Moylar va maxsus suyuqliklar
Motor moylarining SAE buyicha klassifikastiyasi
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
4.3.2.2. Motor moylarining SAE buyicha klassifikastiyasi
Amerika, Osiyo va Afrikadagi mamlakatlarning ko’pchiligida motor moylarining SAE J 300 buyicha qovushqoqlik klassifikastiyasida motor moylari uch guruhga bo’lingan: - «qishki moylar»; ularning qovushqoqligi -5 va -30 0 S oralig’idagi haroratlar diapazonida tavsiflanadi va «W» (Winter – qish) indeksi bilan belgilanadi, qishki moylarning 6 klassi (0W, 5W.10W, 15W, 20W, 25W) mavjud; - «yozgi moylar»; ularning qovushqoqligi 100 0 S haroratda tavsiflanadi; yozgi moylarning 5 klassi (20, 30, 40, 50 va 60) mavjud; - «xamma mavsumbop moylar»; SAE ning «qishki» va «yozgi» talablarini qoniqtiradi. Hamma mavsumbop moylar ikkilangan nomer bilan belgilanadi (5W- 30, 10W-40, 15W-40, 20W-50 va x.k.). Bu moylar yuqori qovushqoqlik indeksi (koeffistienti)ga ega. Masalan, SAE 10W-50 moy ko’p komponentli ekanligini bildiradi. Birinchi raqam qishki moy sifatiga mos; bu moy xarakteristikasi 100 0 S haroratda aniqlanadi. Qishki moylar uchun past haroratlarda dinamik qovushqoqlikning maksimal qiymatlari hamda 100 0 S da kinematik qovushqoqlikning minimal qiymatlari belgilangan. Yozgi moylar uchun 100 0 S da kinematik qovushqoqlikning chegaralari va 150 0 S da hamda 10 6 s -1 surilish tezligida dinamik qovushqoqlikning minimal kiymatlari o’rnatilgan. Qishki va hamma mavsumbop moylarning har bir klassi 10 0 S ga farklanadigan haroratlardagi dinamik qovushqoqlikning ikkiqiymati bilan tavsiflanadi. Ulardan birinchisi tirsakli valni startyor bilan burash mumkin bo’lgan moyning chegaraviy harorati, ikkinchisi esa - sovuq o’t oldirish jarayonida moy nasosi moyni bosim ostida hayday oladigan chegaraviy harorat haqida ma’lumot beradi. Sovuq o’t oldirida bosim ostida moylanadigan uzellarda quruq, 48 ishqalanishning oldini olish uchun moy haydalishining chegaraviy harorati albatta past buladi. Qovushqoqliklari 5W-50 va 20W-50 bilan belgilangan moylarni taqqoslab, shunday deyish mumkin: -30 0 S haroratda 5W-50 moyi qullanganda dvigatel osonroq o’t oldiriladi; 20W-50 moyida esa dvigatelni o’t oldirish qiyinroq bo’ladi. Lekin, dvigateldagi harorat 90... 100 0 S gacha ko’tarilganda, bu moylarning «issiq» parametlari deyarli bir xil buladi. Dvigatel ekspluatastiyasida ikkinchi parametrning xam axamiyati katta, chunki dvigatel tez qiziydi. Shu sababli ishqalanayotgan yuzalarda etarli qalinlikdagi moy plyonkasini va moyning etarli darajadagi katta qovushqoqligini garantiyalash kerak. Katta yuk ostida ishlaydigan dvigatellar ekspluatastiya qilinganda ikkinchi parametri katta bulgan moy tanlangani ma’qul. Ammo qovushqoqlik diapazoni katta bo’lgan ko’p komponentli moyni tayyorlash qiyin va u qimmatga tushadi. Shu sababli qovushqoqligi 5W-50 va 10W-50 bo’lgan moylar qovushqoqligi 10W-40 yoki 15W-5O bo’lgan moylarga nisbatan qimmatrok, buladi. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling