Motivation xati (Motivationsschreiben) yozish asosiy qoidalari


Download 346.95 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana15.03.2023
Hajmi346.95 Kb.
#1272111
  1   2   3   4
Bog'liq
Motivationsschreiben yozishning asosiy qoidalari



Motivation xati (Motivationsschreiben) yozish asosiy qoidalari 
Motivationsschreiben, Motivationsbrief yozishni boshlashdan avval, o’zi u qanday xatligini tushunib 
olish zarur.
Motivationsschreiben (o’zb. taxminan motivatsiya xati) bu – rasmiy, aniq tartibga ega xat bo’lib, 
Germaniyada ishlash, Universitet yoki Studienkolleglarning birida o’qish va Ausbildung, FSJ va Au-
Pair kabi dasturlarda qatnashish uchun topshiriladigan hujjatlar orasida juda muhim hujjat sanaladi, 
hamda Germaniyaga milliy vizasini olish uchun eng asosiylaridan biri hisoblanadi. Bu xat orqali siz 
(ish, o’qish va.b. uchun) qay darajada motivatsiyaga ega ekanligingizni ko’rsatasiz. Aynan motivatsiya 
xati orqali qabul komissiyasi siz haqingizda birinchi taassurot qoldiradi.
Biz bilamizki, nemislar juda ham tartibli va haqqoniy bo’lishadi, va aniqlikni qadrlashadi. Shularni 
hisobga olgan holda motivatsiya xati matni ham aniq tuzilgan, ma’noli, lekin qisqa va lo’nda bo’lishi 
kerak. Hech qanday holatda birovning motivation xatlaridan foydalanmaslik kerak, Germaniyada 
plagiat qat’iy jazolanadi va siz haqingizda yomon taassurot qoldiradi. Sizga yordam beradigan shablon 
sifatida boshqalarnikidan foydalanish mumkin, lekin yana qaytarib o’taman bu degani tayyor xatni 
ko’chirish degani emas. 
Motivatsiya xati har bir ish, o’qish yoki viza uchun alohida yoziladi va ko’pchilik bu xatda nimalarga 
urg’u berishni yoki aynan nimalarni yozishi kerakligi haqida bilmaydi, yoki bo’lmasa fikrlari 
ko’pligidan, bir qolibga tushura olmaydi. Sizga maslahatim matnni yozishdan avval izlaning, ya’ni siz 
hujjat topshirmoqchi bo’lgan dasturlarda nima qilinishini diqqat bilan o’rganing, universitet to’g’risida 
internetda ko’proq ma’lumot oling. Shundan so’ng ular sizdan nimalar talab qilishlari va nimalar 
yozishingiz ancha osonlashadi. Bularning hammasi meni sinovimdan o’tkan. Yana bir muhim eslatma 
matnda fikrlaringizni yoritishda oldi qochdi gaplardan emas, balki aniq faktlardan foydalaning. 
Viza olish uchun motivation xati yozayotganlar uchun alohida maslahatim, hujjat topshirganda yozgan 
motivation xati va elchixonaga yozilgan motivation xat alohida bo’lishi kerak, ya’ni, masalan FSJ 
uchun yozgan xatingizni hech qachon elchixonaga olib kirmang. Erinmasdan elchixona uchun ham 
alohida yangi motivation xatini yozing. Motivation xatni o’zingiz yozing, bordiyu birovga 
yozdirsangiz yoki ko’chirsangiz va yozgan xatingiz sizning darajangizga to’g’ri kelmasa bu sizga faqat 
salbiy natija beradi. Grammatik xato qilishdan qo’rqmang, ular sizni nemis tilini mukammal darajada 
bilmasligingizdan habarlari bor, vaholangki siz Germaniyaga aynan nemis tilingizni yaxshilash uchun 
ketyapsiz. Ammo elchixonaga kirishdan oldin motivation xatingizni nemis tilini yaxshi biladigan 
insonga tekshirtirib olish zarar qilmaydi. 
Quyida siz motivation xatini yozishda nimalarga e’tibor berish, motivation xatini formasi, strukturasi 
va mazmuni qanday bo’lishi kerakligi to’g’risida asosiy va muhim qoidalarni ko’rib chiqishingiz 
mumkin. 

Download 346.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling