Moyli ekin turlari, ularni dastlabki ishlash, maydalash va tarkibiy qismlarga ajratish
Download 45.24 Kb.
|
7-маъруза
Araxis yoki yeryong‘oq – Markaziy Osiyo mamlakatlari, shu jumladan О‘zbekistonda keng tarqalgan qimmatli moyli ekin. Uning moyi konserva, margarin, sovun sanoatida, meditsinada ishlatiladi. Kunjarasida 45 % oqsil, 8 % yog‘ saqlanadi. Urug‘laridan turli sharq shirinliklari, shokoladlar, holvalar, konservalar, tortlar va boshqa konditer maxsulotlari tayyorlanadi. Dukkaklari qovurilib bovosita iste’mol qilinadi.
Urug‘ida 60 % yog‘, 35 % oqsil saqlanadi. Shuningdek, urug‘ida vitaminlardan A, YE, K, D saqlanadi. Poya va barglari qimmatli oziqa. Dukkagining pо‘chog‘idan izolyatsiya materiallari tayyorlashda, yonilg‘i (о‘tin) sifatida foydalaniladi. О‘zbekistonda araxis dehqon xо‘jaliklari, tomorqalarda kо‘p ekiladi. Dunyo bо‘yicha 22 mln gektar maydonni egallaydi. Eng kо‘p Hindiston, Xitoy, Indoneziyada ekiladi. U Amerikaning tropik ham subtropik mamlakatlarida, Afrikada keng tarqalgan. Moyli zig‘ir muhim texnikaviy ekinlardan biri – poyasidan tola, urug‘idan qimmatbaho moy olinadi. Urug‘i tarkibida 30-47,8 % moy bor. Zig‘ir moyi texnikada, lak, bо‘yoqlar tayyorlashda, lenoleum, klyonka, yomg‘ir о‘tmaydigan materiallar, sharlar ishlab chiqarishda ishlatiladi. Kunjarasi tarkibida 33,3 % oqsil va boshqa tо‘yimli moddalar saqlaydi. 100 kg kunjarasida 186 o.b. bor. Tо‘yimligi yuqori. Pishib yetilmagan urug‘lar tarkibida zaharli sinil kislotasi bor. Bunday kunjaralarni mollarga qizdirib (dimlab) berish kerak. Zig‘ir poyalaridan sifatli kog‘oz tayyorlanadi, tola olinadi. Sershox poyalardan sifatsiz tola olinadi. Poyasidan tolaning chiqishi 10-13 %. Kalta tolalardan arqon, tizimga va dag‘al materiallar tayyorlanadi. Zig‘ir poyalari issiq saklovchi vosita sifatida foydalanilishi mumkin. Zig‘ir tо‘poni yaxshi oziqa. Maxsar - Markaziy Osiyoda keng tarqalgan moyli ekin. U qurg‘oqchilikka chidamli. Maxsar moyi bevosita oziq-ovqatga ishlatiladi hamda margarin tayyorlashda foydalaniladi. Urug‘ida 25-32 % yarim quriydigan, och-sariq moy olinadi. Sifatiga kо‘ra kungaboqar moyidan qolishmaydi. Maxsar pistalarini qayta ishlash natijasida hosil bо‘lgan kunjarasining mazasi achchiqroq, ammo kam miqdorda qoramollarga bersa bо‘ladi. Uning 100 kg kunjarasida 55 o.b., 7-8 % yog‘ saqlanadi. Unidan о‘g‘it sifatida ham foydalanish mumkin. Maxsar urug‘lari parrandalar uchun yaxshi oziqa. Hindiston, Afg‘oniston, Markaziy Osiyoda, Kavkaz ortida maxsar moyli ekin sifatida qadimdan ma’lum. Uning tojbarglaridan bо‘yovchi modda kartamin olingan. Tojbarglari palovga rang beruvchi sifatida ishlatiladi. О‘zbekistonda keyingi yillarda maxsar ekiladigan maydonlar bir necha barobar oshdi. Hozirda О‘zbekistonning lalmikor yerlarida 15-20 ming ga maydonga ekiladi. U qurg‘oqchilikka chidamli bо‘lgani uchun yashil massasi, oziqa uchun ham о‘stiriladi. Urug‘ini о‘rtacha hosildorligi 10-12 s/ga, sug‘oriladigan yerlarda 19-22 s/ga. Download 45.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling