2- tajriba. Monosaxaridlardagi karbonil gruppalarga hos reaktsiyalar.
Reaktivlar.
Glyukozaning 1% li va 10% li eritmalari, kumush oksidining ammiakdagi
eritmasi, Feling suyuqligi, fenilgidrazin eritmasi.
Ish tartibi
.
a) glyukoza bilan << kumush ko’zgu >> reaksiyasi
. Toza probirkaga
kumush oksidining ammiakli eritmasini tayyorlab ustiga glyukozaning 1% li
eritmasidan teng hajmda qo’shing. Aralashmani suv hammomida ohista qizdirilganda
<< kumush ko’zgu >> reaksiyasi sodir bo’ladi
b) Feling suyug’ligining qaytarilishi
. Probirkaga 2-3 ml Feling suyug’ligidan quyib,
1% li glyukoza eritmasidan 0,5 ml qo’shing va aralashmani suv hammomida bir oz
qizdiring. Bunda glyukoza oksidlanadi. Feling suyug’ligi esa qaytariladi va mis (I)
oksidning qizg’ish - qo’ng’ir cho’kmasi hosil bo’ladi.
v) Glyukoza ozazonini olish
. Probirkaga 10% li glyukoza eritmasidan 2-3 ml quyib,
uning ustiga fenilgidrazining sirka kislotasidagi yangi tayyorlangan eritmasidan 1 ml
qo’shing va suv hammomida qizdiring. 20-30 minut davomida qizdirilgandan so’ng
ozazonning ignasimon kristali ajrala boshlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |