Motivation xati (Motivationsschreiben) yozish asosiy qoidalari
Download 346.95 Kb. Pdf ko'rish
|
Motivationsschreiben yozishning asosiy qoidalari
Formasi (Form)
Tepada chapdan: jo’natuvchining ism familiyasi, yashash manzili pochta indeksi bilan birga, telefon raqami hamda pochta manzili Tepadan o’ng yoki chapdan: qabul qiluvchining huddi shu ma’lumotlari (agar qabul qiluvchi haqida ma’lumot bo’lmasa yozmasa ham bo’laveradi) O’ng tomondan: joy va sana. Masalan: Fergana, den 20. Mai 2021 O’rtadan motivation xatni mavzusi yoki maqsadi: katta yo’g’on harflar bilan. Masalan: Motivationsschreiben für ein FSJ / Motivationsschreiben für ein Au-Pair-Visum / Bewerbung um ein Stipendium… So’z boshi: Sehr geehrte Damen und Herren, agar aniq bir insonga yozilayotgan bo’lsa: Sehr geehrte Frau… / Sehr geehrter Herr… Hayrlashuv qismi: Mit freundlichen Grüßen. (E’tibor bering: Liebe Grüße, Ganz herzlichen Grüße va hokazolar informell, ya’ni norasmiy xatlarda ishlatiladi) Yakunida ism va familiya hamda tagidan shaxsiy imzo Tuzilishi (Stuktur) Gaplar qisqa va lo’nda bo’lishi kerak, iloji bo’lsa qo’shma gaplardan foydalaning, sababi qo’shma gaplar fikrni aniq yoritib berishga yordam beradi, va gaplarga sayqal beradi. Mantiqan semantik bloklarga bo’lingan bo’lishi, ya’ni qismlarni abzatslarga ajratib yozish, masalan kirish qismi, asosiy qism va xulosa. Shunda o’qiyotgan insonga oson va tushunarli bo’ladi. Matnda hech qanday og’zaki so’zlar, maqol yoki zitatalar, rahm-shafqatni qo’zg’atadigan va emotsional gaplar, bo’rttirishlar yoki qaysidir davlat haqida baland parvoz gaplar yozmaslik va umuman olganda hissiyotlarni ifodalashda ehtiyot bo’lishingiz kerak. Matn A4 formatda, hajmi min. 1 va max. 2 bet bo’lsa maqsadga muvofiq. Qabul komissiyasi yuzlab ana shunday motivation xatlarni o’qiydi, shuning uchun ularning vaqtini tejashga harakat qiling va shu bilan birga ularning e’tiborini jalb qiling. Matn shrifti va harflar hajmi: Times New Roman 12 yoki Arial 11. Download 346.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling