Moylar va maxsus suyuqliklar


 Dvigatellardagi yoqilg’i havo aralashmasining yonish jarayonini


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/151
Sana09.01.2022
Hajmi1.64 Mb.
#264570
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   151
4.5. Dvigatellardagi yoqilg’i havo aralashmasining yonish jarayonini 
yaxshilovchi qo’ndirmalar 
  
Yoqilg’ining  muxim  xossalaridan  biri  uni  oson  va  oxirigacha  yonish 
qobiliyatidir.  Yoqilg’ilarning  bu  xossasini  yaxshilash  uchun  bir  necha  turdagi 
qo’ndirmalar 
ishlab 
chiqilgan, 
lekin 
ko’p 
qo’llanuvchi 
qo’ndirmalar 
antidetanatorlardir. 
Antidetanatorlar:  neft  mahsulotlarga  qo’ndirmalar  qo’llash  tarixi  aynan 
antidetonatordan  boshlangan:  bu  qo’ndirmalar  ishlab  chiqarishda  50  yildan  beri 
qo’llanilmoqda  (oktan  sonini  oshirish)  antidetonatorlarni  benzinlarga  ularning 
detanastiyaga  mustaxkamligini  va  (oktan  sonini  oshirish)  oshirish  uchun 
qo’llaniladi  
Eng  aktiv  antidetonatorlar  metalorganik  birikmalardan  tashkil  topilgan. 
Sanoatda  avtomobil  va  aviastiya  benzinlar  ishlab  chiqarishda  qo’rg’oshinning 
organik  birikmasi  –  tetraetilqo’rg’oshin  (TEQ).  Qayta  ishlasho’llaniladi  TEQ  – 
rangsiz,  suvdan  og’ir  bo’lgan  juda  zaxarli  toksik  suyuqlikdir.  200
0
S  parchalanish 
bilan  qaynaydi.  TEQ  ni  qobiliyati  oksidlanish  vaziyatini  detonastiyasi  bilan 
tushuntiriladi.  TEQ  ni  yuqori  haroratda  yonish  kamerasida  yonishdan  juda  aktiv 
qo’rg’oshin  va  etil  radikalli  perikslar  bilan  reakstiyaga  kirishi  va  ularni  yo’qotish 
imkoniyatiga  ega.  Bunda  qo’rg’oshin  oksidi  va  uglevodorod  oksidlovchi 
mahsulotlar  xosil  bo’ladi.  Qo’rg’oshin    oksidi  havo  kislorodi  bilan  reakstiyaga 
kirishib  yana  qo’rg’oshin  (II)  oksidiga  aylanadi.  Perekis  molekulasini  har  bir 
parchalanishi  detonastiyaning  zanjiri  nazariyasiga  muvofiq  yangi  mustaqil 
perikislar xosil qilishi mumkin. Bu bilan detonastiya uchun berilgan oz miqdordagi 
TEQ  miqdorini  yuqori effektivligini  tushuntiriladi.  Kelib chiqishiga ko’ra turlicha 
bo’lgan  benzinlarga  TEQ  miqdorining  bir  xilda  qo’shilishida  ularning 
antidetanator  xossalari  bir  xil  yaxshilanmaydi.  Benzinlarni  bu  xossasi  qabul 


54 
 
qiluvchanlik deyiladi. Qabul qiluvchanlik uglevodorod tarkibiga va nouglevodorod 
qo’shimchalarni  birinchi  navbatda  seroorganik  birikmalar  mavjudligiga  bog’liq. 
TEQ  qabul  qiluvchanligiga  parafin  uglevodorodlar  ega,  eng  kamiga  esa  olefin  va 
aromatik.  Naften  uglevodorodlari  esa  davriy  xolatlarni  egallaydi.  To’g’ri 
xaydashdagi benzinlar odatda termik kreking benzinlariga  nisbatan eng ko’p TEQ 
qabul  qiluvchanligiga ega, termik kreking  benzinlariga  nisbatan.  Katalitik kreking 
va riforming benzinlardagi aromatik uglevodorod miqdorini oshirish ularning TEQ 
qabul qiluvchanligini yomonlashtiradi.    
TEQning  birinchi  bo’lagi  effektiv  xisoblanadi.  TEQning  keyingi 
qo’llanilishida  benzinlarning  oktan  sonining  oshishi  sekinlashadi  shuning  uchun 
benzinga  TEQni  ko’p  miqdorda  qo’shish  iqtisodiy  jixatdan  qoplamaydi.  TEQ 
yonishni  asosiy  mahsulotlari  qo’rg’oshin  oksididir,  ya’ni  yonish  kamerasi 
devorlaridagi  qattiq  cho’kma.  Shuning  uchun  TEQni  olib  chiquvchi  deb 
nomlanuvchi  aralashma  bilan  benzinga  qo’shiladi.  Eng  effektiv  antidetonatorlar  
brom va xlorning organik birikmalari. TEQ va xlor va brom organik birikmalarini 
aralashmasi  benzinga  antidetonastiya  qo’ndirma  sifatida  qo’shilib  etilli  suyuqlik 
deyiladi.  Bunday  benzinlar  oshirilgan    zaxarliligiga  ega  va  ularga  to’g’ri 
munosabatda  bo’lish  uchun  ularning  yorqin  ranglarga  bo’yaaladi.  Bu  maqsadda 
etilli benzinlarga turli bo’yooqlar qo’shiladi.  
 
Etillangan  benzin: 
Qayta ishlash – 66 pushti rangda 
Qayta ishlash – 76 yashil 
AI – 93 ko’k va AI – 98 sariq 
Aviatstiya benzinlari 
B – 91/115 – yashil rang 
B – 95/130 – sariq 
B – 100/130 – yorqin pushti rangda bo’ladi. 
 
Benzinlarni  bo’yash  uchun  3  dan  10  meyorgacha  1  kg  benzinga  bo’yoq 
qo’shiladi. Etilli suyuqlikga 0,4 gr qo’shiladi. 
Keyingi 
yillarda 
TEQ 
bilan 
birga 
antidetonatorlar 
sifatida 
tetreetilqo’rg’oshin xam ishlab chiqarilmoqda. Bu birikma TEQ ga nisbatan yuqori 
oktanli  benzinlar  uchun  effektiv.  Xozirgi  paytda  benzindagi  antidetonatorlarni 
qo’g’oshinni  kamaytirishga  xarakat  qilinmoqda.  Bu  bilan  bog’liq  ravishda 
benzinlarning  detonatstiya  mustaxkamligini  yaxshilash  uchun  turli  xil  notekis 
birikmalar  tekshirilmoqda  va  sinalmoqda.  Yuqori  oktanli  komponentlar  sifatida 
kislorodli  birikmalar  qo’llash  taklif  qilinmoqda.  Antidetanatstiya  qo’ndirmalar 
sifatida  marganest  birikmalarini  tekshirish  davom  etmoqda.  Bu  birikmalar 
stiklopentadienil – trikorbonilmarganest effektivligi bo’yicha TEQdan qolishmaydi 
lekin  300  marta  kam  toksik.  Lekin  stiklopentadienil  –  trikorbonilmarganest 
yonishidan  qoldiq  xosil  bo’ladi.  Bu  yonish  svichalariga  salbiy  ta’sir  ko’satadi. 
Xozircha bu etishmovchilik tuzatilgani yo’q. 
 


55 
 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling