Moslanuvchan ishlab chiqarish moduli va tizimi sanoat robotining
V. Moslanuvchan ishlab chiqarish moduli sanoat robotining tuzilishi va boshqarish tizimining
Download 229.85 Kb. Pdf ko'rish
|
L-2.Мех.аsos. 2023
V. Moslanuvchan ishlab chiqarish moduli sanoat robotining tuzilishi va boshqarish tizimining
tuzilishi, vazifasi va texnik xarakteristikasi Mashinasozlik ishlab chiqarishida uzoq vaqtgacha ikki xil ishlab chiqarish mavjud edi. Birinchisi – yuqori avtomatlashtirilgan ko‘plab ishlab chiqarish. Bunda ixtisoslashtirilgan yuqori unumli texnologik jihozlardan foydalaniladi. Bu texnologik jihozlar ayrim maxsulot ishlab chiqarishga moslanganligi uchun ular moslashuvchanlik, ya'ni boshqa maxsulot ishlab chiqarishga sozlanish xususiyatlariga ega emasdirlar. Ular ko‘plab ishlab chiqarish sharoitiga mos edilar. Ikkinchisi – yakka tartibdagi va mayda seriyalab ishlab chiqarishlar bo‘lib ular qo‘l bilan boshqariladigan universal stanoklardan tashkil topgan edilar. Bular yuqori moslashuvchanlikka ega bo‘lib turib kam mexanizatsiyalashtirilgan edi. Avtomatlashtirishning eng yuqori bosqichi to‘liq avtomatlashtirish xisoblanadi. Uning dastlabki qadamlarida universal stanoklari asosida yaratilgan sonli dastur bilan boshqariladigan texnologik jihozlar yaratiladi. Bunday stanoklarni moslvashuvchan texnologik jihozlar ham deyiladi. YUqoridagi ikkita ishlab chiqarishlar o‘rniga uchinchi moslashuvchan ishlab chiqarish tizimlar (MICHT) keldi. Ularda texnologik jihozlarni boshqarishda EXM lardan keng foydalaniladi. Bunda ishlov berish jarayonigina avtomatlashtirilib qolmay, balki yangi detallarga ishlov berish dasturini tayyorlash, stanokni qayta sozlash, loyixalash kabi ishlar ham avtomatlashtiriladi. Bu esa MICHT birinchi qadamlarga kiradi. MICHT ning ikkinchi qadami sifatida asbob va moslamalarni qidirib topish va ularni stanokda almashtirish, zagotovkani stanokka uzatish va tushirish hamda ularni tashish, tushirish kabi operatsiyalarni bajarish kiradi. Bu maqsadda avtomatlashtirishning turli vositalaridan: turli transport vositalari, sanoat robotlari, ishlov berish markazlari hamda xisoblash texnikasidan keng foydalaniladi. Endilikda avtomatlashtirish ko‘plab ishlab chiqarishni ham o‘z ichiga oldi. Bundagi texnologik jihozlar EXMlar yordamida boshqarilib turli maxsulotlar tayyorlashga osonlik bilan qayta sozlanadilar, shuningdek yordamchi jarayonlarni ham avtomatlashtirishga imkon yaratildi. Avtomatlashtirishning bu bosqichida maxsulotning sifati qo‘l bilan ishlov berilganiga nisbatan yaxshilanadi, texnologik jihozni ishlash unumdorligi oshadi va inson mexnati qisqaradi. MDT protsessor, xotira, kiritish va chiqarish qurilmalaridan iborat. Tizimning ayrim qisimlari shinalar vositasida biriktiriladi. Ular orqali boshqarish komanbalari va elektr signallari uzatiladi. Ushbu tizimning hamma qurilmalari elektron elementlar, integral mikrosxemalar tayyorlanadi. 262 Xotirada ishlash dasturi saqlanadi. Dastur buyruq(komanba) lardan iborat. MDT bajaradigan amal 0 va 1 raqamlardan tuzilgan elektr signallar bilan kodlanadi. Protsessor- tizimning asosiy qismi bo‘lib, u EHM tarkibiy qisimlarini ishini boshqaradi va ma'lumotlarni qayta ishlaydi. Protsessor boshqarish qurilmasi va arifmetik mantiqiy qurilmasidan tashkil topgan. Boshqarish qurilmasi (BQ) xotiradagi dastur asosida MDT tarkibiy qisimlarini ishlashini boshqaradi hamda axboratni qayta ishlaydi. Arifmetik- mantiqiy qurilma (AMQ)to‘g‘ridan to‘g‘ri