Movarauynahrda Qoraxoniylar hukmronligining o'rnatilishi va davlat boshqaruvi. Mundarija: Kirish I bob. Movaraynnahrda Qoraxoniylar davlatining tashkil topishi va ijtimoiy – iqtisodiy hayoti


Qoraxoniylar davlatining mahalliy boshqaruv tizimi


Download 43.57 Kb.
bet5/7
Sana29.04.2023
Hajmi43.57 Kb.
#1399867
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Movaraunnahrda qoraxoniylar hukmronligining o\'rnatilishi va davlat

2.2. Qoraxoniylar davlatining mahalliy boshqaruv tizimi
Qoraxoniylar davlatchilik tizimi oʻzidan oldin oʻtgan Turk xoqonligi, Turkash davlati kabi turkiy davlatlarning davlatchilik tajribasi va anʼanalariga asoslangan. Qoraxoniylar sulolasi davlat boshqaruvida bu tajribalardan unumli foydalanib, oʻz navbatida, uni rivojlantirib, yangi taraqqiyot bosqichiga olib chiqqan. Qoraxoniylar davlati dastlab tashkil topgan vaqtda (X asr oʻrtasi) maʼmuriy-boshqaruv tizimi, qabilalarning oʻzaro ittifoqi negiziga asoslangan edi. Bunda davlat boshligʻi "yabgʻu" deb nomlangan. Oʻlkadagi barcha qabilalar yabgʻuga boʻysungan, ayni vaqtda yabgʻu oʻzi hukmronlik qilayotgan hududdagi barcha qabilalarni tashqi hujumlardan himoya qilgan. Joylarda har bir qabilani oʻz sardorlari boshqargan. Qabila sardorlari ayni vaqtda, shu qabilani harbiy sarkardasi boʻlib, xoqon noibi hisoblangan. Harbiy harakatlar vaqtida ular yabgʻuning buyrugʻiga binoan oʻz harbiy boʻlinmalari bilan urushda qatnashishgan.
X asr oxirida Yettisuv va Sharqiy Turkiston hududlarida "podshoh yag`ma" yoki "elikxon" boshchiligidagi qoraxoniylar davlati tashkil topadi11. Bu davlat tarkibiga turli turkiy millatlar - qorluqlar, chigillar, arg`ular, yag`malar va boshqa xalqlar kirgan bo`lib, ular 960 yilga qadar islom dinini qabul qilganlar. 992 yili elikxon Bug`ra boshchiligidagi qoraxoniylar qo`shini Movarounnahr hududiga bostirib kiradi. Qoraxoniylar g`alabasiga Bug`raxon bilan Xurosonning somoniy hokimi Abuali Simjur o`rtasida tuzilgan hufyona ittifoq hamda lashkarboshi Foiqning sotqinligi sabab bo`lgan. Natijada qoraxoniylar Buxoroni jangsiz ishg`ol etadilar, amir Nuh esa Chorjo`yga qochishga majbur bo`ladi. Ammo Bug`raxon kasallanib, o`z vatani Koshg`arga ketayotganda vafot etadi. Qoraxoniylar Buxorodan katta o`lja bilan qaytadilar.
Qoraxoniyalarning yangi yo`lboshchisi bo`lgan elikxon Nasr Buxoroga qayta hujum uyushtiradi. 995-996 -yillarda Nuh II Sabuqtegin madadi bilan qoraxoniylar hujumini daf etadi. 999 yili qoraxoniylar yana Buxoroni yana ishg`ol etib, amir Abdul Malik II va podshoh oilasini asirga oladilar. Bu hol Movarounnahrda hokimiyat qoraxoniylar foydasiga uzil-kesil hal bo`lishiga olib keladi.
Qoraxoniylar davlati Koshg`ardan Amudaryogacha cho`zilgan Sharqiy Turkiston, Yettisuv, Shosh, Farg`ona va qadimgi So`g`d yerlarini o`z ichiga olgan. 1005 yilgacha somoniylarning so`nggi vakili al-Muntasir qoraxoniylar bilan muvaffaqiyatli kurashgan, biroq raqibning ko`psonli qo`shini pirovard g`alabani ta'minlagan. Bog`dod halifi fatvosi bilan elikxon Nasr ibn Ali Movarounnahrda o`z hukmronligini o`rnatdi. Movarounnahrni zabt etgach qoraxoniylar dehqonlar tabaqasini yakson etdilar va ularning yerlari va suvlarini davlat tasarrufiga topshirganlar. Elikxon Nasr 1012 yili vafot etgach, uning davlatiga ukasi Ali Tegin vorislik qiladi. Qoraxoniylar Amudaryo vodiysi yerlari uchun g`aznaviylar davlatiga qarshi muntazam urushlar olib borishadi, X asr oxirida esa saljuqlarning kuchaygan davlatiga tobe bo`lib qolishadi. Elikxon poytaxti dastlab Uzgenda joylashgan, so`ngra Samarqandga ko`chirilgan.
Somoniylar hokimiyati tugatilgach, XI asr oxirlariga kelib, Qoraxoniylar davlati Amudaryoning yuqori va oʻrta oqimlaridan to Yettisuv, sharqda esa Torim daryosigacha boʻlgan katta hududga egalik qiladi. Amudaryo Qoraxoniylar va Gʻaznaviylar davlati oʻrtasida chegara boʻlib qoladi. Lekin ushbu 2 turkiy davlat oʻrtasida ham Xuroson hududi uchun oʻzaro urushlar boʻlib oʻtadi. 1006 va 1008 yillarda qoraxoniylar Xurosonga qoʻshin tortib, Balx, Tus va Nishopur shahrini zabt etadi. Lekin Sulton Mahmud Gʻaznaviy qoraxoniylarga zarba berib, Xurosonni oʻz qoʻlida saqlab qoladi. Gʻaznaviylar keyinchalik dastlab oʻzlari yer berib, homiylik qilgan saljuqiylar bilan zid-diyatga kirishib, oʻrtada katta harbiy toʻqnashuvlar yuz beradi. 1040 yilda esa Dandanakon jangiaa gʻaznaviylar saljuqiylar tomonidan qaqshat-qich zarbaga uchrab oʻzlarini qaytib oʻnglay olmaydi. Gʻaznaviylar davla-tini bu inqirozidan, qoraxoniylarning mahalliy hukmdori Ibrohim Boʻritegin foydalanib qoladi. U dastlab Xuttalon, Vaxsh va Chagʻoniyonni gʻaznaviylardan tortib oladi. Keyinchalik butun Movarounnahrni va Fargʻonani oʻziga boʻysundirib mustaqil siyosat olib boradi. Oqibatda Qoraxoniylar davlati 1041 yilga kelib 2 mustaqil davlatga: sharqiy va gʻarbiy qismga boʻlinib ketadi. Sharqiy qis-miga Yettisuv, Qashqar, Taroz, isfijob, Shosh va Sharqiy Fargʻona kirgan. Poytaxti Bolasogʻun, madaniy markazi Qashqar boʻlgan. Gʻarbiy qism Movarounnahrdan to fargʻona vodiysining gʻarbiy chegarasigacha boʻlgan yerlarni oʻz ichiga oladi. Markazi Samarqand hisoblangan.12
Yagona Qoraxoniylar davlati bu tarzda ikkiga boʻlinishi va ular oʻrtasida sulolaviy kurashlarning davom etishi, yerdan foydalanishga iqto tartibotining keng yoyilishi va mahalliy hokimlarning kuchayishi markaziy hokimiyatni zaiflashtirib qoʻyadi. Natijada Qoraxoniylar davlati 1130 yil saljuqiylar hukmdori Sulton Sanjarga tobe boʻlib qoladi. XII asrning 30-yillari oxirida Qoraxoniylar davlati sharqdan kelgan yangi istilochilar — koʻchmanchi qoraxitoylar hujumiga du-chor boʻlib, parchalanib ketdi. Lekin Qoraxoniylar davlati, garchi tarqoq holda boʻlsa-da, XIII asr boshiga qadar mavjud boʻlgan. 1212 yilda qoraxoniylarning soʻnggi vakili Usmon ibn Ibrohimning Aloud-din Muhammad Xorazmshoh tomonidan qatl etilishi qoraxoniylarni sulola sifatida rasman barham topi-shiga olib keldi.
Qoraxoniylar davlati vujudga kelgan dastlabki vaqtda, uning etnik asosi va aholisining tarkibini Yettisuv, Isfijob, Shosh, Sharqiy Turkistonning gʻarbiy qismi, Fargʻonaning shim.-sharqiy hududlarida yashovchi qarluq, chigil, xalach, toʻxsi va argʻun kabi koʻplab qabilalar tashkil etgan. Qoraxoniylar keyinchalik Movarounnahr uzra oʻz hukmronligini oʻrnatgach, oʻlkalarda qadimdan yashab kelayotgan oʻtroq va koʻchmanchi aholini, mazkur yagona davlatning umumiy chegaralarida oʻzaro bir-biriga yaqinlashish va aralashib borish jarayoni tezlashdi. Ularning iqtisodiy, madaniy hayoti, bir-biri bilan aloqa-dorlikda rivojlana bordi. Tub yerli aholi taʼsirida yarim koʻchmanchi va yarim oʻtroqlikda yashab kelgan etnik guruhlar oʻtroqlashib dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq bilan shugʻullanadilar.
Bu obʼyektiv voqea-hodisalar natijasida oʻzbek xalqining etnik, hududiy va madaniy jihatdan belgilarida umumiylik hosil boʻlib, bu davrda oʻzbek xalqining xalq sifatida shakllanish jarayonining yakuniy bos-qichi yuz berdi
Qoraxoniylar davrida turli oʻlkalarning birlashishi fan va madaniyat rivojiga ham imkon berdi. Bu davrda Buxoro, Samarqand, Bolasogʻun, Qashqar, Oʻzgan kabi shaharlar ham maʼmuriy, ham madaniy markaz sifatida ahamiyati oshib, yanada kengayib, rivojlanib borgan. Qoraxoniylar fan va madaniyatning oʻlka hayotidagi muhim oʻrnini anglab unga homiylik qilishgan. Buyuk ipak yoʻli asosidagi hududlararo savdo-sotiq yanada ravnaq topdi.
Shu davrda bunyod etilib, hozirgacha saqlangan Raboti Malik, Masjidi kalon, Minorai kalon, Vobkent minorasi, Jarqoʻrgʻon minorasi, Magʻoki attori masjidi hamda koʻplab saroy, masjid, madrasa, minora, xonaqoh, maqbara, tim va karvonsaroy kabi inshootlar qoraxoniylar davrida hashamatli binolar qurish sanʼ-ati yuksak darajada taraqqiy etganliginy koʻrsatadi.
Amaliy bezak sanʼatida — naqshinkorlik, ganchkorlik va kulolchilik yoʻnalishlari rivojlangan. Adabiyot yuksalgan. Yusuf Xos Hojib "Qutadgʻu bilig", Mahmud Qoshgʻariynit "Devonu lugʻotit turk" kabi asarlari shu davrda yaratilgan.
Buhoro ham Samarqandga tobe bo`lgan. Qoraxoniylar Samarqandda, Buxoroda, Binkentda ko`plab binokorlik ishlarini amalga oshirishgan, saroylar, masjidlar va madrasalar bunyod etishgan, musulmon dini nufuzini saqlash va mustahkamlashga hissa qo`shishgan.
Vaqt oʻtishi bilan qoraxoniylarning bu maʼmuriy boshqaruv usuli rivojlanib, takomillashib borgan. X asrning oʻrtalariga kelib, Qoraxoniylar davlati oʻz tarkibiga qoʻshni qabilalarni ham qoʻshib olib, hududiy jihatdan kengayib, katta siyosiy kuchga aylangach, ularning davlat boshqaruvida ham maʼlum islohotlar yuz berdi. Davlat tepasida odatda "qoraxon" unvoni bilan ulugʻlangan "buyuk xon" oʻtirgan. Xonlik taxtiga ogʻa-inichilik udumi asosida sulolaning eng yoshi ulugʻ kishisi oʻtirgan. Xonlar "qoraxon" unvoni bilan birga tavgʻachxon, arslonxon, bugʻroxon kabi faxriy unvonlar bilan ham ulugʻlangan.
Qoraxoniylar davlat boshqaruvi yuqoridan quyiga qarab shakllantirilgan boʻlib, davlat viloyatlarga boʻlib idora qilingan. El-yurt hokimlari eloqxon deb nomlanib, bu unvon egalari "elning oq xoni", yaʼni "buyuk xon" qoraxondan nufuz va darajasiga koʻra keyingi oʻrinda turuvchi "kichik xon" hisoblangan. Elokxonlar xoqon noibi boʻlishsa-da, oʻlkada oʻz nomlari bilan tanga-chaqalar zarb etib, ichki va tashqi siyosatda mustaqillikka intilishgan. Eloqxonlar orasida, Movarounnahr eloqxoni katta obroʻga ega boʻlib, u, odatda, Samarqandda turgan. Bu davrda viloyatlarni "takin" unvonidagi kishilar boshqargan.
"Takin" atamasi dastlab qadim turkiylarda xoqon vorisi, valiahdiga nisbatan qoʻllanilib, keyinchalik harbiy lashkarboshilar unvoni sifatida ham ishlatilgan. somoniylar va qoraxoniylar davriga kelib "takin" unvonidagi harbiy lashkarboshilar ayni vaqtda biron-bir viloyat noibligini ham boshqargan. Qoraxoniylar davrida takinlarning nufuzi oshgan. Chunki harbiy yurishlar vaqtida ular davlat hayotida muhim ahamiyatga ega boʻlgan. Shaharlar boshqaruvi esa shahar hokimi, rais va muhtasiblar qoʻlida boʻlgan. Ular shaharning ichki hayoti va ijtimoiy-iqtisodiy ravnaqi uchun masʼul hisoblangan. Diniy hayotda islom dini davlat mafkurasi darajasiga koʻtarilgan. Davlatning mustahkamligi va goyaviy birligi uchun qoraxoniylar ruhoniylar bilan yaqin va doʻstona munosabatda boʻlishga intilishgan. Bu davrda imomlar, saidlar, shayxlar va sadrlarga eʼtibor kuchayib, ularning obroʻsi nihoyatda baland boʻlgan. Bu esa davlatning siyosiy hayotida ular taʼsirining kuchayishi va vaqf yerlarining kengayishiga olib kelgan.

Xulosa
O’zbek xalqi davlatchiligi tarixini o’rganishning o’ta muhimligini
I. Karimovning quyidagi so’zlaridan bilish mumkin: “O’zbekiston –kelajagi buyuk davlatdir. Bu mustaqil, demokratik huquqiy davlatdir. Bu insonparvarlik qoidalariga asoslangan, millati, dini, ijtimoiy ahvoli, siyosiy e’tiqodlaridan qat’iy nazar fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ta’minlab beradigan davlatdir”13.
Ushbu masalani yoritishdan oldin davlatchilik tushunchasiga, jahon tarixidagi eng qadimgi davlatlar yuzaga kelishi tajribasiga qisqa bo’lsa ham e’tibor qilish o’ta o’rinlidir.
Davlat – insoniyat sivilizasiyasi rivojlanishining mahsuli, elatlar, xalqlar va millatlar hayotining ma’lum huquq va qonunga asoslanib tashkil etishning siyosiy shaklidir. U o’z mohiyatiga ko’ra kishilarning talablari va ehtiyojlarini amalga oshirish huquqlarini himoya qilish, amaliyotda barqarorlikni o’rnatish va saqlashga mo’ljallangan, muayyan aholi jamoalari tomonidan tashkil etilgan maxsus vakolatli va qonun-qoida asosida faoliyat ko’rsatadigan vakillar guruhlari majmuasidir.
Davlat siyosiy va ma’muriy tashkilot sifatida xalqni uyg’unlashtiradi. Davlat tufayli jamiyatning butun tuzilishi (iqtisodiy, huquqiy normalari, turmushi, urf-odati, texnikasi va bilim darajasi, etikasi, dini, falsafasi, ijtimoiy qarashlari va boshqalar) to’la kuch bilan namoyon bo’ladi. Boshqacharoq, aytilganda, davlat boshqaruvida quyidagi ikkita muhim jihatlar hal etilganligini sezish mumkin.
Birinchidan, davlat paydo bo’lishi bilan amaliyot hayotini tashkil etish va uni boshqarishning tarixan dolzarb bo’lgan yangi shakllari qaror topdi. Hokimiyatning vakolatli shakli yuzaga kelib, katta-katta ijtimoiy vazifalarni bajarish uchun keng xalq ommasini safarbar etishning tashkiliy usullari va vositalari ishlab chiqilib, doimo takomillashtirilib borildi. Davlat doirasida aholining ijtimoiy jihatdan farqlanadigan tarkibiy tuzilishi yuz berdiki, natijada urug’, qabilachilik aloqalaridan etnik va sinfiy umumiylikka o’tish ta’minlandi.
Shuningdek, davlat mavjudligi tufayli ijtimoiy manfaatni shaxsiy manfaatdan ajratib, uning ahamiyatliligi ta’minlandi. Ijtimoiy intizom qaror topib, insonning shaxs sifatida ijtimoiy qiyofasi birinchi o’ringa chiqdi. Demak, davlatning kelib chiqishi nafaqat tarixiy zaruriyat, balki ijtimoiy taraqqiyot omili ham bo’ldi;
Ikkinchidan, davlat ibtidoiy jamiyatda mavjud bo’lgan boshqaruvdagi tamoyillarga barham berdi. Oqibatda, butun jamoaning jamiyat hayotida bevosita ishtiroki, boshqaruvda jismoniy zo’ravonligi emas, balki jamoa fikri va obro’si kuchining tan olinishi, iqtisodiy majburlashning yo’qligi va boshqa ko’pgina tomoyillar yo’qolib ketdi.
Jahonda eng qadimgi davlatlar miloddan avvalgi 4-ming yillik oxiri 3-ming yillik boshida Mesopotamiya va Misrda, birmuncha keyinroq Gang daryosi vodiysida va Old Osiyoda, Egey dengizi havzasida va Xuanxe daryo vohasida vujudga kelgan va rivoj topgan.
Qadimgi Sharqda davlatlarning yuzaga kelishi jarayoni juda murakkab kechdi va bir necha yuz yilliklarni o’z ichiga olgan uzoq davrga cho’zildi. Chunki, bu yerda urug’chilik tuzumi qoldiqlari va uning organlari tezda o’z o’rnini yangi jamiyatga bo’shatib bermadi.
O’rta Yer dengizi havzasidagi qadimgi Gretsiya va Rimda shahar davlatlaripolislarning yuzaga kelishi va rivojlanishlari uchun butunlay boshqacha qulay sharoit bo’lgan. Bu yerda polislar demokratik (qadimgi Afinada) yoki aristokratik (qadimgi Rimda) xarakterga ega bo’lishganlar va o’zlarida mulkning shaklini aks ettirganlar. Lekin, antik dunyodagi xo’jalikni rivojlantirish ehtiyoji, iqtisodiy aloqalar takomillashuvi asta-sekinlik bilan davlatlarning yiriklashuvini taqozo etgan. Bu hududda Etoliy, Axey va boshqa shahar – davlatlari ittifoqi bilan birga yirik Ptolemeylar Misri va Salavkiy davlatlarining yuzaga kelishi, nihoyat O’rta Yer dengizi havzasida yagona Rim imperiyasining paydo bo’lishi yuqoridagi fikrimizning isbotidir. Ellin davlatlarida sharqiy harbiy-ma’muriy despotik imperiyalar belgilari o’z-o’zini boshqaruvchi shahar-davlatlari sistemasi bilan qo’shilib ketgan deyish mumkin.
Davlatchilik munosabatlari rivojlanishi va shakllarining ortishi natijasida davlat apparati ham murakkablashib bordi. Soliq tizimi yuzaga keldi, kemasozlik barpo bo’ldi, doimiy armiya tashkil etildi va b. Endi ilgarigi shahar-davlatlari apparatiga xos senat, magistratura, komisiya va boshqalar o’rnida Rim respublikadan imperiya tartibotiga o’tdi.
Oliy hukmdor monarx bo’lib qoldi va uning atrofiga asta-sekinlik bilan yirik yer egalari, shaharning boy kishilari to’plana bordi. Demak, jamiyat takomilllashmoqda edi. Davlatning yiriklashib, hayotda muammolar ko’payib borishi bilan boshqaruvni takomillashtirish ehtiyoji kelib chiqqan. Mukammal, doimo harakatda bo’lgan hujjatlar ishlab chiqish davr talabi bo’lib qolgan. Bu hujjatlar davlat qonunlari darajasiga ko’tarilgan. qonun esa huquq ma’nosida davlat hokimiyati oliy organining tartibga solingan qarorlari bo’lib, bularni barcha fuqarolar, tashkilotlar, uyushmalar va idoralar bajarishga majbur bo’lganlar.
Bobilda miloddan avvalgi 1760-yilda podshoh Xammurapi qonunlar majmuasini qabul qilgan edi. U tarixda Xammurapi qonunlari deb ataladi. Qadimgi Rimda XP qonunlar kodeksi, Arab xalifaligida islom dini shariat qonunlari qabul qilingan. Hattoki, Chingizxon tomonidan tuzilgan deyarlik ko’chmanchilar davlatida ham “Yaso” nomi bilan qonunlar majmuasi bo’lgan. “Temur tuzuklari” dagi “qonun hukmron bo’lgan joyda erkinlik bo’ladi”, “Kuch adolatdadir” degan qoidalarni alohida eslashimiz zarur.
Shimoliy Amerika mustaqilikka erishgach 1776 yilda “Mustaqillik deklarasiyasini”ni, Fransiya esa 1789 yilda “Inson va fuqoro huquqlari Deklarasiyasi”ni qabul qilgan edi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashning 1990 yil 20 iyunida bo’lgan ikkinchi sessiyasida qabul qilingan “Mustaqillik Deklarasiyasi”, 1991 yil 28-31 avgustdagi O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida qabul qilingan “O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari” to’g’risidagi qonun, 1992-yil 8-dekabrdan hayotimizga joriy etilgan O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi (Asosiy qonuni) davlatimizning asosiy poydevori bo’lib qoldi.


Download 43.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling