Moylar va maxsus suyuqliklar


-Mavzu. Plastik surkov moylari va ularning kolloid strukturasi xaqida


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/151
Sana09.01.2022
Hajmi1.64 Mb.
#264570
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   151
6-Mavzu. Plastik surkov moylari va ularning kolloid strukturasi xaqida 
kiskacha ma’lumotlar 
 
Reja: 
1. Plastik surkov moylarining asosiy xossalari. Xajmiy-mexanik xossalari 
2. Surkov moylarining mustaxkamlik xossalari 
3. Surkov moylarining qovushqoqlik hossalari 
 
Plastik  surkov  moylari  suyuklikdagi  kattik  kuyultirgichlarni  yukori 
strukturali  tiksotrop  dispersiyalaridir.  Ular  texnikaning  turli  soxalarida  keng 
kullaniladigan  surkov  materiallari  sinfiga  kiradi.  Yurtimizda  surkov  moylarini 
sanoatda  ishlab  chikarish  70  yil  oldin  boshlangan  edi.  Birinchi  surkov  moyi  neft 
qoldiqlarini  smola  kislotalarining  kalstiyli  sovunlari  bilan  kuyultirilgan  gildirak 
moyidir. Surkov moylarini struktura va xossalari buyicha sistematik izlanishlar 30-
yillardan  boshlanadi.  Plastik  surkov  moylarini  birinchi  tadkikotchtlari  va  ularning 
ishlab  chikarish  va  kullashga  da’vat  etuvchilar  O.S.  Velikovskiy  va  V.P. 


79 
 
Verenstovlardir.  Surkov  moylarini  xar  tomonlama  tadkik  etish  ularning  kolloil 
tabiatini  oshkor  kildi  va  ularni  ishlab  chikarish  va  qo’llashga  ilmiy  asosli 
yondashishga imkonberdi. Ishlab chikarish xajmini nisbatan kamligiga karamasdan 
qo’llash  soxalarini  turli  tumanliligi  buyicha  boshka  surkov  materiallaridan  ustun 
turadi. 
Odatda surkov  moylari  uch  muxitdan tashkil  topadi: 70-90% dispers  muxit, 
10-13%  dispers  faza  va  1-15%  kushimchalar.  Dispers  muxit  sifatida  kuprok  neft 
moylari,  ayrim  xollarda  sintetik  moylar  va  ularning  neft  moylari  bilan 
aralashmalari  kullaniladi.  Sintetik  moylarni  odatda  keng  harorat  diapazonida 
ishlovchi  yukori  tezlikli  podshipniklarda  foydalaniladigan  surkov  moylarini 
tayyorlashda kullaniladi. Sintetik moylarning narxini yukoriligi, shuningdek ularni 
aloxida  ekpluatastiya  xossalarini  yaxshilash  maksadida  sintetik  va  neft  moylari 
aralashmalari ishlatiladi. 
Kuyuklashtiruvchilarga metalli sovunlar (yukori molekulyar moyli kislotalar 
tuzlari),  kattik  neft  uglevodorodlari  va  ayrim  organik  va  noorganik  mahsulotlar 
kiradi. 
Kengrok 
tarkalgan 
kuyuklashtiruvchilarga 
sovunlar 
va 
kattik 
uglevodorodlar  kiradi.  Kuyuklashtiruvchilarni  turiga  karab  ularning  surkov 
moylaridagi mikdori 8% dan 25% gacha buladi. 
Strukturasini  rostlash  va  funkstional  xossalarini  yaxshilash  uchun  surkov 
moylariga 
qo’shimchalar-to’ldiruvchilar 
va 
qo’ndirmalar 
qo’shiladi. 
Qo’shimchalar-kattik  yukori  dispers  moddalar  bulib,  amalda  dispers  muxitda 
erimaydilar  va  xar  doim  surkov  moylarida  sovun  tolalaridan  sezilarli  katta 
ulchamda  bulgan  mustakil  faza  xosil  kiladilar.  Yukori  surkov  xossasini 
ta’minlovchi  kristal  strukturali  qatlamli  to’ldiruvchilar  qo’prok  tarkalgan. 
Qo’ndirmalarni  to’ldiruvchilardan  farki  deyarli  xamma  vakt  dispers  muxitda 
eriydilar  va  surkov  moylarini  strukturasi  va  reologik  xossasiga  ta’sir  o’tkazib, 
kullanilishini moylarnikiga karaganda kiyinlashtiradi. Surkov moylarini xossalarini 
yaxshilash uchun asosan neft moylari ishlab chikarishdagi qo’ndirmalar ishlatiladi. 
Ularning asosiylariga antioksid, tirnalish, emirilishga karshi, korroziya ingibitorlari 
kiradi. 
Plastik surkov moylari kattik faza tuzilishining yukori darajasi va axamiyatli 
konstentrastiyasi  bilan  farklanuvchi  kolloid  sistemalarni  xosil  kiladi.  Surkov 
moylari  strukturasi  ruxsat  etilgan  4Å  gacha  usul  buyicha  100  ming  marta 
kattalashtirish  imkonini  beruvchi  elektron  mikroskop  yordamida  o’rganildi. 
Elektron  mikroskopiya  usulini  kullash bilan surkov  moylarini o’rganish, aksariyat 
sovunli  surkov  moylar  dispers  fazasi  lentasimon  yoki  slizometrik  shakldagi 
ignasimon  kismlardan  tashkil  topganligini  aniklash  imkonini  berdi.  Bir  yoki  ikki 
o’lchamdagi  bu  kismlar  o’lchamlari  kolloid-1  moldan  kam.  Komponent 
aralashmalarini sovutishdan xosil buladigan quyultirgich kismlarining barcha ko’p 
turli  shakllari  va  struktura  karkasini  vujudga  keltirish  usuli  umumiy  sanaladi. 
Kolloid  yoki  xakikiy  aralashmani  sovutish  jarayonida  kristallarni  baravariga 
o’sishi  va  bir  biri  bilan  boglanishdan  va  kristallik  xosil  bulishidan  quyultirgich 
kristalizastiyasi ruy beradi. Oddiy kolloid sistemalarga dispers faza kismlari bir biri 
bilan  koagulyastiyalanadi  va  chukmaga  tushadi.  Surkov  moylaridagi  dispers 


80 
 
fazalarning  yukori  konstentrastiyasi  koagulyastiyasini  engib  o’tadi,  ular  fazoviy 
struktura  karkasi  xosil  kiladi.  Kuyuklashtirgich  kismlarining  anizometrikligi 
kancha yukori bo’lsa, shunchalik mustaxkam strukturani xosil kilishadi. 
Dispers  fazalarni  yukori  strukturalash  darajasi  surkov  moylariga  ularni 
suyuk  va  kattik  surkov  moylaridan  fark  kiluvchi  plastik  va  kattiksimon  xolat 
beradi.  Kuchlanish  yo’kligida  surkov  moylari  kattik  xolatda  buladi:  o’z  og’irligi 
ta’sirida  erishmaydi,  vertikal  yuzalarda  turadi,  xarakatlanayotgan  detallardan 
inerstion  kuchlar  ta’sirida  itkitilmaydi.  Birok  surkov  moyining  mustakillik 
darajasini  oshiruvchi  ozgina  kuchlanish  ostida  xam  strukturali  karkas  buziladi, 
surkov moyi deformastiyalanadi va yopishkok okuvchi xarakatlanuvchi xolat kasb 
etadi.  Muximi  uziga  xoslik  sifatida  strukturali  karkasni  buzilish  jarayonini  ortga 
kaytarishi  sanaladi;  kuchlanish  olinishi  bilan  okim  tuxtaydi  va  surkov  moyi 
kaytadan  kattiksimon  xolat  kasb  etadi.  Surkov  moyini  plastik  xolatdan  yopishkok 
okuvchi  xolatga  va  yana  ortga  qaytishini  osonligi  ularning  afzalliklaridan  biri 
sanaladi  va  suyuk  va  kattik  surkov  materiallariga  karaganda  kuprok  kullanilishini 
ta’minlaydi. 
Surkov  moylari  tarkibi  va  ishlatilishiga  karab  sinflanadi.  Surkov  moylarini 
tarkibi  va  strukturasiga  kuyultirgichlarni  xal  kiluvchi  ta’sir  kursatuvini  inobatga 
oladigan  bo’lsak,  unda  kuyuklashtirgich  tipi  surkov  moylarning  tarkib  buyicha 
sinflanishining  asosiga  kuyilgan.  Kuyuklashtirgich  tipiga  karab  surkov  moylari 
sovunli,  uglevodorodli  va  noorganik  kuyuklashtirgichli  surkov  moylariga 
bo’linadilar.  Sovunli  surkov  moylari  o’z  navbatida  kuyuklashtirgich  tarkibidan 
kat’iy  nazar  oddiy  sovunli  surkov  moylari  va  aralash  sovunli  surkov  moylariga 
bulinadi.  Kation soniga kura surkov  moylari sovun  molekulalari kalstiyli,  natriyli, 
litiyli, bariyli, alyuminiyli va xokazolarga bulinadilar. Moy tarkibidan kat’iy nazar 
surkov  moylari  sintetik  va  tabiiy  moylarda,  shuningdek  texnik  moyli  kislotalarda 
ajratiladi.  
Ishlatilishiga  karab  surkov  moylari  mashina  va  mexanizm  detallarini 
tirnalishini  va  emirilishini  pasaytirish  uchun-antifrikstion;  metall  buyumlarni 
korroziyadan  ximoya  kilish  uchun-  korservastion,  ishkorlanuvchi  yuza,  oralik  va 
tirkishlarni  germetizastiyasi  uchun-zichlagichli;  frikstion;  ishkalanib  moslanish; 
muz  koplashdan  saklanish  uchun-maxsus  va  xokazo  turlarga  bulinadi.  Surkov 
moylarining  katta  kismi  birinchi  ikki  guruxga  tegishli.  Antifrikstion  surkov 
moylarini  tayyorlash  uchun  asosan  sovunli  kuyultirgichlar,  konservastion  uchun-
uglevodorodlilar  kullaniladi.  Plastik  surkov  moylarini  kullash  nuktai  nazaridan 
yukori harorat va kontakt kuchlanishlarda, xususiy xarakat yunalish uzgarishli yoki 
davriy  ishlovchi  ishkalanish  tugunlarida  effektlirok  xisoblanadi.  Surkov  moylari 
ishkalanish tugunlarini yaxshi zichlaydi, ularni kullaganda surkov materiallariga va 
mexanizmlarga xizmat kursatishga xarajatlar kamayadi. 
Xamma  surkovlar  xam  surkov  moylari  tayyorlashda  kullanavermaydi. 
Surkov  moylarini  strukturasini  vujudga  kelishi  va  xossalarida  ishlatilayotgan 
sovunning kationi xossasi va valentligi, anioni kushilishi va tarkibi xal kiluvchi rol 
uynaydi.  Boshka  teng  sharoitlarda  eng  yirik  tolalar  natriyli  surkov  moylari  uchun 
(80 mkm gacha), kiskalari litiyli (2-5 mkm) va kalstiyli (1-3 mkm) surkov moylari 


81 
 
uchun  tugri  keladi.  Surkov  moylari  dispers  fazolarining  strukturaviy  xosil 
bulishining  muxim shartlaridan biri haroratidir. Surkov moylari ishlab chikarishda 
kolloid-kimyoviy  jarayonlar  uzluksiz  uzgaruvchan  haroratlarda  boradi  va  xatto 
ularni  tayyorlanishi  tugagandan  keyin  xam  butunlay  tuxtamaydi,  shuningdek  30-
40
0
S  gacha  sovutilganda  xam.  Shuning  uchun  1-2  kun  teng  xolatda  va  xona 
haroratida  boradigan  surkov  moylarining  «etilishi»  ni  amalga  oshirishщ  kerak. 
Birok  kupgina  surkov  moylari  uchun  xolat  muvozanatiga  erishib  bulmaydi.  Bu 
ularni  xossalarini  uzgarishida  mustakil  ravishda  dispers  muxit  ajralishi;  harorat, 
mexanik  kuchlanish,  havo  namligi  va  kislorod  ta’siri  ostida  birdaniga 
mustaxkamlanishi yoki birdaniga suyuklanishidan dalolat beradi.    
 
 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling