2
1.
Nima uchun glyukoza << kumush ko’zgu >> reaksiyasiga kirishadi,
fruktoza esa kirishmaydi?
2.
Glyukoza bilan << kumush ko’zgu >> reaksiyasi tenglamasini yozing.
3.
Glyukozaning feling suyuqligida oksidlanishi reaksiyasi tenglamasini
yozing. Bu reaksiya qanday funksional gruppani aniqlashda ishlatiladi?
4.
Glyukoza ozazoni hosil bo’lishi uch bosqichda borishini hisobga olgan
xolda reaksiya tenglamasini yozing.
3-tajriba.Ketozlarga hos reaktsiyalar
Reaktivlar:
glyukoza, galaktoza, fruktozaning 1 % li eritmalari, Selivanov reaktivi.
Ish tartibi
.
Uchta probirka olib, ularning biriga glyukoza, ikkinchisiga galaktoza,
uchinchisiga fruktoza eritmalaridan 3 ml dan quyib, ularning har qaysisiga 1 ml dan
Selivanov reaktividan qo’shing. So’ngra bu aralashmalarni suv hammomida (80
0
C
da ). 8 – 10 minut davomida qizdiring. Natijada birinchi va ikkinchi probirkalarda
eritmalarning rangi o’zgarmaydi, uchichi probirkadagi aralashmani to’q qizil rangga
bo’yala boshlashini kuzating.
Do'stlaringiz bilan baham: