Moylar va maxsus suyuqliklar
- Mavzu. NEFT MOYLARI UChUN QO’NDIRMALAR
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
4 - Mavzu. NEFT MOYLARI UChUN QO’NDIRMALAR
(PRISADKALAR) Reja: 1. Qo’ndirmalar 2. Fosforli ishqalanishga qarshi qo’ndirma DF-II. Bu qo’ndirma 8-bosqichda olinadi 3. Motor moylarining zamonaviy klassifikastiyasi. Neft mahsulotlarini sifatini yaxshilashdagi qo’ndirmalarni ishlab chiqarish va qo’llash 4. Yoqilg’ilar uchun qo’ndirmalar 5. Dizel yoqilg’ilarining stetan sonini oshiruvchi qo’ndirmalar 6. Yoqilg’ilarning to’liq yonishini oshiruvchi qo’ndirmalar 7. Korroziyaga qarshi qo’ndirmalar va korroziya ingibitorlari Neftdan olinadigan moylarning asosiy vazifasi xar xil mexanizmlarni xarakatdagi qattiq yuzalari o’rtasidagi ishqalanishni kamaytirishdir. Surkov moylari metall yuzalardagi ishqalanishni yopishqoq suyuqlik qatlamlari orasidagi ishqalanishga almashtiradi. Ishqalanayotgan materialni yuzasidagi molekulani moy molekulasi bilan yopishqoqlik kuchi moy molekulalarini bir-biri bilan boglanish kuchiga nisbatan kattadir. Shuning uchun metal yuzasida moyning mustaxkam qatlami xosil bo’ladi. Yaxshi surkov moylari energiya xarajatlarini keskin kamaytiradi. Surkov moylarining asosiy xarakteristikasi ularning yopishqoqligidir. Mexanizmlarni ishlash sharoitiga qarab yopishqoqlikka bo’lgan talab turlichadir. Masalan, yengil distillyat industrial moyni yopishqoqligi 4-85 mm 2 /S. (50 o Sda). Par mashinalarida ishlatiluvchi qoldiq moylarniki 60-70 mm 2 /S. Motor moylari yuqori haroratda suyulib ketmasligi kerak, sovuq haroratda qotib qolmasligi kerak. Motor moylari tozalash jarayonida deasfaltizastiya va deparafinizastiya qilingani uchun, ularni qovushqoqlik xususiyatlari polistiklik naftenli, aromatik va gibrid parafin-naften-aromatik uglevodorodlarni molekulyar massasi va tuzilishiga bog’liq. Moylarni past haroratda ishlash qobiliyatini oshirish uchun ularga qotish haroratini pasaytiruvchi maxsus qo’ndirmalar - depressatorlar qo’shiladi. Surkov moylarining muxim sifat ko’rsatkichi - ularni kislorodga nisbatan kimyoviy barqarorligidir. Moyda xar xil oksidlanish mahsulotlarini yigilib qolishi zararli oqibatlarga olib keladi: Past molekulali kislotalar metallarni tez zanglatadi. Yuqori malekulali kislotalar kislorod va suv ishtirokida shu sharoitda xosil bo’lgan temir gidrookis bilan reakstiyaga kirishadi: Fe(ON) 2 +2RCOOH (RCOO) 2 Fe+2H 2 O. 43 Yuqori kislotalarni tuzi moylarda yomon eriydi va cho’kmaga tushib qoladi. Transformator moyida suvni va kislotalarni yigilishi uni ekspluatastiya xususiyatini pasaytiradi. Reakstiyani yuqori molekulali mahsulotlari (smola), asfalten, (karben) moy yuboruvchi sistemalarda o’tirib qoladi. Oksikislotalar va ularni mahsulotlari: laktidlar, estolidlar va boshqalar uglevodorodlarda yomon eriydi. Shuning uchun ko’mirsimon moddalar dvigatelni porshenli qismlarida o’tirib qoladi. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling