Moylar va maxsus suyuqliklar
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
4.1. Qo’ndirmalar Qo’ndirmalar, murakkab kimyoviy birikma bo’lib molekulasini tarkibida alkilfenollar, oltingugurt, fosfor, O 2 , N 2 metallar (Sa,Va, Mg, Zn) kiradi. Qo’ndirmani molekulasini tarkibiga ko’pincha geteroatomlar murakkab gruppachalar ko’rinishda, masalan: ksantagenat (1) va ditiofosfat (II) xolida kiradi. Qo’ndirmalarni ishlab chiqarish ko’p bosqichli organik sintez jarayoni yordamida olib boriladi. Sintez jarayonida ko’pincha shunday oraliq stadiyalar: alkillash, fosfirlash, oltingugurtlash, sulfirlash, karboksillash, xlorlash, kondensastiya, polimerlash olib boriladi. Asosiy stadiyalardan tashqari yordamchi jarayonlar xam olib boriladi, masalan: oraliq moddalarni reakstiyaga kirishmagan moddalardan ajratish, neytrallash, quritish, katalizator va erituvchilardan tozalash va xokazolar. Qo’ndirmalarni ishlab chiqishda xom ashyo sifatida alkilfenollar, sulfokislotalar, olefinlar, xlorlashtirilgan parafinlar, naftalin, sernыy angidrid, pyatisernistыy fosfor, uglekislыy gaz, gidrat okisbariy, gidrookis kalstiy, organik kislotalar, spirtlar va boshqa moddalar, erituvchilar sifatida benzin, benzol, toluol, xar xil spirtlar, kerosin, suv ishlatiladi. Masalan: kulsiz ishqoriy sukstinimid qo’ndirma ikki bosqichda olinadi. I – bosqichda alkenil yantar angidrid malein angidridga poliolefinni biriktirib olinadi. U erda R-polialkelen (M = 300-3000), masalan: polietilen, polipropilen, poliizobutilen qoldigi stirol va izobutilennni sopolimerlari II – bosqichda alkilyantar angidridi aminlar bilan reakstiyaga kirishib alkenilyantar kislotani imidi – alkenilsukstinimid xosil qiladi. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling