori boʻladi. Bu holda
oldisotdi bitishuvchi tomonlar uchun kelishuvning narxini ham oʻz ichiga oladigan, oʻzaro
majburiyatlarini nazarda tutadigan kontraktlar — bitimlar boʻyicha amalga oshiriladi. Keng
maʼnoda — narxlar shakllanishiga haridorlar, tovar va xizmatlar isteʼmolchilari hal qiluvchi taʼsir
koʻrsatadigan barcha bozorlarga nisbatan qoʻllanadi.
[1]
Monopoliya atamasining kelib chiqishi bozorga oid tushunchalardan
(yaʼni, yunoncha
„monoc“ — yagona, bitta va „poleo“ — sotaman) tarkib topsada,
uning iqtisodiy asoslari aslida ishlab chiqarishga borib taqaladi. Monopoliyani quyidagicha
taʼriflash oʻrinli:
monopoliya — monopol yuqori narxlarni oʻrnatish hamda monopol yuqori foyda
olish maqsadida tarmoqlar, bozorlar va yaxlit makroiqtisodiyot ustidan hukmronlikni amalga
oshiruvchi yirik korxonalarning birlashmalari.
Monopoliya (yun. mono — tanho, poleo — sotaman) — iqtisodiyotning bir sohasida tanho
hukmronlik; bozorni tashkil etish shakli. Bunday bozorlarda yagona sotuvchi oʻz tovari bilan fa-
oliyat koʻrsatadi, boshqa tarmoqlarda bunday tovarning oʻrinbosari boʻlmaydi. M. ishlab
chiqarish vositalari, ish kuchi va yaratilgan mahsulotlar asosiy qismining ozchilik korxonalar,
sohibkor shaxslar yoki davlat qoʻlida toʻplanishi natijasida paydo boʻladi. M. koʻrinishlari
qadimdan mavjud. Noyob mahsulot yetishtiriladigan yerlar, konlar, suv havzalari, oʻrmonlar va
boshqa tabiiy manbalar ozchilik qoʻlida toʻplanib, egalariga monopol mavqe bergan, ular maʼlum
mahsulotni bozorgatanho yetkazib beruvchilarga aylanib, u yerda hukmron boʻlganlar. M. oʻz


tabiatiga koʻra ishlab chiqarish da turgʻunlik paydo qiladi, chunki monopol mavqega tayanib,
sarflarni kamaytirmay foyda koʻrish, raqobatning yoʻqligi yoki zaifligidan foydalanib bozorga oʻz
izmini oʻtkazish mumkin. M. bozor munosabatlarini cheklaydi, shu sababli hatto bozor
iqtisodiyoti hukmron davlatlar mono-poliyaga qarshi choratadbirlarni koʻradilar. M.ning asosiy
shakllari — kartel, sindikat, trest, konsernlar hisoblanadi.
Monopoliyalar vujudga kelishining moddiy asosi ishlab chiqarishning toʻplanishi hisoblanadi.
Ishlab chiqarishning toʻplanishi ishlab chiqarish vositalari, ishchi kuchi hamda mahsulot ishlab
chiqarish hajmining yirik korxonalarda toʻplanishini namoyon etadi. Monopoliyaning 6 turi
mavjud bo'lib ular: 1.Tabiy monopoliya 2.Legal monopoliya 3.Sun'iy monopoliya 4.Aligopoliya
5.Monopsoniya 6.Sof monopoliya

Download 113.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling