Moyli ekin turlari, ularni dastlabki ishlash, maydalash va tarkibiy qismlarga ajratish
Zig‘ir yetishtirishda uch xil yо‘nalish mavjud
Download 45.24 Kb.
|
7-маъруза
Zig‘ir yetishtirishda uch xil yо‘nalish mavjud
1. Zig‘irni faqat tolasi uchun yetishtirish. Bunda bо‘yi baland (110 sm) tolali zig‘ir ekilib, uning poyasidan tola olinadi. Bu zig‘ir gullash tugagandan sо‘ng tо‘la yetilmagan vaqtida poyadan tola ajratib olinadi, uning poyasida 20 - 30 % tola bо‘ladi. 2. Urug‘ olish uchun yetishtiriladigan zig‘ir. Buning bо‘yi past bо‘lib (30-40 sm) moyli zig‘ir deyiladi va u fakat urug‘ uchun ekiladi. Urug‘ining tarkibida 32 - 47 % moy bо‘lib, oziq-ovqat va texnikada ishlatiladigan qimmatbaho moy olinadi. Bu zig‘ir poyasidan juda kalta tola chiqadi va bu tola dag‘al gazlama va kog‘oz tayyorlash uchun ishlatiladi. 3. Tolasi va urug‘ olish uchun yetishtiriladigan zig‘ir. Tolali zig‘ir erta, poya yetilmagan vaqtida о‘rilganda undan yuqori sifatli tola (16 - 30 %) va urug‘ olish mumkin. Zig‘ir tolasi “Shimoliy ipak” deyiladi, uning tolasidan dag‘al qop tayyorlash uchun ishlatiladigan gazlamalar bilan bir qatorda, juda mayin yupqa batist gazlamalar ham tayyorlanadi, texnikada zig‘ir tolasi avtomobil, aviatsiya sanoatida, rezina, oyoq kiyimi tayyor¬lashda ishlatiladi. Zig‘ir tolasining yuqori texnologik xususiyatlari: mustaxkamligi, pishiqligi bilan farq qiladi. Uning tolasidan tayyorlangan dasturxonlar, sochiqlar о‘zining pishiqligi va chiroyliligi bilan ajralib turadi. Zig‘ir chiqitlari (kalta tola va boshqalar) dan о‘rash uchun ishlatiladigan mahsulot tayyorlanadi. Zig‘ir moyi tez quriydigan moylar guruhiga kiradi va u ayniksa, lakbuyoq sanoatida qimmatli xom ashyo hisoblanadi. Zig‘ir moyi alif moy, bosmaxona buyoqlari, sovun va boshqa narsalar ishlab chiqarishda hamda oziq-ovqatda ishlatiladi. Zig‘ir kunjarasi mollar, ayniqsa, yosh mollar uchun qimmatli va tо‘yimli oziq hisoblanadi. Zig‘ir kunjarasining tarkibida 30-36 % gacha oqsil, 8,6 % gacha moy va boshqa ozuqalar bor. Zig‘ir tolasi qog‘oz sanoati uchun ishlatiladi. Urug‘ining tarkibida moy mikdori о‘rtacha 42-44 % bо‘lib, yaxshilangan navlarda moy miqdori 47-50 % ga yetadi. Zig‘irdan qimmatbaho bо‘yoq, lak, linoleum, himoya vositalari ishlab chiqarishda, baliq va sabzavot mahsulotlarini qadoqlashda foydalaniladi. Zig‘ir urug‘idan inson va hayvonlarning ovqat hazm qilittt a’zolari kasalliklarini davolaydigan qaynatma tayyorlanadi. Tananing kuygan joyini davolashda ham zig‘ir moyi ishlatiladi. Kо‘rish qobiliyati susaygan insonlar zig‘ir moyini iste’mol qilsa, yaxttti samara beradi. Maydalanib qaynatilgan zig‘ir urug‘idan buzoqpar uchun sun’iy sut tayyorlanadi. Zig‘ir kunjarasi tarkibida 33 % oqsil, 6-8 % moy, 9 % klechatka, 31 % azotsiz ekstraktiv moddalar va 6 % kul moddasi mavjud. Sog‘in sigirlar zig‘ir kunjarasi bilan boqilganida suti kо‘payadi va ser -yog‘ligi oshadi. Poyasidan tola chiqittt mikdori 10 - 13 % ni tashkil qiladi. Zig‘ir poyasidan ip, pilik arqon tayyorlanadi va dag‘al mato tо‘qiladi. Chet mamlakatlarda zigir poxolidan qimmatbaho qog‘oz, qurilishbop karton va maxsus zichlangan plitalar tayyorlashda va xalq xо‘jaligida keng foydalaniladi. Download 45.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling