9 Bo’lishlilik shakli orqali bo’lishsizlik ifodalangan gapni toping
A) Men xalqni aldamoqchi emasman !
B) Yordam bersangiz ,kolxozni ko’tarish uchun kuch –quvvatimni ayarmidim ?!
C) Tez orada uncha - muncha mexanikka gap bermay qo’yadi .
D) Bu hol qishloqda sezilmay qolmaydi
10 Bo’lishlilik ma’nosi ifodalangan qatorni aniqlang
A) Otaqo’zi shaharga kelsa ,kirmay ketmaydi
B) U na o’qiydi ,na yozadi
C) Bugungi ishni ertaga qo’yma
D) Gapiradi-ya ,gapiradi ,gapirib bo’pti
11 Qaysi gapda bo’lishsiz fe’ldan tasdiq ifodalangan?
A) Hech kimga munofiqlik qila ko’rma
B) Ish hech kimni o’ldirmaydi
C) Bu gap aytilmay qolmaydi .
D) Bu yerda uni ko’rgan emasman
12 Bo’lishli fe’l qatnashgan gapni aniqlang
A) Hali hech kim uyg’onmay ,ko’zin ochdi binafsha
B) Bu ham azamat , hech qanday dushman bas kelolmas
C) Hech bir ikkilanmay ,yakka o’zi bo’ri quvib ketdi-yu ?!
D) Birni birov beradi ,ko’pni mehnat
13 Qaysi qatorda bo’lishsiz ma’noli harakat nomlari qatnashgan ?
A) Bilmaslik ayb emas ,lekin bilishni istamaslik ayb .
B) Bolalarning o’quv qurollarini avaylab asrashni ota –onalariga moddiy yordamdir .
C) Tilni qunt bilan o’rganish nutqni boyitib borish demakdir
D) Harakat nomlari bo’lishsizlik ma’nosiga ega bo’lmaydi
14 –ma bo’lishsizlik shakli qo’shimchasi ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmalariga qanday
qo’shiladi ?
A) ko’makchi fe’l tarkibida bo’ladi
B) yetakchi fe’l tarkibida bo’ladi
C) ba’zan yetakchi fe’l ,ba’zan ko’makchi fe’lga qo’shiladi
D) ham yetakchi ,ham ko’makchi fe’lga qo’shiladi
15 Qaysi javobda keltirilgan gapda davomiy bo’lishsizlik ifodalangan?
A) Sobir anchadan beri darsga kelmay qoldi.
B) Har yili bu voqea bo'lib turar edi.
C) O'quvchi bu asarni o‘qib qo'ymadi.
D) Men bu vazifani bajarmay qo’ymayman.
Do'stlaringiz bilan baham: |