BQ ta'sirida ishlab, arifmetik va mantiqiy amallarini bajaradi. Kiritish qurilmasi dasturlar va kiritilayotgan ma'lumotlarni, signallarni kiritish uchun xizmat qiladi. Ular jumlasiga perfolentalardan yoki magnit lentalardan, magnit disklardan axboratlarni o‘quvchi qurilmalar; stanok ijrachi organlaridan kelayotgan signallarni kiritish qurilmasi; displey va qurilmalarining xarf - raqamli klaviaturalari kiradi. Kiritish qurilmasi tashqi tizimlardan kelayotgan kodlangan analogli signallarni ikki kodli ichki kod kurinishiga aylantiradi. CHiqarish qurilmalari komanbalarni va xisoblash natijalarini ichki tizim ikkili kodlardan tashqi kodlash tizimlarining analogli signallariga yoki o‘nli tizim kodlariga o‘zgartirish va axboratni berish uchun xizmat qiladi. Ular jumlasiga quydagilar kiradi: Raqamli- analogli o‘zgartirgichlar, elektron kalitlar, tasvirlovchi xarf- raqamli va grafik qurilmalari, disileylar va yozuv qurilmalaridir. Jihozlarni EHM bilan boshqarish tizimlarida katta integral sxemalar (KIS)dan foydalaniladi.KIS lar yuzlab mantiqiy vazifalarni bajaradi va AMQ va BQ lar bilan ta'minlangan ko‘plab protsessorlarni o‘z ichiga oladi. Bunday ko‘p funksiyali integral sxemalar mikroprotsessorlar deb ataladi. Mikroprotsessorlar texnologik jihozlarning o‘ziga o‘rnatiladi. MICHTda texnologik jihozlar bilan birga ularning avtomatik tartibda (rejimda) ishlashini ta'minlovchi turli vositalar mavjuddir. Bu tizimda EXMdan keng foydalaniladi. MICHT yordamida mayda seriali va donalab ishlab chiqarishlar avtomatlashtiriladi va ularda ish unumdorligi oshadi. Sonli dastur yordamida boshqariladigan oltita stanokdan tashkil topgan MICHT ning bir qismi tasvirlangan. Unga ma'lum marshrut bo‘yicha yuradigan induksion tizimli uchta transport roboti xizmat qiladi. SHtabeler avtomat ombordan zagotovkani olib, qabul stoliga uzatadi. Stolda zagotovka universal palet (moslama) larga maxkamlanadi. Transporter zagotovkalar o‘rnatilgan paletlarni polda joylashgan uchta transport robotidan biriga qo‘yadi. Bu robot zagotovka markazlariga ishlov beruvchi stanokning stoliga uzatadi. Ishlov berilgandan so‘ng zagotovka qaytadan transport robotiga uzatiladi. Transport robotlari zagotovkani keyiingi operatsiyani bajarish uchun sonli dastur bilan boshqariladigan ko‘p maqsadli stanoklarning burilma yuklash stollariga uzatadi. Tayyor buyumni transport roboti nazorat qilish uchastkasiga uzatadi. Moslashuvchan avtomatlashtirilgan sex (MATS)tuzilishida keltirilgan. MATS to‘rtta moslashuvchan avtomatlashtirilgan uchastkalar (MATS)dan tashkil topgan. Ularda detallarga mexanik va slesarlik ishlovlari beriladi. MATS qabul qiluvchi - uzatuvchi qurilma , avtomatik qavul qiluvchi- uzatuvchi stol, IR –50 ishlov berish yacheykasi , kran – shtabeler, avtomat- aravacha, stellajlararo uzatuvchi qurilma, slesarlik dastgoxi, qabul qiluvchi uzatuvchi qurilma , dispetcher pulti , smena boshlig‘ining ish o‘rni, asboblar tayyorlab qo‘yiladigan bo‘lim, yuvish bo‘limi, texnik - tekshiruv bo‘limi, texnik ta'minot bo‘limi , avtomatlashtirilgan uchastka , MAU – stellajlardan tashkil topgan. Texnik ta'minot bo‘limida moslamalar va asboblar tayyorlanadi, texnik tekshiruv bulimida maxsulotni nazorat qilinadi, detallar yubiladi va germetikligi sinab ko‘riladi. Tashish operatsiyalarini uchastkalarning tepa qisimida joylashtirilgan uzatuvchi qurilmalar yordamida amalga oshiriladi. Download 229.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling