Movarauynahrda Qoraxoniylar hukmronligining o'rnatilishi va davlat boshqaruvi. Mundarija: Kirish I bob. Movaraynnahrda Qoraxoniylar davlatining tashkil topishi va ijtimoiy – iqtisodiy hayoti
II. Qoraxoniylar davlatiningboshqaruv tuzumi va uning o’ziga xos xususiyatlari
Download 43.57 Kb.
|
Movaraunnahrda qoraxoniylar hukmronligining o\'rnatilishi va davlat
II. Qoraxoniylar davlatiningboshqaruv tuzumi va uning o’ziga xos xususiyatlari
2.1. Qoraxoniylar davlatining markaziy boshqaruv tuzumi X asr o'rtalarida Issiqko'lning janubi va Koshg'arda yashagan yag'mo qabilasi kuchayib, avval o'zlaridan shimoli-sharqroqda yashovchi jikil qabilasi bilan yagona ittifoqqa birlashadi. So'ngra Yettisuvga hujum qilib, qarluqlarni bo'ysundiradi va bu ulkan hududda Qoraxoniylar davlatini tashkil qiladilar. “Qoraxoniylar” atamasi Xoqon Qoraxonning Islom dinini qabul qilganidan so'ng paydo bo'lgan. Numizmat Tornberg esa ularning xonlari tutib yurgan maqomiga qarab Ileklar deb atagan. Boshqalar esa Uyg'ur xoqonligi deb atashgan. 940 yil atrofida qarluqlar Tyanshan yaqinidagi Bolasog'un shahrini bosib olishadi. Birinchi hukmdorlardan biri Satuq Bo'g'raxon Abdulkarim Islom dinini qabul qiladi va “Doslan Qoraxon” nomi bilan shuxrat topadi, keyinchalik butun sulola uning nomidan "Qoraxoniylar" deb atala boshlanadi.6 999-yili qoraxoniylar yana Buxoroni ishgʻol etib, amir Abdul Malik II va podshoh oilasini asirga oladilar. Bu hol Movarounnahrda hokimiyat qoraxoniylar foydasiga uzil-kesil hal boʻlishiga olib keladi. Qoraxoniylar davlati Koshgʻardan Amudaryogacha choʻzilgan Sharqiy Turkiston, Yettisuv, Shosh, Fargʻona va qadimgi Soʻgʻd yerlarini oʻz ichiga olgan. 1005-yilgacha somoniylarning soʻnggi vakili al-Muntasir qoraxoniylar bilan muvaffaqiyatli kurashgan, biroq raqibning koʻpsonli qoʻshini pirovard gʻalabani taʼminlagan. Bogʻdod halifi fatvosi bilan elikxon Nasr ibn Ali Movarounnahrda oʻz hukmronligini oʻrnatdi. Movarounnahrni zabt etgach qoraxoniylar dehqonlar tabaqasini yakson etdilar va ularning yerlari va suvlarini davlat tasarrufiga topshirganlar. Elikxon Nasr 1012-yili vafot etgach, uning davlatiga ukasi Ali Tegin vorislik qiladi. Qoraxoniylar Amudaryo vodiysi yerlari uchun gʻaznaviylar davlatiga qarshi muntazam urushlar olib borishadi, XI asr oxirida esa saljuqlarning kuchaygan davlatiga tobe boʻlib qolishadi. Elikxon poytaxti dastlab Uzgenda joylashgan, soʻngra Samarqandga koʻchirilgan. Buxoro ham Samarqandga tobe boʻlgan. Qoraxoniylar Samarqandda, Buxoroda, Binkentda koʻplab binokorlik ishlarini amalga oshirishgan, saroylar, masjidlar va madrasalar bunyod etishgan, musulmon dini nufuzini saqlash va mustahkamlashga hissa qoʻshishgan. Mazkur davlat chegarasida islom dini keng yoyilgan. Qoraxoniylar oʻz davlat chegarasini somoniylar sulolasiga tegishli hududlar hisobiga kengaytirish siyosatini olib borishgan. Somoniylar hokimiyati bu vaqtga kelib, chuqur siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy inqirozga yuz tutib zaiflashib qolgan edi. Ana shunday vaziyatda qoraxoniylar somoniylar poytaxti Buxoroni deyarli qarshiliksiz ishgʻol etishadi. Biroq, Hasan Bugʻroxon betobligi tufayli Buxoroda uzoq turmay, Qashqarga qaytishda yoʻlda vafot etadi. 996 yil qoraxoniylar yana Movarounnahr sari yurish boshlaydi. Gʻaznaviylar bilan olib borilgan muzokaralar natijasida oʻrtada shartnoma tuzilib, unga koʻra, Sirdaryo havzasi qoraxoniylar qoʻliga oʻtadi. Amudaryoning janubidagi yerlarda va Xuroson hududida Sabuqtegin hukmronligi oʻrnatiladi. Somoniylar ixtiyorida esa Movarounnahrning markaziy qis-migina qoladi. Somoniylar hokimiyati tugatilgach, XI asr oxirlariga kelib,7 Qoraxoniylar davlati Amudaryoning yuqori va oʻrta oqimlaridan to Yettisuv, sharqda esa Torim daryosigacha boʻlgan katta hududga egalik qiladi. Amudaryo Qoraxoniylar va Gʻaznaviylar davlati oʻrtasida chegara boʻlib qoladi. Lekin ushbu 2 turkiy davlat oʻrtasida ham Xuroson hududi uchun oʻzaro urushlar boʻlib oʻtadi. 1006-1008-yillarda qoraxoniylar Xurosonga qoʻshin tortib, Balx, Tus va Nishopur shahrini zabt etadi. Lekin Sulton Mahmud Gʻaznaviy qoraxoniylarga zarba berib, Xurosonni oʻz qoʻlida saqlab qoladi. Gʻaznaviylar keyinchalik dastlab oʻzlari yer berib, homiylik qilgan saljuqiylar bilan ziddiyatga kirishib, oʻrtada katta harbiy toʻqnashuvlar yuz beradi. 1040-yilda esa Dandanakon jangiaa gʻaznaviylar saljuqiylar tomonidan qaqshat-qich zarbaga uchrab oʻzlarini qaytib oʻnglay olmaydi. Gʻaznaviylar davlatini bu inqirozidan, qoraxoniylarning mahalliy hukmdori Ibrohim Boʻritegin foydalanib qoladi. U dastlab Xuttalon, Vaxsh va Chagʻoniyonni gʻaznaviylardan tortib oladi. Keyinchalik butun Movarounnahrni va Fargʻonani oʻziga boʻysundirib mustaqil siyosat olib boradi. X asr oxirida Yettisuv va Sharqiy Turkiston hududlarida "podshoh yagma" yoki "elikxon" boshchiligidagi Qoraxoniylar davlati tashkil topadi. Bu davlat tarkibiga turli turkiy qabilalar - qorluqlar, chigillar, argular, yagmalar va boshqa xalqlar kirgan bolib, ular 960 yilga qadar islom dinini qabul qilganlar. 992 yili elikxon Bugra boshchiligidagi Qoraxoniylar qoshini Movarounnahr hududiga bostirib kiradi. Qoraxoniylar galabasiga Bugraxon bilan Xurosonning somoniy hokimi Abu Ali Simjur ortasida tuzilgan hufyona ittifoq hamda lashkarboshi Foiqning sotqinligi sabab bolgan. Natijada Qoraxoniylar Buxoroni jangsiz ishgol etadilar, amir Nuh esa Chorjoyga qochishga majbur boladi. Ammo Bugraxon kasallanib, oz vatani Koshgarga ketayotganda vafot etadi. Qoraxoniylar Buxorodan katta olja bilan qaytadilar. Qoraxoniyalarning yangi yolboshchisi bolgan elikxon Nasr Buxoroga qayta hujum uyushtiradi. 995-996 yillarda Nuh II Sabuqtegin madadi bilan Qoraxoniylar hujumini daf etadi. 999 yili Qoraxoniylar yana Buxoroni ishgol etib, amir Abdul Malik II va podshoh oilasini asirga oladilar. Bu hol Movarounnahrda hokimiyat Qoraxoniylar foydasiga uzil-kesil hal bolishiga olib keladi. Qoraxoniylar davlati Koshgardan Amudaryogacha chozilgan Sharqiy Turkiston, Yettisuv, Shosh, Fargona va qadimgi Sogd yerlarini oz ichiga olgan. 1005 yilgacha Somoniylarning songgi vakili al-Muntasir Qoraxoniylar bilan muvaffaqiyatli kurashgan, biroq raqibning kopsonli qoshini pirovard galabani ta'minlagan. Bogdod halifi fatvosi bilan elikxon Nasr ibn Ali Movarounnahrda oz hukmronligini ornatdi. Movarounnahrni zabt etgach Qoraxoniylar dehqonlar tabaqasini yakson etdilar va ularning yerlari va suvlarini davlat tasarrufiga topshirganlar. Elikxon Nasr 1012 yili vafot etgach, uning davlatiga ukasi Ali Tegin vorislik qiladi. Qoraxoniylar Amudaryo vodiysi yerlari uchun gaznaviylar davlatiga qarshi muntazam urushlar olib borishadi, XI-asr oxirida esa saljuqlarning kuchaygan davlatiga tobe bolib qolishadi. Elikxon poytaxti dastlab Uzgenda joylashgan, songra Samarqandga kochirilgan. Buxoro ham Samarqandga tobe bolgan. Qoraxoniylar Samarqandda, Buxoroda, Binkentda koplab binokorlik ishlarini amalga oshirishgan, saroylar, masjidlar va madrasalar bunyod etishgan, musulmon dini nufuzini saqlash va mustahkamlashga hissa qoshishgan. Qoraxoniylarning Movarounnahrga hujumi 992-yilda Hasan Bug'roxon boshliq Qoraxoniylar Movarounnahrga tomon hujum boshlaydilar. Ularning harbiy yurishlarida Marida Shosh, Farg'ona va boshqa viloyatlarda yashovchi turk qabilalari ham qatnashadilar. Chunki bu yurtlar Qoraxoniylar davlati tarkibiga kirgan qarluqlar davlatining mulki edi. Bu davrda Somoniylar ma'muriyati va harbiy qo'shinlari boshqaruvini o'z qoliga olgan turk noiblari, hatto ayrim viloyatlarni egallab olib, deyarli mustaqil hukmronlik qilayotgan turk noiblari mamlakatni mudofaa qilish o'rniga xoinlik yo'lini tutib, Qoraxoniylarga yon bosadilar. Qoraxoniylar Buxoroni qarshiliksiz ishg'ol qiladilar. Ko'p o'tmay Bug'roxon hojib Foyiqni Termiz va Balxga noib qilib tayinlaydi. Ammo Bug'roxon Buxoroda uzoq turolmaydi. Kasallik uni Koshg'arga qaytishga majbur etadi. Yo'lda u vafot etadi. Bunday qulay sharoitdan foydalangan Nux ibn Mansur Buxoroga qaytib o'z taxtini egallaydi. Ammo ikki mahalliy turk noiblari Foyiq Balxda, Abu Ali Simjuriy Xurosonda amirga qarshi qo'zg'olon ko'taradilar. O'z kuchiga ishonmagan Nuh ibn Mansur - G'azna hukmdori Sobuqtaginni yordamga chaqiradi. Yigirma mingli qo'shin bilan u Movarounnahrga yetib keladi va Nuh bilan birlashib, qo'zg'olonchilarga qarshi yurish qiladi. Bir necha janglardan so'ng Foyiq va Abuali qo'shinlari tor-mor qilinadi. Shuningdek, Sobuqtaginni Abuali Simjuriy o'rniga Xurosonning noibi qilib tayinlaydi. Natijada G'azna va Xurosonda Sobuqtagin va o'g'li Mahmudning siyosiy xukmronligi mustahkamlanib, G’aznaviylar davlati tashkil topadi.8 Tez orada bu davlat kuchayib, Hindiston chegarasidan Amudaryogacha bo'lgan yerlarni egallaydi. 996-yilda Qoraxoniylar Movarounnahrga tomon yana hujum boshlaydilar. Ularga Nasr ibn Ali boshchilik qiladi. Nuhga yordam berish uchun Sobuqtakin Chag'oniyon, Juzg'on va Xuttalon hokimlari ning birlashgan qo'shinlaridan iborat katta kuch bilan Keshga yetib keladi. Nuhning ham o'z qo'shini bilan unga qo'shilishini talab qiladi. Bu Somoniylar amirining xukmdorlik huquqlarini mensimaslik va ochiqdan-ochiq unga qarshi chiqish edi. Nuh shubhasiz, bundan bosh tortadi va farmoyish yuborib, Sobuqtaginni Buxoroga chaqirtiradi. Bunga javoban Sobuqtagin qo'shin yuborib Buxoroni egallaydi. So'ngra u Qoraxoniylar bilan muzokaralar olib boradi. Natijada ular o'rtasida shartnoma tuzilib, unga muvofiq Sirdaryo havzasi Qoraxoniylar qo'liga o'tadi. Sobuqtagin esa Amudaryodan janubdagi yerlar, shu jumladan Xurosonga hukmdor bo'lib oladi. Somoniylarga Movarounnahrning markaziy qismigina beriladi, xolos. Biroq, ko'p vaqt o'tmay Qoraxoniylar Buxoroni bosib oladilar. Garchi Somoniylar to 1005-yilgacha Samarqand va Buxoroni qaytarib olishga uringan bo'lsalarda ammo 999-yilda Buxoroning Nasr Eloqxon tomonidan zabt etilishi bilan Somoniylar hukmronligi barham topgan edi. Shunday qilib X asr oxirida Somoniylar davlati o'rnida ikkita yangi davlat tashkil topdi: biri Koshg'ardan Amudaryogacha cho'zilgan Sharqiy Turkistonning bir qismini, Yettisuv, Shosh, Farg'ona va qadimgi Sug'dni o'z ichiga olgan Qoraxoniylar davlati bo'lsa, ikkinchisi Shimoliy Hindistondan Kaspiy dengizining janubiy qirg'oqlarigacha bo'lgan viloyatlarni qamrab olgan G’aznaviylar davlati edi. Qoraxoniylar davlatining ikkiga ajralishi Garchi Amudaryo bu ikki turk davlatlari o'rtasidagi chegara deb belgilangan bo'lsada, ammo Qoraxoniylar Xurosonni zabt etilgan yurtning ajralmas qismi xisoblab, uni o'z davlatiga qo'shib olish uchun harakat qiladilar. Oradan ko'p vaqt o'tmay Qoraxoniylar va G’aznaviylar o'rtasida shiddatli urushlar boshlanadi. 1006-1008-yillarda9 Qoraxoniylar Xuroson ustiga ikki marta qo'shin tortadilar. Balx, Tus va Nishopur shaharlari zabt etiladi. Ularning harbiy yurishini Sulton Mahmudga qarshi bo'lgan Xurosonning mulkdor feodallari qo'llab-quvvaatlaydilar. Lekin Mahmud G'aznaviy Qoraxoniylarga zarba berib, Xurosonni o'z davlati tasarrufida saqlab qolishga muvaffaq bo'ladi. 1017-yilda Mahmud Xorazm ustiga qo'shin tortib, uni bosib oladi. Shunday qilib, Xorazm mustaqil davlat sifatida barham topadi. Bu davrda Sirdaryo etaklarida yashovchi o'g'uzlardan ajralib saljuqiylar nomi bilan Xurosonga borib o'rnashgan turkman qabilalari kuchayib, o'z vaqtida ularga yer berib homiylik qilgan G’aznaviylarga qarshi tazyiq ko'rsatadilar. Saljuqiylar bilan jiddiy kurash boshlanadi. Bunday vaziyatdan foydalangan Qoraxoniylarning mahalliy hukmdori Ibrohim Bo'ritakin 1038-yilda Amudaryo bo'yi viloyatlari Xuttalon, Vaxsh va Chag'oniyonni G’aznaviylardan tortib oladi. Ko'p vaqt o'tmay u Movarounnahrni va Farg'onani o'ziga bo'ysundirib, mustaqil siyosat yurita boshlaydi. Natijada Qoraxoniylar ikki mustaqil davlatga ajralib ketadi. Biri poytaxti Bolosog'unda bo'lgan Sharqiy Qoraxoniylar, ikkinchisi markazi Samarqandda bo'lgan Movarounnahrdagi Qoraxoniylar davlati edi. Bu g'alabalarda so'ng Ibrohim Tamg'ach "Bug'roxon" unvoniga sazovor bo'ladi, Saljuqiylar bilan Qoraxoniylar o'rtasidagi munosabatlar dastavval yaxshi bo'lsa-da, ammo keyinchalik keskinlashib ketadi. Bu ikki turk davlatlari o'rtasida shiddatli janglar bo'lib o'tadi. Hatto, 1130-yilda saljuqiylar sultoni Sanjar Movarounnahrga qo'shin tortib, Qoraxoniylar davlatining poytaxti Samarqandni ishg'ol etadi. Natijada Qoraxoniylar Sulton Sanjarga tobe bo'lib qoladilar.10 Davlat boshqaruvi Qoraxoniylar davlatining boshqaruv tizimi mahalliy hududiy boshqarish tartibiga asoslangan. Xonlik hududlari nihoyatda bepoyon bo’lganligidan, har bir yirik hudud yoki viloyat eloqxonlar (mahalliy hukmdorlar) tomonidan nisbatan mustaqil tarzda idora qilingan (Masalan, Samarqand, Buxoro, Yettisuv v.b.). Eloqxonlar tegishli miqdordagi yillik xiroj yoki to’lovlarni markaziy xokimiyat hukmdori - Tamg’achxonga yuborib, amalda o’z mulklarini mustaqil boshqarganlar. Qoraxoniylarning Movarounnahrdagi hukmronligi murakkab ijtimoiy siyosiy vaziyatda, turli sulolaviy urushlar, ziddiyatli jarayonlar girdobida kechgan. Viloyat hokimlari faqat Qoraxoniylar xonadonining eloqxon unvoniga sazovor bo'lgan a'zolaridan saylanar edi. Eloqxonlar o'z nomlari bilan chaqa-tangalar zarb qilar va viloyatning mustaqilligi uchun intilar edilar. Movarounnahr eloqxoni qoraxoniy eloqxonlari orasida katta obro'ga ega edi. U, odatda, Samarqandda taxtiga o'tiradi. Viloyat boshqaruv ma'muriyatida Somoniylar davridagidek vazirlar, sohib baridlar, mustavfiylar xizmat qilardi. Shaharlar esa shahar hokimi, raisi va muxtasiblari tomonidan boshqarilardi. Qoraxoniylar mamlakatda o'z hukmronligi mustahkamlab olishda musulmon ruhoniylari bilan yaqin va do'stona munosabatlar o'rnatadilar. Bu davrda imomlar, saidlar, shayxlar va sadrlarga e'tibor kuchayib, ularning obro'yi har qachongidan ham balandga ko'tariladi. Qoraxoniy hukmdorlar garchi bu davrda hali o'troq hayotga ko'chmagan bo'lsalar ham, dehqonchilik vohalari va shaharlarning madaniy ahami-yatini yaxshi anglar edilar. Download 43.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling