Moyli ekin turlari, ularni dastlabki ishlash, maydalash va tarkibiy qismlarga ajratish
Quriydigan (yod soni 130 ortiq) -
Download 45.24 Kb.
|
7-маъруза
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qurimaydigan (yod soni 95 dan kam)
- Kungaboqar
Quriydigan (yod soni 130 ortiq) - asosan texnikaviy maqsadlar uchun ishlatiladi. Zig‘ir, perilla, lyallemansiya moylari shu guruhga kiradi.
Yarim quriydigan (yod soni 95 dan 130 gacha) moylarga - soya, kunjut maxsar, kungaboqar, raps, xantal moylari kiradi. Ular asosan oziq-ovqat maqsadlarida ishlatiladi. Qurimaydigan (yod soni 95 dan kam) - moylarga yer yong‘oq hamda, kanakunjutlarniki kiradi. Oziq-ovqat va texnikaviy moylarda erkin yog‘ kislotalarining kam bо‘lishi uning sifatli ekinligini belgilaydi. Erkin kislotalar miqdori moydagi kislota soni bilan belgilanadi va. 1 g moydagi erkin kislotani neytrallash uchun sarflangan о‘yuvchi kaliyni mg hisobidagi miqdori bilan aniqlanadi. Moyni kislotaligi urug‘ning pishganligi, hosilni yig‘ishtirish sharoiti, saqlashga bog‘liq. Oziq-ovqatga ishlatiladigan moy о‘tkir hidli bо‘lmasligi va og‘riq paydo qilmasligi lozim. О‘simlik moyini sovunlanishi 1 g moydagi erkin hamda glitserin bilan bog‘langan yog‘ kislotalarini neytrallash uchun sarflangan mg hisobidagi о‘yuvchi kaliy miqdori bilan aniqlanadi. Juda kо‘p о‘simlik moylari uchun sovunlanish soni 170-200. О‘simlikda yog‘lar asosan urug‘da va mevalarda tо‘planadi. Urug‘larni pishishida erkin yog‘ kislotalari kо‘p hosil bо‘ladi va. ular keyinchalik glitserin bilan birikadi. Pishmagan urug‘lar moyining kislotaligi yuqori. Issiq iqlim sharoitida tо‘yingan yog‘ kislotalar miqdori kо‘p bо‘lib moyda yod soni kam, salqin iqlimda tо‘yinmagan yog‘ kislotalari kо‘p bо‘ladi va yod soni ortadi. О‘simlik moylari orasida oziq-ovqat uchun foydalanishi va yalpi ishlab chiqarishi bо‘yicha birinchi о‘rinda soya, ikkinchi kungaboqar, keyingi о‘rinlarda yeryong‘oq, paxta, raps, zaytun, kunjut, makkajо‘xori, maxsar moylari turadi. Oziq-ovqatga, dog‘lanmagan (kizdirilmagan), tozalangan, salat о‘simlik moylarini ishlatish organizmda, xolestrin moddasini tо‘planishini oldini oladi, qon tomirlarini elastik, terini mayin va nozik bо‘lishini ta’mnilaydi, ajinlar paydo bо‘lishini oldini oladi. Kungaboqar - muhim moyli ekinlardan biri. Zamonaviy kungaboqar navlarining urug‘larida 50-54 % yarim quriydigai sifatli moy saqlanadi. Uning moyi bevosita oziq-ovqatga, baliq, sabzavot konservalarini tayyorlashda, margarin, non va konditer mahsulotlarini ishlab chiqarishda foydalaniladi Download 45.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling