Moylarni gidrogenlash katalizatorlari
Download 374.79 Kb.
|
MOYLARNI GIDROGENLASH KATALIZATORLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- JURAYEV JASURNING
- Gidrogenizatsiya quyidagi bosqichlardan iborat
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI TASHKENT KIMYO TEXNOLGIYA INSTITUTI SHARRISABZ FILIALI 16-20 GURUH TALABASIO’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI TASHKENT KIMYO TEXNOLGIYA INSTITUTI SHARRISABZ FILIALI 16-20 GURUH TALABASIJURAYEV JASURNINGOZIQ OVQAT TEXNOLOGIYASI FANIDAN TAYYORLAGANTAQDIMOTIMOYLARNI GIDROGENLASH KATALIZATORLARIReja:Gidrogenlashda katalizning mexanizmi. Katalizator harakatining mohiyati Kukunsimon katalizatorlar Gidrogenlashda katalizning mexanizmi. Vodorod va to‘yinmagan modda – etilen katalizator yuzasiga adsorbsiyalanadi va aktivlashgan holga keladi. Aktivlashgan vodorod va to‘yinmagan modda molekulalari bir-biriga juda yaqin joylashgan bo‘lsa, ular o‘zaro reaksiyaga kirishib, gidrogenlash jarayoni sodir bo‘ladi. Natijada to‘yingan modda etan hosil bo‘lib, u fizikaviy adsorbsiyalangan bo‘lgani uchun katalizator yuzasidan oson desorbsiyalanadi. Kataliz mexanizmini, xemosorbsiyaning reaksiyaga kirishuvchi moddalar molekulalarini aktivlashtirish nuqtai nazaridan etilenni gidrogenlanishini quyidagi sxema orqali ifodalash mumkin.K (C2H6)ad.fiz. K + C2H6 (K) (H2)ad.akt + (K) (C2H4)ad.akt (K) (H2)ad.akt (C2H4)ad.akt K + C2H4 (K) (C2H4)ad.akt ; K + H2 (K) (H2)ad.akt ; Bu yerda: (H2) ad.akt va (C2H4) ad.akt. – aktivlashib adsorbsiyalangan vodorod va etilen, K-katalizator. To‘yinmagan birikmalar qo‘sh bog‘larini vodorod bilan to‘yintirish murakkab bo‘lib, u ikki bosqichda kechadi. Dastlab qo‘shbog‘ni bitta uglerod atomi vodorod bilan to‘yinadi, keyin ikkinchisi to‘yinadi. Shunday qilib, gidrogenlash jarayoni yarim gidrogenlanish oraliq faza orqali boradi. Buni quyidagilardan ko‘rish mumkin. Yarim gidrogenlanish oraliq fazada yarim gidrogenlangan mahsulot hosil bo‘ladi, u juda chidamsiz modda, undan to‘yinmagan modda hosil bo‘lishi bilan bir atom vodorod ajralishining tezligi, to‘liq gidrogenlanish tezligidan mahsulotni shu xususiyati, gidrogenlash jarayoni davrida, to‘liq gidrogenlanmagan yog’‘larni xossalariga ta’sir qiluvchi turli oraliq mahsulotlarni hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Kimyoviy reaksiya amalga oshishi uchun molekulalar to‘qnashishi kerak, lekin to‘qnashishlarning juda kam qismi molekulalarning birikishiga olib keladi. Bu shu bilan izohlanadiki, juda kam qism molekulalarning energiyasi bog‘larni uzib, yangi bog‘lar hosil qilish qobiliyatiga ega. Molekulaning bu minimal energiyasi, reaksiyaning energiya aktivligi deyiladi. Katalizator reaksiyaga kirishuvchi moddalar bilan birikib, yuqori reaksiya qobiliyatli yuzani hosil qiladi, atomlararo bog‘lanishni parchalab, ularni tuzilishini o‘zgartiradi. Katalizatorlar reaksiya tezligini 106- 1016 marta tezlashtiradi. Gidrogenlash jarayonining energiya aktivligi 700 kJ/mol dan 40-60 kJ/molgacha kamaytiradi. Gidrogenizatsiya quyidagi bosqichlardan iborat:1) reaksiyaga kirishuvchi moddalarni katalizator yuzasiga keltirish; 2) bu molekulalarni katalizator yuzasida adsorbsiyasi; 3) sorbsiyalangan molekulalarning kimyoviy almashinish va mahsulot hosil bo‘lishi; 4) mahsulot molekulalari bog‘larining katalizator yuzasidagi sarfi; 5) katalizator yuzasidan ularni ajratish. Gidrogenlash katalizatorlarini tanlash uslubini asoslashda muhim hisoblangan kataliz nazariyalari bo’lib, bular: oraliq kimyoviy birikmalar nazariyasi, multiplet nazariyasi va katalizning elektron nazariyalaridir Aftidan, katalitik hodisalarning murakkabligi va o’zaro ziddiyatlarga egaligi sababli hozirgi vaqtgacha yog’larni gidrogenlash mexanizmini to’liq izohlab beruvchi universal geterogen kataliz nazariyasi mavjud emas. Sanoatda qo’llanadigan katalizatorlar hamma jihatdan samarali bo’lishi kerak, jumladan: Yuqori aktivlikka, ya’ni gidrogenlash reaksiyasining aktivlanish energiyasini yetarli miqdorda pasaytirish xususiyatiga ega bo’lishi; Gidrogenlash prosessi tezligini belgilovchi optimal ish unumdorligiga ega bo’lishi; Gidrogenlash prosessini keskin tezlata olishi va reaksiya davomida hosil bo’ladigan organik mahsulotlar miqdoriga ma’lum darajada ta’sir ko’rsatib, ikkinchi darajadagi mahsulotlarni mumkin qadar kam miqdorda hosil bo’lishi; Kukunsimon katalizator zarralarining optimal o’lchamlarga ega bo’lishi, bunda tayyor salomasdan katalizatorni oson va to’la ajratib olish, hamda uning aktivligini uzщq vaqt saqlab qolish mumkin bo’ladi. Katalizatorlar uchun zarur bo’lgan yuqoridagi xossalar uning tarkibi, tayyorlanish usullari va rejimlariga bog’liq. Shu sababli, bitta metaldan tayyorlangan katalizator har xil aktivlikka, selektivlikka ega bo’lishi mumkin.
Download 374.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling