Morfologiya
Download 15.19 Kb.
|
gramm
MORFOLOGIYA Grammatika so‘zlarning gapda o‘zgarishi va ularning o‘zaro birikib, so‘z birikmasi, gap hosil qilishi haqidagi qoidalar to‘plamidir. Grammatika 2 qismdan: morfologiya va sintaksisdan iborat. Morfologiyada so‘z turkumlari va ularga xos bo‘lgan shakllar haqida bahs, yuritilsa, sintaksisda so‘zlarning bir-biri bilan bog‘lanib, gap so‘z birikmasi yuzaga kelishi tekshiriladi. Leksema yoki leksik so‘z ma’no va ifoda birligidan iborat bo‘lganidek, masalan: «kitob» so‘zi -1) o‘qish quroli, 2) k, i, t, o, b tovushlaridan iborat, so‘z shakl ya’ni grammatik so‘z ham grammatik ma’no va grammatik ifoda birligidan, boshqacha aytganda grammatik ma’no va shakl birligidan iboratdir. Jumladan, «o‘qish quroli» tushunchasi anglatuvchi kitob so‘zi ot, birlik son, bosh kelishik ma’nosini ham bildiradi. Bunda kitob so‘zining «o‘qish quroli» tushuchasini ifodalashi uning leksik ma’nosi sanaladi va shu so‘zning otga mansubligi, birlik son va bosh kelishikda ekani uning grammatik ma’nosi hisoblanadi. So‘zning grammatik ma’nosi uning leksik ma’nosi bilan belgilanmaydi. Masalan, suv, havo, shamol, bulut kabi so‘zlarning leksik ma’nolari turlicha, ammo grammatik ma’nolari bir xil, ya’ni bularning barchasi birlikdagi, bosh kelishikdagi otlardir. Va aksincha, birgina leksik so‘z, leksema turli shakllarda qo‘llanib, har xil grammatik ma’noni ifodalaydi. Masalan, o‘qimoq fe’lining tuslanishli shakllari quyidagi grammatik ma’nolarni anglatishi mumkin: o‘qiyapman –hozirgi zamon davom fe’lining I shaxs birlik ma’nosi, o‘qiyapsan – hozirgi zamon davom fe’lining II shaxs birlik ma’nosi, o‘qiyapti – hozirgi zamon davom fe’lining III shaxs, birlik ma’nosi. Shunday qilib, so‘zning grammatik ma’nosi uning leksik ma’nosidan farq qiladi, ammo ular bir-biri bilan zich bog‘langan bo‘ladi. Demak, so‘zning ma’lum bir turkumga mansubligini ko‘rsatuvchi hamda uning biror shaklidan kelib chiquvchi ma’nosi so‘zning grammatik ma’nosi deyiladi. O‘zbek tilida so‘zning grammatik ma’nosi quyidagi vosita va usullar orqali ifodalanadi: 1. Affiksatsiya usuli. Bunda grammatik ma’no turli shakl yasovchi affikslar yordamida ifodalanadi: maktablar, maktabga, oddiyroq.
2. Yordamchi so‘zlardan foydalanish. Mustaqil ma’noli so‘zlar yordamchi so‘zlar (ko‘makchilar, yuklamalar) vositasida ma’lum grammatik ma’noga ega bo‘lishi mumkin: Maktab tomon piyoda yurildi. 3. Takrorlash orqali ham grammatik ma’no anglashiladi: dasta-dasta (gul), ... (ko‘plik ma’nosi) 4. Suppletivizm. Bunda o‘zaro bog‘langan, ma’lum bir tizimni tashkil qilgan grammatik ma’nolarni ifodalash uchun alohida-alohida so‘zdan foydalanish usuli. Masalan: men – sen, sen – siz; rus tilida: человек – люди, хороший – лучше; ingliz tilida good – better – best – uent... 5. Urg‘u grammatik ma’noni ifodalash uchun xizmat qilishi mumkin: fizik (ot) – fizik (sifat), yangi (sifat) – yangi (ravish).
1. Mustaqil so‘zlar: Ot, sifat, son, olmosh, fe’l, ravish. Mustaqil holda leksik ma’no ifoda eta oladigan, biror morfologik shaklda kelib, gap bo‘lagi vazifasini bajaradigan so‘zlarga mustaqil so‘zlar deyiladi. 2. Yordamchi so‘zlar: ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklamalar. Ular leksik ma’no ifoda etmaydi va gap bo‘lagi vazifasini bajarmaydi. So‘z va gaplar orasidagi munosabatni belgilaydigan yoki ularga qo‘shimcha ma’no qo‘shadigan so‘zlarga yordamchi so‘zlar deyiladi. 3. Modal so‘zlar. So‘zlovchining aytilayotgan fikrga bo‘lgan turli munosabatni bildiradigan so‘zlar deyiladi. Modal so‘zlar yuklamalar singari modal ma’no ifodalash uchun xizmat qiladi, lekin yuklamadan farqli ravishda gapda gap bo‘lagi, butun bir gap tarzida kela oladi. Modal so‘zlar biror so‘zning atamasi emas. 4. Undov va taqlid so‘zlar. Undov so‘zlar so‘zlovchining his-hayajonini, buyruq-xitobini bildirsa; taqlid so‘zlar turli tovush, shu’la-harakat, holat kabilarga tovush orqali taqlidni bildiradi. Undov taqlid so‘zlar gap bo‘lagi sifatida ham qo‘llanadi. Lekin mustaqil so‘zlar kabi biror hodisaning atamasi, nomi bo‘la olmaydi. Shuning uchun ham undov va taqlid so‘zlar ham alohida guruhni tashkil etadi. Download 15.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling