Moylar va maxsus suyuqliklar
-MAVZU. KARBYURATORLI DVIGATELLAR UCHUN YONILG’ILAR
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
9-MAVZU. KARBYURATORLI DVIGATELLAR UCHUN YONILG’ILAR.
DIZEL DVIGATELLARI UCHUN YONILG’ILAR. GAZLI YONILG’ILAR. Reja: 1. Umumiy ma'lumotlar 2. Benzin sifatiga qo`yiladigan ekspluatatsion talablar 3. Benzinlarning asosiy xossalari va sifat ko`rsatkichlari 4. Yonilg`ining oktan soni 5. Etillangan benzinlar 6. Benzinning markalari va turlari Ichki yonuv dvigatellarida yonilg’ilarning ximiyaviy energiyasi issiqli energiyasiga, issiqlik energiyasi mexanik ishga aylanadi. Dvigatelning foydali ish koeffitsienti qancha yuqori bo’lsa, uning ko’rsatkichlari ham shuncha yuqori bo’ladi. Yonuvchi aralashma hosil bo’lish xarakteriga ko’ra dvigatellar ikki turga: aralashma silindrlar ichida hosil bo’ladigan dizel dvigatellari va aralashma silindrlar tashqarisida hosil bo’ladigan karbyuratorli gaz dvigatellariga bo’linadi. Neftdan olingan barcha yonilg’ilar turli qaynash haroratiga ega bo’lgan uglevodorodlarning murakkab aralashmasidir. Masalan, dizel yonilg’isi 170- 200 0 C haroratda, benzin esa 35-200 0 C da qaynaydi. Qishki sort yonilg’i va benzinlar yengil fraktsion tarkibga ega, past haroratda bug’lanadi. Yonilg’ilarning sifati ko’rsatiladigan pasportlarda bug’lanuvchanligi fraktsion tarkib bilan baholanadi. Fraktsion tarkib qo’yidagicha aniqlanadi. Maxsus priborda 100 ml yonilg’i qizdiriladi. Ajralib chiqayotgan bug’lar sovutiladi. Natijada u suyuqlikka aylanadi. Bu suyuqlik o’lchov silindriga yig’iladi. Haydash vaqtida avval benzinning qaynay boshlash harorati, so’ngra 10, 50, 90% benzinning qaynab bo’g’lanish harorati hamda, qaynab bo’g’lanish oxiridagi harorati yozib qo’yiladi (dizel yonilg’isi uchun faqat 50 va 96% qaynash nuqtalari yozib ko’yiladi). Bu ma’lumotlar, odatda, standartlarda va sifat pasportlarda keltiriladi. Ba’zi yonilg’ilarning haydash egri chizig’i 3 rasmda ko’rsatilgan. 108 4-rasm. Yonilg’i haydashning egri chiziqlari 1-qishki benzin; 2-yozgi benzin, 3-qishki dizel yonilg’isi, 4-yozgi dizel yonilg’isi, 5-avaatsiya benzini. Benzinlarning yengil fraktsiyalari (egri chiziqda 10% yonilg’ining qaynay boshlashidan to qaynab bug’languncha bo’lgan oraliq) yurgizib yuborish frakiyalari deb ataladi. Bu fraktsiyalarning ma’lum miqdori dvigatelni yurg’izib yuborish va qizdirish uchun kerak bo’ladi. Agar benzin yomon berkitiladigan rezervuar va baklarda saqlansa, bo’g’langanda uning yurg’izib yuborish xossalari keskin yomonlashadi. Yonilg’ida osongina bug’lanadigan fraktsiyalarning juda ko’p bo’lishi maqsadga muvofiq emas. Bu holda dizel dvigatellarida yonilg’i kuchli yonadi, karbyuratorli dvigatellarning yonilg’i naychalarida bo’g’lar tiqilib qoladi, buning natijasida dvigatel normal ishlamaydi (o’ta qizib ketadi, quvvati pasayadi, ba’zan to’xtab qoladi va uni sovitmasdan yurgizib yuborish mumkin bo’lmaydi). Bu xodisa ko’pincha qishki sort benzinlarni yozda ishlatganda so-dir bo’ladi. Shuning uchun xam yengil fraktsiyalarning miqdori cheklanadi, benzin qaynay boshlash temperaturasi 35 0 S dan past bo’lmasligi lozim. Yonilg’ining 10 % dan 95 % gacha qismi qaynab bug’lanadigan harorat uning asosiy qismining bug’lanishini xarakterlaydi. U ish fraktsiyasi deb ataladi. Dvigatelning ish xarakteri, qizish muddati karbyuratorli dviga-tellarni bir ish rejimidan boshqasiga tez o’tkazish imkoniyati (yoqilg’ini qabul qiluvchanligi) ish fraktsiyasiga bog’liq. Standartda ish fraktsiyasi 50% qaynash nuqtasi bilan normallanadi. U qancha past bo’lsa, yonilg’ining tarkibi shuncha bir xil bo’ladi hamda dvigatel shuncha turg’un ishlaydi. 90% qaynash nuqtasidan to qaynab bug’lanishning oxirigacha og’ir uglevodorodlar bug’lanadi (egri chiziqning pastki qismi). Bu nuqtalar orasidagi temperaturalar farqi qancha kam bo’lsa, yonilg’ining sifati, uning tejamligi shuncha ko’p bo’ladi va dvigatellar shuncha kam eyiladi. Yonilg’ida og’ir uglevodorodlarning bo’lishi maqsadga muvofiq emas, chunki ular batamom bug’lanib ketmaydi. Ular suyuq tomchi holatida qolib, porshen xalqalari orasidagi tirqishdan dvigatel karteriga tushadi, surkov moylarini yuvib ketadi, moyni suyultiradi, natijada dvigatel qismlari tez eyiladi va yonilg’i sarfi ortadi. Yonilg’ining fraktsion tarkibi karbyuratorli dvigatellar uchun muxim ahamiyatga ega. Dizellarda yonilg’ining to’zitilish sifati, chiqayotgan gazning Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling