Montyorning saqlagich kamarlari va xavfsizlik arqonlari. Reja


Download 32.51 Kb.
bet1/2
Sana16.06.2023
Hajmi32.51 Kb.
#1500336
  1   2
Bog'liq
Montyorning saqlagich kamari va xavfsizlik arqonlari


Montyorning saqlagich kamarlari va xavfsizlik arqonlari.

Reja :

1 Montyorning saqlagich kamarlari.


2 Xavfsizlik arqonlari.

Montyorning saqlagich kamarlari va xavfsizlik arqonlari
Kamarlarning statik va dinamik yuklama bilan mexanik mustahkamligining namunaviy sinovlari GOST 5718-77 talablari asosida o‘tkaziladi. Saqlagich kamarlari va xavfsizlik arqonlarini qabul qilish-topshirish va 12 oyda 1-marta ishlatish sinovlarida mexanik mustahkamligi statik yuklama bilan tekshiriladi. Sinashga olingan kamarlar avval ko‘zdan kechirilib, kamar tasmasida mahalliy shikastlar yo‘qligi (kuygan, kesilgan va shunga o‘xshash), parchinli ulangan joylarda lyuftlarning yo‘qligi, belbog‘, kamar choklari va qoplamaning to‘la saqlanganligi, kamar charmi yog‘ bilan shimdirilganligi va qayirganda yorilmasligi, kapron arqonlar iplarida uzilgan joylarining yo‘qligi, zanjir bo‘laklaridagi kavsharlangan chokli joylari va halqalari tekis hamda g‘adir-budur joylari yo‘qligi, prujinali karabin kalitining buzilmaganligi, karabin yuzasining silliqligi, teshilgan, tirnalgan va boshqa shunga o‘xshash kamchiliklar yo‘qligi, kamarning hamma metall bo‘laklari (parchinli ulangan joylaridan tashqari) rux bilan qoplanganligi aniqlanishi kerak.
Kamarning tashqi yuzasi ko‘zdan kechirilgandan va mustahkamligiga ta’sir qiluvchi mayda kamchiliklar bartaraf qilingandan so‘ng, u statik yuklama bilan sinaladi. Buning uchun kamar diametri 300 mm bo‘lgan qattiq tayanchga (3.5-chizma) mahkamlanib, ishlatishga qabul qilishda karabinga 300 kg, davriy ishlatish sinovlarda esa 225 kg og‘irlikdagi yuk 5 minut mobaynida osib qo‘yiladi. Karabinni ildirish uchun mo‘ljallangan yarim halqa va xavfsizlik arqonni mahkamlash uchun mo‘ljallangan halqa ham shu tartibda sinaladi. Sinov yuki kamarni vertikal yoki gorizontal holatlarida dinamometr orqali beriladigan tortish kuchi bilan almashtirilishi mumkin. Sinov tamom bo‘lgandan so‘ng kamar va uning detallarida buzilish alomatlari bo‘lmasligi zarur, karabin qulfi (zulfini) to‘g‘ri va to‘liq uning o‘yilgan joyiga tushishi shart.

3.5-chizma. Saqlagich kamarlarini statik kuchda sinash shakli: 1 — bikr tayanch; 2 — yuklama.
Xavfsizlik arqoni va yelkadan o‘tkaziladigan kamarlar ham himoya kamarlari kabi sinovdan o‘tkaziladi.
Izolatsiyalovchi tagliklar barqarorligi va mustahkamligini tekshirish kabi namunaviy sinovlardan o‘tkaziladi.
Yig‘ilgan izolatsiyalovchi tagliklarning chidamliligini tekshirishda unga bir tekisda taqsimlangan og‘irligi 350 kg yuk 1 minut mobaynida ta’sir etiladi. Bunda izolatsiyalovchi taglik to‘shamasining egilishi va boshqa deformatsiyalar (yoriqlar, ko‘tarib turuvchi izolyatorlar yaxlitligining buzilishi, to‘shama alohida bo‘laklarining bir-biriga ulangan joylari bo‘shab ketganligi, singan joylar va h. k.) kuzatilmasligi shart.
Taglikning barqarorligini sinashda uning chetiga 80 kg og‘irlikdagi yuk qo‘yilganda to‘ntarilib ketmasligi tekshiriladi.
Ishlatish jarayonida tagliklar sinalmaydi.
Protivogazlar 3 oyda 1-marta ko‘zdan kechirilib, uning sirtqi qismida buzilishlar yo‘qligi, klapanlarining sozligi va boshqalar tekshiriladi. Bundan tashqari, protivogazlar maxsus korxonalarda unda ishlatilgan filtrlarning turiga qarab, ishlatish yo‘riqnomasida ko‘rsatilgan usul va muddatlarda davriy sinovlardan o‘tkaziladi va qayta zaryadlanadi. Har bir sinovda bayonnoma tuzilib, kuchlanishidan qat’i nazar, ishlatiladigan himoya vositalariga bosiladigan shtamp protivogazga ham bosiladi. Protivogazlar ko‘zdan kechirilganligi to‘g‘risidagi xulosalar himoya vositalarini hisobga olish va saqlash jurnaliga yozib qo‘yiladi.
Egiluvchanlik — shtanganing yuk osilgan qismidagi egilish miqdoriga, uning izolatsiyalovchi qismining uzunligiga nisbatan foiz hisobida hisoblanganda 220 kV kuchlanishgacha bo‘lgan shtangalar uchun 10 foizdan, ushbu kuchlanishdan yuqori bo‘lgan shtangalar uchun esa 20 foizdan oshmasligi zarur. Egilish miqdori ushbu ko‘rsatkichdan yuqori bo‘lgan shtangalar yaroqsizga chiqariladi. 220 kV kuchlanishgacha bo‘lgan havo elektr uzatish tarmoqlari va taqsimlash uskunalarida yerga ulagich shtangalar egaluvchanlikka sinalmaydi.

Elektr sinovlari 5-ilovada qayd qilingan me’yorlarda o‘tkaziladi. Sinovlar izolatsiyalovchi uskunalarga kuchlanish berish va undan o‘tayotgan tok miqdorini o‘lchashdan iborat. Sinov kuchlanishi berilayotgan solishtirma sinov kuchlanishidan kelib chiqqan holda aniqlanadi:


Qabul qilish-topshirishda 2,5 kV va ishlatish sinovida esa izolatsiyalovchi uskunaning har 1 sm uzunligiga 2,2 kV. Sinov izolatsiyalovchi uskunaning butun uzunligiga yoki kamida uning 20 sm uzunligiga kuchlanish berish bilan amalga oshiriladi.
Izolatsiyalovchi arqonlar elektrodlar orasidan kamida 4 m/minut tezlikda tortib o‘tkazish yo‘li bilan sinaladi. Bunda elektrodlarni shunday qo‘yish kerakki, ular arqon bilan kamida 25 sm uzunlikda kontaktda bo‘lishi lozim. Elektrodlar arqonni iflos qilmasligi va unga shikast yetkazmasligi zarur.
Arqonlar har gal tozalangandan va quritilgandan keyin qo‘shimcha sinovdan o‘tkazilishi lozim. Elektr sinovlarida (yaxlit yoki qismlari) uskunadan o‘tayotgan tokning miqdori 500 mkA dan oshib ketmasligi zarur. Sinov kuchlanishi miqdoriga etganidan so‘ng, 60-sekunddan boshlab tokning miqdori 60 sekund mobaynida nazorat qilib turiladi.


Download 32.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling