Monorels transport tizimi


Download 0.68 Mb.
bet1/4
Sana20.12.2022
Hajmi0.68 Mb.
#1039188
  1   2   3   4
Bog'liq
9-10 монорелс


Monorels transport tizimi.

Hozirgi kunda yuqori tezyurar er usti transport tizimini tashkil etish bo‘yicha muvaffaqiyatli faoliyat olib boruvchi ikkita markaz aniqlangan: Germaniya va Yaponiya.


1950─1970 yillarda monorelslarda xavo yostiqli (podushka) vagon yoki pozdlarni tashkil etish bo‘yicha tadqiqot ishlari olib borilgan. Xavo yostiqli monorelslarda harakatlanuvchi birinchi poyezd loyihasi E.K.ssiolkovskiy tomonidan 1927 yilda ishlab chiqilgan. Bu sohada 1960─1970 yillarda Angliya va AQShda bir qator loyihalar ishlab chiqilgan. Ford kompaniyasi rels kallaklariga kiruvchi va tormoz boshmog‘iga (bashmak) tayanuvchi aerovagon loyihasini ishlab chiqdi. Tormozlash boshmoqlarining ichki qismi va relslar orasidagi bo‘shliq havo yostiqchasi uchun siqilgan havoni etkazish imkonini beradi. Bunday turdagi transport tizimi asosida Fransiyada bir qator amaliy ishlar olib borilgan. Muhandis J. Berten tomonida L’Aerotraib I 80 aeropoyezdi qurildi va ur usti transporti bo‘yicha 1974 yil 5 martda dunyo rekordini o‘rnatdi (3 km uchastkada harakat tezligi 417,6 km/soat). Aerovogon qayrilgan balka ko‘rinishidagi temir─betonli monorelsda harakatlangan. Monorels va vagon tubi orasidagi bo‘shliq 70─100 mm ni tashkil etadi. Biroq yuqoridagi aeropoyezdlar amaliyotda tijoriy foydalanish uchun samarasiz deb topilgan. Hozirgi kunda bo‘ sohada ishlar olib borilmaydi.

Rasm 4.2.1. Orleana yaqinida J. Bertenning L’Aerotraib I 80 aeropoyezdining sinovi.

Germaniyada elektromagnit monorels tizimlari qo‘llaniladi. Bu tizim elektromagnit ta’sir yordamida harakat tarkibini yo‘l strukturasiga po‘lat rels orqali o‘tkazish tamoyiliga asoslangan. Elektromagnit cho‘lg‘amlarida (obmotka) elektr tokini avtomatik boshqarish harakat vositasi va yo‘l orasida zaruriy bo‘shliq bo‘lishini ta’minlaydi.


Yaponiyada elektrodinamik monorels tizimi qo‘llaniladi. Bu tizimda vagonni yo‘ldan itaruvchi va ko‘tarib turuvchi kuch ishlatiladi. Bu tizim yanada kuchliroq yuqori o‘tkazuvchi magnitlardan foydalanishni talab etadi. SHu tariqa elektromagnit tizimga ko‘ra vagon va yo‘l orasida ko‘proq bo‘shliq bo‘lishini ta’minlaydi.
Har ikkala tizimda ham tortish va tormozlash kuchlari chiziqli dvigatel hisobiga foydalaniladi.
Germaniyada monorels transportni tashkil etish bo‘yicha ishlar 1969 yildan boshlangan. 1971 yilda Messershmitt─Belkov─Blem (MVV) firmasining sinov poligonida 0,7 km masofada birinchi vagon sinovdan o‘tkazilgan. Bu vagonning harakatlanish tezligi 200 km/soatni tashkil etgan. 1976 yilga kelib bu vagonning harakatlanish tezligi 410,3 km/soatgacha etgan.
“Transrapid International” firmasi (Germaniya) konsorsiumi tomonidan bir nechta poyezd konstruksiyalari va yo‘l strukturalari ishlab chiqilgan. Gamburgda tashkil etilgan “Transport─79” ko‘rgazmasida Transrapid─05 poyezdning namoyishi 1979 yilda bo‘lib o‘tgan. Bunda yo‘l strukturasi 1 km ni tashkil etuvchi estakadadan iborat bo‘lib, qo‘shma vagonning uzunligi 26,2 m va 70 ta yo‘lovchi sig‘imiga ega bo‘lgan.
1980 yillarning ohirida Transrapid vagonlarining sinovlari Emslandda (Germaniya) o‘tkazilgan. Trassaning umumiy uzunligi 31,5 km (Papenburg va Meppen shaharlari orasida), 10 km to‘g‘ri yo‘l uchastka, 1690 va 1000 metrli egriliklar, hamda uchta strelkali o‘tkazgichdan iborat. Yo‘l strukturasi eskatadada joylashgan bo‘lib, er sathi kamida 4,7 metrni takil etgan. Transrapid─06 vagoni bir turdagi ikki seksiyadan iborat bo‘lib, umumiy uzunligi 54,2 m, eni 3,7 m, balandligi 4,2 m, massasi 120 tonnani tashkil etadi.

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling