Tekis harakatda tezlik


Download 193.42 Kb.
Sana06.04.2023
Hajmi193.42 Kb.
#1331774
Bog'liq
Tekis harakatda tezlik




Tekis harakatda tezlik
Tevarak-atrofdagi jismlar kovproq notekis harakatda boMib, ularning harakat trayek-toriyasi murakkabdir. Eng oddiy mexanik harakat — bu ularning to'g'ri chiziqli tekis harakatidir. Bu bobda Siz, awal jismlarning to'g'ri chiziqli tekis harakatini o'rganasiz, notekis harakat haqida qisqacha ma'Iumot olasiz. So'ngra to'g'ri chiziqli tekis o'zgaruvchan harakatni batafsilroq o'rganishga kinshasiz.
TO'G'RI CHIZIQLI TEKIS HARAKAT HAQIDA TUSHUNCHA
Tekis harakat
Q uyidagi tajribani qilib ko'raylik. Aravachaga 16-rasm-da ko'rsatilganidek tomizg'ich ovrnatilgan bo'lsin. Tomiz-g'ichdan bir me'yorda tomchi tomib tursin. Aravachani qo'yib yuborsak, u harakatlanadi. Bunda aravacha ortidagi tomgan tomchilar orasidagi masofa bir xil emasligini kuza-tish mumkin. Demak, aravacha bir xil vaqt oraliqlarida turlicha masofani bosib o'tgan, ya'ni u notekis harakat qilgan.
Endi yuqoridagi tajribani biroz o'zgartiraylik. Bu gal osilgan yukni kamaytirib shunga erishaylikki, tomgan tom­chilar orasidagi masofa bir xil bo'lsin. Bu holda aravacha bir xil t'aqt oraliqlarida bir xil yo`lni bosib o'tgan deyish mumkin (17-rasm).
Agar jism ixtiyoriy bir xil vaqt oraliqlarida bir xil yoini bosib o'tsa, bunday harakat tekis harakat deb ataladi.
Masalan, avtomobil tekis harakatlanib, har bir minutda 1,5 km dan yo'l bosib o'tayotgan bo'lsa, 2 minutda 3 km, 5 minutda 7,5 km, 10 minutda 15 km, 30 minutda 45 km, 1 soatda 90 km yo'lni bosib o'tadi.
Soat millari harakati ham tekis harakatga misol bo'la oladi.
Siz maktabga borishingizda qay holda tekis, qay holda notekis harakat qilgan bo'lasiz?


To'g'ri chiziqli harakat


Tevarak-atrofimizdagi jismlarning aksariyat hollardagi harakat trayektoriyasi egri chiziqdan iborat bo'ladi. Ayrim hoilardagina jismlar yo'lning ma'lum bir qismida to'g'ri chiziqli harakat qilishi mumkin.
Jism trayektoriyasi to'g'ri chiziqdan iborat bo'lsa, bunday harakat to'g'ri chiziqli harakat deyiladi.
16- va 17-rasmlardagi aravachaning harakati tekis yoki notekis bo'lishidan qat'iy nazar, to'g'ri chiziqlidir.
To'g'ri yo'ldan ketayotgan avtomobil harakatini, to'g'ri temir yo'lda poyezdning harakatini, ma'lum balandlikka ko'tarilib olgandan keyin samolyotning harakatini to'g'ri chiziqli harakat deb olish mumkin.
To'g'ri chiziqli tekis harakat
16-rasmdagi aravacha to'g'ri chiziqli, lekin notekis harakat qilmoqda. Shuning uchun uning harakatini to'g'ri chiziqli tekis harakat deb bo'lmaydi. Soat millari uchining harakati tekis harakat qiladi, lekin to'g'ri chiziqli emas. Shuning uchun soat millari uchining ha­rakati ham to'g'ri chiziqli tekis harakat emas. 17-rasmdagi aravacha esa ham to'g'ri chiziqli, ham tekis harakat qilmoqda. Shuning uchun uning harakati to'g'ri chiziqli tekis harakatdir.
Agar to'g'ri chiziqli harakatlanayotgan moddiy nuqta ixtiyoriy teng vaqtlar oralig'ida bir xil masofalarni bosib o'tsa, uning harakati to'g'ri chiziqli tekis harakat deyiladi.
Eng oddiy mexanik harakat — to'g'ri chiziqli tekis harakatga misollar:

  1. Tep-tekis to'g'ri yo'lda avtomobil harakatlanayotgan bo'Isin. Agar avtomobil bir me'yorda, tezligini o'zgartirmasdan harakatlansa, Siz tinch holatda o'zingizni qanday his qilsangiz, bu holatda ham shunday his etasiz.

  2. To'g'ri temir yo'lda poyezd bir me'yorda to'g'ri chiziqli tekis harakatlanmoqda. Bunday harakat qilayotgan poyezd vagonida Siz bemalol suhbatlashib, ovqatlanib ketishingiz mumkin. Bunda piyoladagi suv ham chayqalmaydi.

  3. Agar dengizda suv sokin, tinch bo'lsa, bir me'yorda to'g'ri chiziq bo'ylab suza-yotgan kemada hodisalar harakatsiz kemadagidek ro'y beradi. Kema oynasiga qarama-gan odam kema harakatini sezmasligi ham mumkin.

Yuqorida keltirilgan misollardan xulosa qilish mumkinki. to'g'ri chiziqli tekis ha­rakat bilan tinchlikdagi holat orasida ajoyib umumiylik bor.
Bu umumiylik shundan iboratki, mexanik harakatlar tinchlikdagi va to'g'ri chiziqli tekis harakatdagi sanoq jismlarda bir xil boladi.
Mexanik harakat asosida sanoq jismning tinchlikdaligini yoki harakatdaligini aniqlashning iloji yo`q. Bu Galiley prinsipidir.
Download 193.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling