Monorels transport tizimi
Download 0.68 Mb.
|
9-10 монорелс
V-toifa yo‘llar – bekatlarda konteyner punktiga, yoqilg‘i omborlariga, bazalarga, saralash platformalariga va boshqa punktlarga 40 km/s gacha tezlikda olib boruvchi shoxobcha va birlashtiruvchi yo‘llar.
Ayrim qurilmalar va inshootlarning quvvati ularning kelajak rivojlanishi va foydalanish ishlarining ta’siriga qarab quyidagi muddatlarga hisoblanadi: 10 – yil ishlatish uchun – saralash vositalari (tortish yo‘llari, saralash bekatidagi saralash tepaligi), bekatlarda yangidan qurilayotgan qabul qilish-jo‘natish yo‘llarining foydalanish masofasi, yo‘lovchi binosining sig‘imi, depolarda stoylalar va yuk ko‘tarish vositalarining gabarit o‘lchamlari; 5 – yil foydalanish uchun – saralash inshootlari (saralash bekati bundan mustasno), yo‘llar soni, uzellarda kelish yo‘llarining echimlari, ajratish punktlari soni, er polotnosining kengligi, yo‘l ustki tuzilishining turi, depoda stoylalar soni, ustaxona binolari hajmi, aloqa turlari, aloqa kabel liniyalari va kanallar soni, elektr bekatlari asosiy jihozlarining quvvati, ekipirovka qurilmalari, suv ta’minoti va kanalizatsiya inshootlari, telefon, telegraf bekatlari va aloqa apparat zallari sig‘imlari, turar joy va maishiy-madaniy qurilishlar hajmi; 2–yil foydalanish uchun – yuk maydonchalari, omborxona qurilmalari va boshqalar. Bekatlarda odatda har xil xizmat sohasidagi 1–toifali texnologik qurilmalar va inshootlar birlashtirilishi kerak. Lokomotiv brigadalarining xizmat uchastkalari doirasidagi barcha temir yo‘llarda, raz’ezdlar, quvib o‘tish punktlari, oraliq va uchastka bekatlarini imkon qadar bir turda loyihalash tavsiya etiladi. Nazorat savollari: O‘zbekistonda YUTMlarning qo‘llanishi qanday asoslarga tayanadi? ToshkentSamarqand YUTMlari qachon qo‘llanilgan? Afrosiyob poyezdining kelib chiqishini tushuntiring. «Maroqand−Qarshi» temir yo‘l uchastkasining elektrlashtirish ishlari qachaon yakunlandi? Qarshi−Termiz» temir yo‘l uchastkasining elektrlashtirish ishlari qachaon yakunlandi? “Ekspress3” tizimining afzalliklari nimada? Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling