bilan tik yuqoriga otildi. Ularning qaysi biri balandroq ko‘tariladi?
Havoning qarshiligini hisobga olmang.
A) massasi kichik bo‘lgan sharcha;
B) massasi katta bo‘lgan sharcha;
C) ikkalasi bir xil balandlikkacha ko‘tariladi;
D) berilgan ma’lumotlar yetarli emas.
25
6. Aylanma harakat 50 ta tishi bo‘lgan g‘ildirakdan 150 ta tishi bo‘lgan
g‘ildirakka uzatilmoqda. Birinchi g‘idirak 2 s davomida bir marta
to‘liq aylanib chiqsa, ikkinchi g‘ildirakning aylanish davri qancha?
A) 3 s; B) 7,5 s; C) 5 s; D) 6 s.
7. Egri chiziqli tekis harakatda quyidagi kattaliklarning qaysi biri
o‘zgarmaydi?
A) oniy tezlik moduli; B) tezlanish moduli;
C) o‘rtacha tezlik moduli; D) tezlanish vektori.
8. Egri chiziqli tekis harakatda tezlanish vektorining yo‘nalishi qanday?
A) trayektoriyaning egrilik radiusi bo‘yicha markazga;
B) trayektoriyaga urinma;
C) harakat trayektoriyasi bo‘yicha;
D) egri chiziq radiusi bo‘yicha markazdan tashqariga.
9. 125 m balandlikdagi minoradan jism 30 m/s tezlik bilan gorizontal
yo‘nalishda otildi. Jismning uchish uzoqligini aniqlang.
A) 300 m; B) 120 m; C) 240 m; D) 150 m.
10. Jism yerdan gorizontga nisbatan 30° burchak ostida 20 m/s boshlang‘
ich tezlik bilan otildi. Boshlang‘ich tezlik vektorining gorizontal va
vertikal tashkil etuvchilarini aniqlang (m/s).
A) 10 va 14,1; B) 17,3 va 10; C) 14,1 va 10; D) 20 va 10.
11. Gapni to‘ldiring. Tinch holatda turgan yoki to‘g‘ri chiziqli tekis
harakatlanayotgan sanoq sistemalari ... deyiladi.
A) ... nisbiy sanoq sistemalari; B) ... inersial sanoq sistemalari;
C) ... noinersial sanoq sistemalari; D) ... absolyut sanoq sistemalari.
12. Massasi 10 kg bo‘lgan jism 20 N kuch ta’sirida qanday harakat qiladi?
A) 2 m/s tezlik bilan tekis;
B) 2 m/s2 tezlanish bilan tezlanuvchan;
C) 2 m/s2 tezlanish bilan sekinlanuvchan;
D) 20 m/s tezlik bilan tekis.
Do'stlaringiz bilan baham: |