Moylar va maxsus suyuqliklar


 Jarayonni ko’rsatkichlari


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/151
Sana09.01.2022
Hajmi1.64 Mb.
#264570
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   151
2.2.1. Jarayonni ko’rsatkichlari 
 
Moy  uglevodorodlarining  propandagi  eritmasidan    smolalar  50-85
0

oralig’ida yengil ajraladi.  
Haroratni  yuqori  darajasi  propanni  kritik  harorati  bilan  (96,8
0
S) 
chegaralanadi.  Propanni  harorati  kritik  temeraturaga  yaqinlashgani  sari  uni  eritish 
qobiliyati  pasayadi,  moyni  uglevodorodlari  qisman  smolalar  bilan  cho’kib  qoladi. 
Buning  natijasida  moyni  chiqishi  pasayadi.  Past  haroratda  buni  teskarisi  bo’lib 
suyuq  propanni  eritish  qobiliyati  ortadi  va  40
0
S  da  smolalar  propanda  eriydi  va 
moyni sifati pasayadi.  
Jarayon kolonnada olib boriladi. Propan kalonna tagidan beriladi, moylar esa 
tepa qismidan, kolonnani tepa qismida  harorat 70-75
0
S  va pastki qismida 50-60
0

bo’ladi. Kalonnani tepa va pastki qismida haroratni har-xil ushlab turish natijasida 
moydan  smola  va  asfaltenlarni  to’liq  ajratib  olinadi.  Haroratni  bu  farqiga 
deasfaltlash gradienti deyiladi. Propanni suyuq holda ushlab turish uchun jarayonni 
4-4,5 Mpa da olib boriladi.  
Erituvchini  va  boshlang’ich  mahsulotni  nisbatini  tajriba  yo’li  bilan  topiladi 
va  u  xom-ashyodagi  uglevodorodlar  soniga  bog’liq.  Uglevodorodlar  miqdori 
qancha ko’p bo’lsa propan bilan boshlang’ich  mahsulot  nisbati  ham shuncha ko’p 
bo’ladi. 
Propan va boshlang’ich modda 4:1 dan 8:1 gacha bo’lgan nisbatda olinadi. 
Propanni miqdorini ma’lum darajagacha oshirish deasfaltizat sifatiga yaxshi 
ta’sir ko’rsatadi, smolali-asfaltenlarni cho’ktirish tezlashadi.  
Deasfaltdash  jarayonini  bir  bosqichda  olib  borish  mumkin  lekin  olingan 
mahsulotni  sifati  ikki  bosqichli  jarayonda  ko’ngildagidek  bo’ladi.  Birinchi 
bosqichda  olingan  asfalt  eritmasidan  qimmatbaho  uglevodorodlarni  ajratib  olish 
uchun ikkinchi bosqichda deasfaltlanadi. Ikki bosqichli sxemada gudrondan moyni 
olish 10% ga ortadi. I va II bosqich deasfaltizatlari sifat bo’yicha katta farq qiladi.  
II bosqich deasfaltizatidan juda yopishqoq moylar olinadi.  

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling