Motivlar shakllanishining dinamik tavsiflari


Download 15.03 Kb.
bet2/2
Sana21.06.2023
Hajmi15.03 Kb.
#1638635
1   2
Bog'liq
22 мавзу faoliyat

psixik yangilanish deyiladi. Bu ruhiy yangilanishlar sub’ekt yangi haqiqiy adekvat shaxslararo munosabatni vujudga keltiradi va ular o‘rganiluvchi ob’ektga, boshqa shaxs, o‘ziga hamda o‘z faoliyatiga nisbatan qarashida (pozitsiyasida) o‘z ifodasini topadi.
4. Ta’lim sub’ektining motivatsion doirasida ruhiy yangilanish mavjudligini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlar – bu uning ayrim jabhalarida sifat o‘zgarishi ularning o‘zaro munosabatlari murakkablashishi, ixtiyoriy xususiyat kasb etishi uning irodaviy boshqarilishga o‘tishidan iboratdir.
Psixologik ma’lumotlarning ko‘rsatishicha, motivatsiyani shakllantirishning bir necha yo‘llari mavjuddir. Ularning ba’zi birlariga psixologik tavsif berib o‘tishga harakat qilamiz.
Motivatsiyani shakllantirishning birinchi yo‘li – bu ko‘pincha "yuqoridan pastga" deb nomlanib, talaba va o‘quvchilarda o‘quv motivining namunalari ideal darajasini tarkib toptirishda o‘z ifodasini topadi. Talaba yoki o‘quvchi uchun tanish motivlar o‘z xulqini ular bilan qiyoslash orqali o‘zlashtiriladi, shaxsiy motivlar esa jamiyat tomonidan taklif qilinganlari bilan ayniylashtiriladi.
Motivatsiyani shakllantirishning ikkinchi yo‘li "pastdan yuqoriga" deb atalib, o‘smir, o‘spirin voyaga etganlar real faoliyatining turlarida bevosita ishtirok etadi, xulq – atvor, fe’l – atvor, faoliyat, muomala hamda maromlarini amaliy jihatdan egallab boradi, unda darhaqiqat real haqiqiy motivlar yuzaga kela boshlaydi. SHuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, o‘quv faoliyatining motivatsiyasini saboq oluvchilarda shakllantirish yuksak samaralar beradi. Buning uchun motivatsiya xususiyatini o‘quv tiplari, shakllari, tarkiblari, texnologiyasi orqali programmalashtirish maqsadga muvofiq. O‘quv faoliyati tarkiblarini egallash, ularni boshqarish imkoniyatiga ega bo‘lish o‘qishga nisbatan umumlashgan barqaror ichki motivatsiyani talaba va o‘quvchida vujudga keltiradi. SHunday qilib, motiv va motivatsiyaning asosiy, tub mohiyati o‘quv faoliyatini, ta’limning qaysi bosqichida bo‘lishidan qat’iy nazar, amalga oshirish davrida o‘qituvchi(domla) bilan o‘quvchi (talaba) hamkorligida (o‘qish, o‘qitish umumiy maqsadga, faollikka, o‘zaro ta’sir o‘tkazishga asoslanganda), ularning hamkorlikka intilishida o‘z ifodasini topadi.
Download 15.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling