Morfologiya boʻlimiga aloqasi yoʻq birlik berilgan qatorni aniqlang? (1)
Soʻz shakli
Soʻz yasovchi affiks
Shakl yasovchi affiks
Grammatik ma’no
Quyidagi qaysi xususiyat mustaqil soʻzlarning barchasiga birdek xos emas?(2)
Soʻz yasash va shakl yasash
Leksik ma’noga egalik
Grammatik ma’noga egalik
Sintaktik vazifa bajarish
Shakl yasash xususiyati qaysi soʻz turkumlariga xos?(3)
Ot, sifat, ravish, fe’l
Ot, sifat, fe’l
Barcha mustaqil soʻzlarga
Ot, fe’l
Leksik usulda koʻplik qanday ifodalanadi?(4)
Miqdor ravishlari, -lar affiksi, sanoq sonlar bilan
-lar affiksi, soʻzlarni takrorlash, gumon olmoshlari bilan
Sanoq son, miqdor ravishlari, soʻzlarni juftlash bilan
#Soʻzlarni juftlash va takrorlash bilan, sanoq son va miqdor ravishlari bilan
Egalik shaklidagi soʻz qanday shakldagi soʻzni talab qiladi?(5)
Koʻplik shaklini
Nisbat shaklini
Kelishik shaklini
Hech birini
Kelishik kategoriyasi qanday vazifa bajaradi?(6)
Morfologik asos hosil qiladi
Soʻzlarning grammatik aloqasini va gapdagi vazifasini belgilaydi
Grammatik aloqani ta’minlaydi
Soʻzlarning gapdagi vazifasini belgilaydi
Qaysi kelishikdagi soʻzlar har doim bitta gap boʻlagi boʻlib keladi?(7)
Qaratqich va tushum
Bosh va qaratqich
Joʻnalish, oʻrin-payt, chiqish
Barchasi
Sifatlar qaysi xususiyatiga koʻra asliy va nisbiy sifatlarga boʻlinadi?(8)
Lugʻaviy ma’nosiga koʻra
Morfologik qurilishiga koʻra
Belgining vositaga munosabatiga koʻra
Belgining ortiq-kamligiga koʻra
Leksemalashuv hodisasi yuz bergan qatorni toping?(9)
Kelib-kelib, mening oyogʻimni bosadi-ya!?
Asirdagilarning barchasi yoʻl-yoʻl kiyimda edilar.
U bu xonadonga sekin-sekin koʻnika bordi.
Rustam katta-katta qadam tashlab kelardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |