Moylar va maxsus suyuqliklar


IV  39    3.5. Neft  bitumlari


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/151
Sana09.01.2022
Hajmi1.64 Mb.
#264570
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   151
IV 


39 
 
3.5. Neft  bitumlari 
 
Bitumlarni iste’mol qilish barcha mamlakatlarda to’xtovsiz o’sib bormoqda. 
Bitum  asosan  sanoat  qurilishida,  uy-joy    qurilishida  va  yo’llar  qurilishida,  xamda 
ta’mirlashda  ishlatiladi.  Bitumdan  yasalgan  apparatlar  (toshlarini  yopish  uchun 
ishlatiladigan  materiallar)  xuddi  shunday  betondan  yasalgan  materiallardan  2-2,5 
marta arzondir. 
Bitumlar  qora  plastik  neft  mahsuloti  bo’lib  markasi  va  ishlatish  soxasiga  
qarab  suyuq,  yarim    qattiq  va  qattiq  bo’ladi.  Bitumlar  barcha  neft  mahsulotlarga 
qaraganda yopishqoqligi yuqoriroq. 
Fizik-kimyoviy  xossalariga  ko’ra  bitumlar  asfalten  va  yuqori  molekulyar 
smolani  moylardagi  assostirlangan  birikmasi  va  plastmolekulyar  smolalarning 
murakkab  kolloid  sistemasidir.  Asfaltenlar  moylar  va  smolalar  bilan  qanday 
nisbatda  ekanligiga  qarab  mustaxkam  karkasli  yoki  aloxida-aloxida  misstellali 
birikmalar xosil qiladi.  Moylar smolalarni eritadi, asfaltenlarni esa shishirtiradi. 
Bitumlarga  umuman  va  yo’l  qurilishida  ishlatiladigan  bitumlarga  nisbatan 
qo’yilgan  talablarnng  asosiy  vazifasi  mineral  materiallarni  (qum,  tosh)  bir-biriga 
yopishtirish,  ularga  gidrofob  xususiyatini  berish  va  zarrachalar  orasidagi 
bo’shliqlarni  to’ldirishdir.  Shuning  uchun  asfaltlangan  yo’llarni  mustaxkamligi  va 
uzoq vaqt ishlashga chidamliligi bitumlarning sifatiga bogliqdir. 
Yo’l qurilishida ishlatiladigan bitumlarga quyidagi talablar  qo’yiladi:  
Sovuqqa  chidamli  bo’lishi  kerak  yoki  sovuqda  o’z  egiluvchanligini 
yo’qotmasligi  kerak.  Xarakat  qilayotgan  transportning  ta’siriga,  ya’ni  siqilish, 
uzilish,  urilishlarga  chidamli  bo’lishi  kerak.  Mineral  materiallarning  quruq  yoki 
nam yuzasi bilan yaxshi yopishishini ta’minlashi kerak. 
Uzoq 
vaqt 
davomida 
o’zining 
boshlangich 
yopishqoqligini 
va 
mustaxkamligini  saqlashi  kerak.  Qurilishda  ishlatiladigan    bitumlar  elastik 
bo’lmasalar xam nisbatan qattiqroq bo’lishi kerak.  
Ekspluatastiya jarayonida bitumlar quyosh ta’sirida  havodagi kislorod,  issiq 
sovuq  haroratni  keskin  o’zgarishi  va  dinamik  kuchlarini  zo’rayishni  (ortishi) 
natijasida  maydalanib ketadi.  Bitumni kolloid tuzilishi buziladi, smola, asfaltenlar 
karben  va  karboidlarga  o’tadi,  bitum  yaxlit  ko’rpa  xosil  qilish  qobiliyatini 
yo’qotadi,  mo’rt  bo’lib  qoladi.  Bundan  tashqari  materiallarga  -  tosh,  qumlarga 
yopishish  sifatini  yo’qotadi.  Bu  esa  o’z  navbatida  yo’llarni,  truboprovodlarni 
izolyastiyasini, tomga yopiladigan to’llarni bizilishiga olib keladi. 
Yo’l  qurilishi  uchun  tez,  o’rta,  sekin  qotuvchi  bitum  markalari:  BG,  SG, 
MG,  xamda  sifati  yaxshilangan  yopishqoq  bitum  (BND)  ishlatilsa,  sanoat  va 
fuqarolar qurilishi uchun - BN markali neft bitumlari qo’llaniladi.  
Tayyor  bitumlarni  ekpluatastiya  xususiyatlari  bir  qancha  ko’rsatkichlar 
bo’yicha tekshirib turiladi: 
Ninani 25
o
S dagi bitumga botishi  (MM) chuqurligi bilan. 
Yumshash harorati bilan (
o
S), (uzuk va shar usuli). 
Cho’ziluvchanligi, 25
o
S. 
Mo’rtlik harorati, 
o
S. 


40 
 
Kogeziya (MPa 20
o
Sda) va adgeziya bilan. 
Ignani  bitumga  botishi  va  yumshashi  uni  qattiqligin  ko’rsatadi, 
cho’ziluvchanligi  uni  elastikligini  ko’rsatadi.  Kogeziya-bitumni  yuqa  qatlamini 
uzilishiga  sinalgandagi  mustaxkamligini  belgilasa,  mo’rtlik  harorati  uni  sovuqqa 
chidamliligini  ko’rsatadi.  Adgeziya  -  bu  bitumni  minerallarga  yopishqoqlik 
xususiyatini ko’rsatadi va sifatiga qarab belgilanadi. 
Yo’l  qurilishida  ishlatiladigan  cho’ziluvchan  bitumlarga  qo’yilgan  texnik 
talablar jadvalda keltirilgan. 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling