Motivlarning turlari. Ijtimoiy xulq motivlari va shaxs motivatsiyasi. Motiv
Download 83.79 Kb.
|
Motivlarning turlari
Motivlarning turlari. Ijtimoiy xulq motivlari va shaxs motivatsiyasi. Motiv -ma'lum ehtiyojlarni qondirish bilan bog’liq faoliyatga undovchi sabab. Motiv (lot. movere - harakatga keltirmoq) - ma'lum ehtiyojlarni qondirish bilan bog’liq faoliyatga undovchi sabab. Motiv tasnifi. Jahon psixologiya fanning nazariy mushohadalariga va o‘zimizning shaxsiy ma’lumotlarimizga asoslanib, motivlarni quyidagi turkumlarga ajratishni lozim topdik. I. Shaxsning ijtimoiy ehtiyojlari bilan uyg‘unlashgan, ularning mohiyati mezoni orqali o‘lchanuvchi motivlar: 1) dunyoqarashga taalluqli, aloqador bo‘lgan g‘oyaviy motivlar; 2) ichki va tashqi siyosatga nisbatan munosabatni aks ettiruvchi, shaxsiy pozitsiyani ifodalovchi siyosiy motivlar; 3) jamiyatning axloqiy meyorlari, prinsiplari, turmush tarzi, etnopsixologik xususiyatlariga asoslanuvchi axloqiy motivlar; 4) borliq go‘zalligiga nisbatan ehtiyojlarda in’ikos etuvchi nafosat (estetik) motivlari. II. Vujudga kelishi, shartlanganlik manbai bo‘yicha umumiylikka ega bo‘lgan, boshqaruv va boshqariluv xususiyatli motivlar: 1) keng qamrovli ijtimoiy motivlar (vatanparvarlik, fidoiylik, altruistik); 2) guruhiy, jamoaviy, hududiy, umumbashariy motivlar; 3) faoliyat tuzilishi, mohiyati va tuzimiga yo‘naltirilgan protsessual motivlar; 4) faoliyat mahsulini baholashga, maqsadga erishuvga mo‘ljallangan rag‘batlanuv, mukofot motivlari. III. Faoliyat turlari mohiyatini o‘zida aks ettiruvchi motivlar: 1) ijtimoiy – siyosiy voqeliklarni mujassamlashtiruvchi motivlar; 2) kasbiy tayyorgarlik va mahoratni o‘zida namoyon etuvchi motivlar; 3) o‘qishga, bilishga (kognitiv), ijodga (kreativ) oid motivlar. IV. Paydo bo‘lish xususiyati, muddati, muhlati, barqarorligi bilan umumiylikka ega bo‘lgan motivlar: 1) doimiy, uzluksiz, longityud xususiyatli motivlar; 2) qisqa muddatli, bir lahzali, bir zumlik va soniyalik motivlar; 3) uzoq muddatli, vaqt taqchilligidan ozod, xotirjam xatti-harakatlarni talab etuvchi motivlar. V. Vujudga kelishi, kechish sur’ati bioquvvat bilan o‘lchanuvchi motivlar: 1) kuchli, qudratli, ta’sir doirasidagi shijoatli motivlar; 2) paydo bo‘lishi, kechishi o‘rta sur’atli motivlar; 3) yuzaga kelishi, kechishi sust sur’atli motivlar. VI. Faoliyatda, muomalada va xatti-harakatda vujudga kelish xususiyati, xislati hamda sifatini aks ettiruvchi motivlar: 1) aniq, yaqqol, voqe bo‘luvchi real motivlar; 2) zarurat, yuksak talab va ehtiyojlarda ifodalanuvchi dolzarb motivlar; 3) imkoniyat (potensiya), zahira (rezerv), yashirin (latent) xususiyatlarini o‘zida mujassamlashtiruvchi motivlar. VII. Aks ettirish darajasi, sifati nuqtai nazardan iyerarxiya vujudga keltiruvchi motivlar: 1) biologik motivlar; 2) psixologik motivlar; 3) yuksak psixologik motivlar. 4.3. Motivlar va ularning mutaxassislar tayyorlashga ta’siri. Zamonaviy mutaxassislar oldiga qo‘yiladigan eng muhim masalalardan biri – malakali kadrlar sifatida o‘zligini, o‘z qobiliyatlari, intellekti, shaxsiy fazilatlarini bilgan tarzda atrofdagilar mehnatini oqilona tashkil etish va ijtimoiy foydali mehnatning barcha sohalarida iqtidorli kasb sohibi sifatida faoliyat ko‘rsatishdir. Bu o‘rinda inson ruhiyati qonunlarini o‘rganuvchi psixologiya fanining o‘rni benihoya katta. Yosh avlodni yangi ta’lim standartlari asosida, jahon talablariga javob beruvchi mutaxassislar qilib tarbiyalash OO‘Yuda ta’lim olayotgan yoshlar uchun yangi darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, ma’ruza matnlar tayyorlashning ham yangicha usullari talab etilmoqda. Yangi pedagogik texnologiya usullarini mukammallashtirish va amaliyotga tadbiq etish davr talabidir. Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, oldimizda hozirgi kunda oliygohlarda talabalar bilim olishlari uchun, sohani chuqur egallashlari uchun barcha imkoniyatlarni yaratish vazifalari turibdi. Gap fikr yuritish operatsiyalarini faollashtirish, aqliy faoliyatni faollashtirish xususida borar ekan, biz eng avvalo, e’tiborni talabalarning yo‘nalganligini aniqlashga qaratishimiz lozim. Yo‘nalganlik shaxsning atrof muhitda ro‘y berayotgan voqea, hodisalarga nisabatan munosabatlar majmui bo‘lib, faoliyat sifatini belgilab beradi. Xatti-harakatlar tuzilishining shakllanishiga ta’sir o‘tkazadi (yangi ehtiyojlar, maqsadlar, motivlar). Bu o‘rinda ustanovkalar ham alohida ahamiyatga ega. O‘qish-bilim olish faoliyati shaxs kamolotida katta rol o‘ynaydi va chuqur muammo kasb etadi. Bu shunday faollikki, uning jarayonida bilimlar, malaka va turli ko‘nikmalar o‘zlashtriladi. 38 Faoliyat turlari o‘z-o‘zidan ro‘y bermaydi. Shaxsning jamiyatdagi ijtimoiy xulqi va o‘zini qanday tutishi, egallangan mavqei ham sababsiz, o‘z-o‘zidan ro‘y bermaydi. Faoliyatni amalga oshirish va shaxs xulq-atvorini tushuntirish uchun psixologiyada «Motiv» va «Motivatsiya» tushunchalari ishlatiladi. «Motivatsiya» tushunchasi «Motiv» tushunchasidan kengroq ma’noga ega. Motivatsiya-inson xulq-atvori, uning bog‘lanishi, yo‘nalishi va faolligini tushuntirib beruvchi psixologik sabablar majmuini bildiradi. Bu tushuncha u yoki bu shaxs xulqini, ya’ni «nega?», «nima uchun?», «nima maqsadda?», «qanday manfaat yo‘lida?» degan savollarga javob qidirish – motivatsiyani qidirish demakdir. Shaxsning jamiyatda odamlar orasidagi xulqi va o‘zini tutish sabablarini o‘rganish tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lib, masalani yoritishning ikki jihati farqlanadi. 1. Ichki sabablar, ya’ni xatti – harakat egasining subyektiv psixologik xususiyatlari nazarda tutiladi (motivlar, ehtiyojlar, maqsadlar, mo‘ljallar, istaklar, qiziqishlar va h.k.). 2. Tashqi sabablar – faoliyatning tashqi shart – sharoitlari va holatlar. YA’ni, bular ayni konkret holatlarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladigan tashqi stimullardir. Shaxs xulq - atvorini ichki psixologik sabablar tufayli boshqarish odatda shaxsiy dispozitsiya deb ham ataladi. Ular shaxs tomonidan anglanilishi yoki anglanmasligi mumkin. Ba’zan shunday bo‘ladiki, shaxs o‘zi amalga oshirgan ishi yoki o‘zidagi o‘zgarishlarga nisbatan shakllangan munosabatning haqiqiy sababini o‘zi tushunib yetmaydi. «Nega?» degan savolga «o‘zim ham bilmayman», deb javob beradi. Bu anglanmagan dispozitsiyalar yoki ustanovkalar deb ataladi. Agar shaxs biror sohaga, kasbga qiziqib, ongli tarzda, uning barcha sir – asrorlarini egallash uchun astoydil harakat qilsa, bunda vaziyat boshqacharoq bo‘ladi, aniqrog‘i, dispozitsiya anglangan, ongli hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan motiv kengroq tushuncha bo‘lib, u shaxsdagi u yoki bu faollik usuliga nisbatan turgan moyillik, hozirlikni tushuntirib beruvchi sababni nazarda tutadi. Bundan tashqari, bir shaxsning o‘zi ham o‘zidagi holat, kayfiyatga qarab bir xil vaziyatni alohida hollarda turlicha idrok qilishga moyil bo‘larkan. Shuning uchun ham odamning ayni paytdagi real harakatlarni o‘sha ma’lum sharoitdagi ichki va tashqi stimullarga uning bergan bahosi yoki reaksiyasi sifatida qaramay, balki shunga o‘xshash holatlarni idrok etishga ichki bir hozirlik – dispozitsyaining mavjudligi bilan tushuntirish to‘g‘riroq bo‘ladi. Shu ma’noda shaxs faolligining motivatsiyasi turli sharoitlarda orttirilgan tajribaga tayangan, ongli tahlillar, hattoki ijtimoiy tajriba 39 meyorlarining ta’sirida shakllanadigan sabablar majmuasini o‘z ichiga oladi. Download 83.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling