Ma’ruza 12 Lokomotivlarga depoda texnik xizmat ko‘rsatish tizimi Ma’ruza rejasi
Download 79.21 Kb.
|
1 2
Bog'liqMa`ruza 12
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
Ma’ruza 12 Lokomotivlarga depoda texnik xizmat ko‘rsatish tizimi Ma’ruza rejasi: Lokomotivlarni texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashga qo‘yish. Texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashga da ishlar hajmi Kalit so‘zlar: Lokomotivlardan foydalanishni boshqarish. Ta’mirlash. Modernizatsiya. Lokomotivlarni texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashga qo‘yish. Tajribali mexanik jamoasi, texnik mutaxassislar, hisoblovchilar, rahbarlar va menejerlar xsizmat ko’rsatishadi. Biz lokomotivni ta'mirlash va xizmat ko'rsatishni ta'minlash bilan bir qatorda barcha turdagi vagonlar jihozlarini, shu jumladan qutichalar, gondollar, xandaklar va platalar ishlab chiqariladi. To'liq jihozlangan transport vositalar parki bilan temir yo'l va lokomotivni ta'mirlash, ta'mirlash va kerakli joylarda ta'mirlashni ta'minlanadi. Xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashni tashkil qilish. Temir yo‘l transportida texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashning rejali-oldini olish tizimi, ya’ni texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashning tartiblashtirilgan bajarilishi qabul qilingan. Bu tizimga quyidagilar xos: - lokomotivlarning me’yorlashtirilgan yo‘l bosib o‘tilganidan yoki 58-N buyrug‘ida belgilangan ishlash vaqti o‘tganidan so‘ng ta’mirlashga qo‘yilishi; - ta’mirlash ishlarining qayd etilgan (belgilangan) hajmi; 20.1. rasm. Evropada lokomotivlarga texnik xizmat ko‘rsatish1 - ta’mirlash ishlarining profilaktika tarzida, ya’ni uskunalar ishdan chiqqanidan keyin emas, balki avvaldan, ularning oldini olish maqsadida amalga oshirish; - turli murakkablik darajasiga ega ta’mirlashlarning navbati va ularning ma’lum ta’mirlararo bosib o‘tilgan yo‘ldan so‘ng takrorlanishi. Texnik xizmat ko‘rsatishlar va ta’mirlashlarda bajariladigan ishlar. TXK-1 texnik xizmat ko‘rsatish. THT ga xizmat ko‘rsatishning ana shu turi, yana xizmat ta’miri deb nom olgan bo‘lib, lokomotiv brigadalari tomonidan lokomotivni asosiy va aylanma depo yo‘llarida qabul qilish-topshirishda, lokomotiv brigadalari almashinish punktlarida, stansiya yo‘llarida, oraliq stansiyalarda to‘xtaganda va yo‘l davomida bajariladi. TXK-1 paytida bajariladigan ishlar ro‘yxatiga ekipaj qismi, hamda nosozligi lokomotiv xavfsizligiga tahdid qiladigan boshqa uzel va detallar (tormoz uskunalari, qum idishlari, tezlik o‘lchagich, radiostansiya, lokomotivning avtomat signalizatsiyasi) holatini tekshirish kabilar kiradi. Bundan tashqari, lokomotivni qabul qilishda belgilangan joylarda plombalar mavjudligi, asboblar inventar, ehtiyot qismlar va signal ashyolari borligi va ular holati tekshiruvdan o‘tkaziladi. TXK-1 hajmiga tormoz richagi uzatmani rostlash, bolt va gaykalar mahkamlanganligini tekshirish, mexanik va elektr uskunalarning barcha ulanmalarida nuqsonli shplintlari va shaybalarini, kuygan chiroqlarni, eruvchan muhofazalagiyalarni, tugal (so‘nggi) va o‘tish rukavlarni almashtirish, tortuv elektr dvigatellar va ko‘makchi mashinalarni ko‘zdan kechirish, havo yo‘llaridagi havo chiqib ketishlarini bartaraf etish kabilar kiradi. Lokomotiv brigadalari avtotormoz magistralining havo rezervuarlari, kir yiqqichlar va moy ajratgichlarni vaqti-vaqti bilan havo yordamida (puflash bilan) tozalab turishlari kerak. Ekspluatatsiyadagi lokomotivga xizmat ko‘rsatish shu bilan birga dizel, kompressor ishida, elektr mashinalari podshipniklari kabilarda begona shovqinlar paydo bo‘lishining sabablarini aniqlashni ham ko‘zda tutadi. Lokomotivni qarash bo‘yicha xizmat ta’mirini (TXK-1) tashkil etadigan ishlar ro‘yxati jadvallar ko‘rinishida lokomotivni boshqarish kabinasi devorida joylashtiriladi. TXK-1 bo‘yicha ishlarni ajratilgan qisqa vaqt mobaynida (15-30 daq) to‘liq bajarib ulgurish uchun texnologik va marshrut kartalar ishlab chiqilib, ularda lokomotiv brigadalarining (lokomotivni topshiradigan va qabul qilib oladigan) har bir a’zosi harakatlari ko‘rsatib qo‘yiladi. TXK-2texnik xizmat ko‘rsatish. Poezd lokomotivlari TXK-2dan v ustalar rahbarligida yuksak malakali mutaxassislar ishlaydigan maxsus texnik xizmat ko‘rsatish punktlarida o‘tkaziladilar (LTXKJ). Biriktirilgan lokomotiv brigadalari tomonidan bajariladigan manevr va olib chiqadigan lokomotivlarning TXK-2ta’miri ana shu brigadalar kuchlari bilan, lokomotivni yordamchisiz bir mashinist boshqarganida esa — biriktirilgan mashinistlar ishtirokida maxsus chilangarlar brigadalari tomonidan bajariladi. TXK-2ishlariga katta usta va smena ustalari boshchilik qiladilar. profilaktika ishlari hajmining majburiy bajarilishini hisobga olgan holda tayinlanadigan TXK-2davomliligi yuk lokomotivlari uchun (quyida sanab o‘tilganlaridan tashqari) ko‘pi bilan 1 s, yo‘lovchi lokomotivlari va MVXT lar uchun — ko‘pi bilan 2 s, uch seksiyali lokomotivlar uchun — ko‘pi bilan 1,5 s, yuk teplovozlari uchun 2TE116, 2TE123 — ko‘pi bilan 1,2 s ni tashkil qiladi. TXK-2 bajarilish vaqtida (me’yordan ortiq bo‘lmagan) lokomotiv ekspluatatsiya qilinayotgan park tarkibidan chiqarib yuborilmaydi. TXK-2ni o‘tkazish vaqt me’yoridan o‘tkazib yuborilgan holda lokomotiv ekspluatatsiya qilinmayotgan park tarkibiga, nosoz lokomotivlar hisobiga o‘tkaziladi (rejadan tashqari ta’mirlash). Download 79.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling