Movarolnnahr va xorazmning madaniy hayotida yangi davr


Download 45.5 Kb.
bet4/4
Sana17.06.2023
Hajmi45.5 Kb.
#1547365
1   2   3   4
Bog'liq
MOVAROUNNAHR VA XORAZMNING MADANIY HAYOTIDA

Mahmud Zamaxshariy
Abulqosim Mahmud az-Zamaxshariy 1075-yilda Xorazmning Zamaxshar qishlo-g'lda dunyoga kelgan. Ilmga bo'lgan chan-qoqlik uni Buxoro, Marv, Nishopur, Isfaxon, Shorn, Bag'dod, Hirot va Makkada hayot kechirib, arab tili va adabiyotini, diniy ilmlarni, xattotlik san'atini, arab maqollari va urf-odatlarini chuqur o'rganishiga sabab bo'ldi. U mintaqa geografiyasiga doir ma'lumotlarni to'playdi.
Mahmud Zamaxshariy turli soha ilmlariga oid 50 dan ortiq asarlar yozib qoldirdi. Ayniqsa, uning arab tili fonetikasi va morfologiyasiga bag'ishlangan «Al-Mufassal», Qur'oni karim tafsiriga oid «Al-Kashshof» asari musulmon olamida mashhurdir. Zamaxshariy «Arab va g 'ayri arablar ustozi», «Xorazm faxri» kabi sharafii nomlar bilan ulug'langan. Qohiradagi dunyoga dong'i ketgan Al-Azhar diniy dorilfununining talabalari hozir ham «Al-Kashshof» asosida Qur'oni karimni o'rganadilar.


* Kalom — islom taTimotini asoslab beruvchi diniy ilm
* Metafizika— sezgilar vositasida anglab olish mumkin bo'lmagan obyektlarni (sifat, mazmun. mohiyat. hodisa) tadqiq etuvchi fan
* Muallinius-soniy — ikkinchi muallim. Farobiy shu nora bilan ulug'langan
* Falsafa — hayotdagi barcha narsa va hodisalarning aloqadorligini o'rganuvchi fan
* Shay x ur-rais — donishmandlar sardori


Burhonuddin al-Marg’inoniy
Mashhur fiqh (huquqshunos) olimi Burho-nuddin al-Marg'inoniy 1123-yilda Rish-tonda (Farg'ona vodiysi) tavallud topgan Al-Marg'inoniyning eng nodir asari to'rt jildlik «Hidoya» asaridir. «Hidoya» islom huquqshunosligi bo'yicha mukammal asar bo'lib, bir necha asrlar davomida musulmon mam-lakatlandagi huquqshunoslar uchun ham nazariy, ham amaliy qo'llanma vazifasini o'tab kelgan. Kitob bir qancha tillarga tarjima qilingan. Hozirgi kunda ham muhim manba sifatida foydalanib kelin-moqda.


2000-yilda al-Marg'inoniyning 910 yilligi nishonlandi.


Turkiy yozma adabiyot
Bu davrda Movarounnahr va Sharqiy Tur-kistonda turkiy xalqlaming qadimdan davom etib kelayotgan og'zaki adabiyoti bilan bir qatorda, yozma adabiyot yuzaga keladi. Qator yirik asarlar bitildi. Ulardan eng nodiri Yusuf Xos Ho-jibning (XI asr) «Qutadg'u bilig». Mahmud Qoshg'ariyning «De-vonu hig'atit-turk», Ahmad Yugnakiyning «Hibat uI-haqoyiq». Ahmad Yassaviyning «Hikmat» kabi asarlaridir.
Bu davr turkiy adabiy tili eski o'zbek va uyg'ur tillarining vujudga kelishida ham muhim bosqich bo'ldi.
Savollar:

1. Nima uchun IX-XII asrlarda yurtimizda ilm-fan yuksak taraqqiy etdi?


2. «Ikkinchi muallim» — Farobiy ijodi haqida nimalarni bilib oldi-ngiz?
3. Ibn Sinoning jahon fanida tutgan o'miga baho bering.
4. Beruniy va Zamaxshariy ijodini ta'riflang.
Download 45.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling