Moylar va maxsus suyuqliklar
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
4.3.2. Motor moylari Motor moylarini tarkibi buyicha mineral moylarga, sintetik moylarga va kisman sintetik moylar (mineral va sintetik komponentlar aralashmasi)ga ajratishadi. Motor moylarining u yoki bu guruhga taalluqligi, ularni ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan turli bazaviy moylar va prisadkalar paketi bilan aniqlanadi. Har bir guruh moylari uchun ularni qo’llash shartlari mavjud. 1- va 2- guruh moylari asosida ishlab chiqariladigan motor moylarini mineral moylar deb atashadi. Mineral motor moylarining afzalliklari: moylovchi, eyilishga qarshi, antikorrozion va bir qancha boshqa xossalari yaxshi, narxi arzon. Asosiy sifati 1-, 2-, 3-, yoki 4- guruh moylari aralashmalaridan foydalaniladigan moylar – qisman sintetik yoki yarimsintetik moylar deb ataladi. Ularning termooksidlovchi va reologik (qovushqoklik-harorat) xosslari yaxshi. 2 - va 4 - guruhlar bazaviy moylaridan ishlab chiqariladigan motor moylari – sintetik moylar deb ataladi. Ularning reologik xossalari a’lo darajada, sovuk, sharoitda dvigatelning o’t olishini ishonchli ta’minlaydi hamda termostabilligi yaxshi va bug’lanishi kam. Sintetik asosli motor moyi almashtirilguncha ancha ko’p xizmat qiladi va bu moylar energiyani tejamlaydilar. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling