Моу сош с. Кстинино


Download 6.47 Kb.
Sana02.06.2024
Hajmi6.47 Kb.
#1836092
Bog'liq
qadimgi dunyoning yetti mojizasi (1)

Qadimgi dunyoning yetti mo`jizasi


Qadimgi dunyoning yetti mo`jizasi

Reja:

  • Semiramida osma bog`lari
  • Artemida ibodatxonasi
  • Olimp xudosi Zevs xaykali
  • Gelios haykali
  • Aleksandr mayog`i

Xeops piramidasi

Xeops piramidasi miloddan avvalgi

XXVII-XXVI asrlarda Gizada qurilgan.

Balandligi: 146,5metr

Poydevori to`rt tomoni: 233metr

Qurish uchun ketgan toshlar soni:

2mln 300mingta.

Toshlarning eng kichkinasi: 2,5 tonna


Bugungi kungacha saqlanib qolgan yagona mo`jiza

Semiramida osma bog`lari

Semiramida osma bog`larini miloddan avvalgi VII asrda Bobil hukmdori Navuxodonosor II xotini malika Shomuramatga atab qurdirgan. Bog` to`rt qavatdan iborat bo`lgan. Har bir qavatga zinalar orqali chiqilgan.

Semiramida osma bog`lari miloddan avvalgi I asrda suv bosishi tufayli vayron bo`ladi .

Olimp xudosi Zevs haykali

* Zevs haykali Olimpiya ibodatxonasida qurilgan bo`lib, balandligi 12 metr bo`lgan. O`ng qo`lida- ma`buda Nika haykali, chap qo`lida-muqaddas burgut o`rnatilgan.

* Zevs haykalini mashhur haykaltarosh Fidiy 10 yil davomida qurib, milodan avvalgi 435 yilda yakunlaydi.

* Haykal oltin libosga burkangan, tanasi fil suyagidan tarashlangan, ko`zlari qimmatbaho toshlardan yasalgan

Zevs haykali milodiy

  • Zevs haykali milodiy
  • V-VI asrlarda yong`in tufayli vayron bo`lgan.

Ma`buda Artemida ibodatxonasi

*Ibodatxona Efes shahrida ma`buda Artemida sharafiga qurilgan.

*Ma`buda Artemida afsonalarga ko`ra Zevsning qizi bo`lib, u hosildorlik, ov va Oy homiysi edi.

*Ibodatxonaning

uzunligi-105 metr,

eni- 52 metr, ustunlar soni-127 ta, ustunlarning balandligi-18metr bo`lgan

Ibodatxona miloddan avvalgi III asrda yong`in tufayli vayron bo`lgan.

  • Ibodatxona miloddan avvalgi III asrda yong`in tufayli vayron bo`lgan.

Quyosh xudosi Gelios haykali

Gelios haykali Rodos aholisining bir yillik qamaldan qutulganliklari sharofatiga miloddan avvalgi 304 yilda qurish boshlangan. Haykal bronzadan ishlangan.

Uning bo`yi-35 metr bo`lgan. Haykalni haykaltarosh Heres 12 yil davomida bunyod etgan.

Gelios haykali 60 yil atrofida turib, yer qimirlashi oqibatida vayron bo`lgan.

Gelios haykali 60 yil atrofida turib, yer qimirlashi oqibatida vayron bo`lgan.

Galikarnas maqbarasi

Qadimgi Gretsiyaning

Kariy podsholiginning

poytaxti Galikarnasda podsho Mavsol milod-

dan avvalgi 353- yilda

ham maqbara ham

ibodatxona qurdiradi.

Maqbarinig kengligi-66m.

uzunligi-77m,

balandligi-46m.

  • Maqbara juda kuchli zilzila tufayli milodiy XV asrda vayron bo`ladi.

Aleksandriya mayog`i

* Miloddan avvalgi 283-yilda Misr yaqinidagi Foros orolida kemalarning xavfsiz Aleksandriya bandargohiga kirishini ta`minlash maqsadida bunyod etilgan mayog`ning balandligi 120 metr bo`lgan.

* Mayog`ning eng yuqori qismida “dengiz xudosi” Poseydonning 7metrlik haykali o`rnatilgan. Mayog` XV asr o`z vazifasini bajargan

Aleksandriya mayog`i kuchli zilzila tufayli XV asrlarda to`la vayron bo`ladi.

  • Aleksandriya mayog`i kuchli zilzila tufayli XV asrlarda to`la vayron bo`ladi.

Dunyoning yangi Yetti mo`jizasi

  • 2007 yil 7 iyul (07.07.07) kuni Portugaliyaning Lissabon shahrida dunyoning yangi «Yetti mo`jizasi»
  • e`lon qilindi.

Kolizey

Toj-Mahal

Petra qoyadagi shahar

Buyuk Xitoy devori

Rio-de-Janeyro shahridagi Iso payg`ambar haykali

Chichen-Itsadagi Mayyalar Piramidasi

Inklar shahri Machu-Pikchu

E’tiboringiz uchun rahmat!


Download 6.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling