Moylar va maxsus suyuqliklar


 Moylarni ishqor bilan tozalash


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/151
Sana09.01.2022
Hajmi1.64 Mb.
#264570
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   151
3.4. Moylarni ishqor bilan tozalash 
 
   Moyda  sulfat  kislotalar,  sulfat  kislotani  qoldiqlari,  neft  kislotalari 
bo’ladi.Bu  mahsulotlar  moy  distillyatlaridan  3-10%  NaOH  eritmasi  bilan 
neytrallanib  chiqarib  tashlanadi.  Jarayonni  harorati  45-50
o
S.  Moydagi  nordon 
(javxar)  mahsulotlar  tuzlar  xosil  qilib  ishqor  eritmasiga  o’tadi.  Ishqoriy 
chiqindilardan tozalangandan so’ng  moyni neft kislotalarni  qoldiqlaridan tozalash 
uchun  issiq  par  kondensati  bilan    yuviladi  va  havo  bilan  quritiladi.  Ishqorni  sarfi 
tozalanadigan  moyni  0,2-1,5%  (mass)  ni  tashkil  qiladi.  Bunda  2-5%  mass  moy 
yo’qotiladi. 
Yuqori  yopishqoq  distillyat  va  qoldiq  moylar  uchun  ishqor    bilan  tozalash  
usulini  qo’llash  mumkin  emas,  chunki  barqaror  emulyasiya  xosil  bo’ladi.  Nordon 
yopishqoq  moylar  oqartiruvchi  tuproqlar  bilan  tozalanadi.  Ishqor  bilan  tozalash 
jarayoni uzluksiz va uzlukli bo’lishi mumkin. 
Uzlukli  jarayon 
ishqoriy  aralashtirgichda  olib  boriladi. 
Kislotali 
aralashtirgichdan  farqli  ishqoriy  aralashtirgichni  ichki  qismi  korroziyaga  qarshi 
ximoyalangan  bo’lib,  viniplast  yoki  diabaz  plitalari  bilan  qoplangan,  chunki 
moydagi kislotali muxit korroziyaga olib keladi.  
Uzluksiz  jarayon  0,6-1,0  MPa
 
bosimida  olib  boriladi.  Uzluksiz  jarayonni 
uzlukli  jarayondan  afzalligi  1)  moy  yaxshi  tindiriladi,  2)  moyni  isrof  bo’lishi 
kamayadi. 


38 
 
 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling