Moslanuvchan ishlab chiqarish moduli va tizimi sanoat robotining
Download 229.85 Kb. Pdf ko'rish
|
L-2.Мех.аsos. 2023
260 MOSLANUVCHAN ISHLAB CHIQARISH MODULI VA TIZIMI SANOAT ROBOTINING TUZILISHINI VA BOSHQARISH TIZIMINI O’RGANISH Laboratoriya ishini bajarish uchun ajratilgan vaqt: auditoriya ishi uchun - 6 s. mustaqil ish uchun - 6 s. I. Laboratoriya ishning maqsadi va vazifalari Laboratoriya ishining maqsadi: Moslanuvchan ishlab chiqarish moduli va tizimi sanoat robotining tuzilishini va boshqarish tizimini, ishlash prinsipi va boshqarish tizimi qurilmalarini tuzilishi va ishlash printsipini o’rganish. Laboratoriya ishining vazifalari: Moslanuvchan ishlab chiqarish moduli va tizimi sanoat robotining boshqarish tizimi qurilmalarini tuzilishi va ishlash printsipini o’rganish, sanoat robotining struktura tuzilishi o’rganish. II. Laboratoriya ishini bajarish uchun vositalar Laboratoriya ishini o’tkazish uchun quyidagilarni tayyorlash zarur: Moslanuvchan ishlab chiqarish moduli, sanoat roboti yoki ularning virtual modeli; Moslanuvchan ishlab chiqarish moduli, sanoat robotining kinematik sxemasi; Moslanuvchan ishlab chiqarish moduli, sanoat roboti mikroprotsessori yoki prototipi; Kalitlar nabori; Laboratoriya ishini bajarish uchun talabalar quyidagilarni bajarishlari kerak: Adabiyotlar [1,2,3] dan va ushbu uslubiy ko’rsatmadan foydalanib moslanuvchan ishlab chiqarish moduli sanoat robotining tuzilishi va boshqarish tizimining asosiy qismlari, ishlash prinsipi va boshqarish organlarini o’rganishlari; Moslanuvchan ishlab chiqarish moduli sanoat robotining tuzilishi va boshqarish tizimining kinematik sxemasidan asosiy harakati, aylanma va yordamchi harakatlari, pinevmotslindirlarning ish bajarish jarayonidagi harakati zanjirlarining joylashishini aniqlashi; Moslanuvchan ishlab chiqarish moduli sanoat robotining tuzilishi va boshqarish tizimining o’rganish va sozlash uchun kerakli hisobotni bajarishi va uni laboratoriya ishi bo’yicha hisbot daftariga yozib kelishlari kerak (Ilova–1). Download 229.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling