Moyli o’chirgichlarni ta’mirlash


Download 489.67 Kb.
Sana08.05.2023
Hajmi489.67 Kb.
#1441805
Bog'liq
мойли ўчиргичлар


Moyli o’chirgichlarni ta’mirlash
Moyli ochirgichlar. Kuchlanishi 6 kV dan 220 kV gacha bo‘lgan energetika tizimda, asosan, moyli o‘chirgichlardan foydalaniladi. Ular ikki asosiy guruhga bo‘linadi: transformator moyi elektr yoyini o‘chirish va zarur izolyatsiyani ta’minlovchi omil; transformator moyi faqat elektr yoyini o‘chirishni ta’minlovchi omil.
Moy o‘chirgichlari tuzilishi bo‘yicha ko‘p hajmli yoki yon tomonli hamda kichik hajmli turiga bo‘linadi.
Ko‘p hajmli yoki yon tomonli moy o‘chirgichlarida moy gaz generatsiya qiluvchi muhit xizmatini qilib, shu bilan birga o‘chirilgan holatida turg‘un va harakatchang kontaktlarni yerlangan metall karpusdan izolyatsiyalovchi muhit xizmatini qiladi. Bunday o‘chirgichlar 110 kV va 220 kV tashqi taqsimlagich qurilmalari RU da qo‘llaniladi. Jumladan, U-110-2000-40 o‘chirgichi nominal kuchlanishi Unom=110 kV, nominal o‘tish toki Inomq 2000 A, maksimal uzish toki Ia.max = 40 kA.
Kichik hajmli moy o‘chirgichlarida moy faqat gaz generatsiya qiluvchi muhit xizmatini bajaradi. Turg‘un va harakatchang kontaktlarni bir biridan hamda yerlangan metall karpusdan izolyatsiyalash uchun qattiq izolyatsiyalovchi materiallar: stekloplastik, tekstolit, farfor va boshqalardan foydalaniladi.
VMP-10K o‘chirgichining tuzilishi 24-rasmda va shunday o‘chirgichlarning tortuvchi nim stansiyaning taqsimlash qurilmasida o‘rnatilishi 25-rasmda ko‘rsatilgan. O‘chirgich VMP-10K kichik hajli, osma komplekt taqsimlash qurilma KRU larga mo‘ljallangan bo‘lib, ichki holatda o‘rnatiladi. Belgilanishi: V-o‘chigich (vыklyuchatel); M-kichik hajli (maloobemnыy); P-osma (podvesnoy), kuchlanishi 10 kV, K-komplekt taqsimlash qurilmalari uchun; nominal uzish toki 20 kA, zanjirni uzish vaqti 0,14 soniya, ya’ni tokning 7 davri.
O‘chirgichining yerlangan tagligi po‘lat rama 1 shaklida bajarilgan bo‘lib, komplekt taqsimlovchi qurilma KRU larning panjarasiga biriktirishga mo‘ljallangan. Uchta quvursimon idish 8 -uch fazali tokning uch qutbi bo‘lib, rama 1 ga izolyatorlar 7 yordamida biriktirilgan. Ular parallel qator shaklda o‘rnatilgan (25-rasm).


24-rasm. VMP-10K o‘chirgichi: a -ulangan va b- uzilgan holati.

Rama 1 ning ikki chekkasidagi ugolniklar orasida o‘q (val) 4 erkin aylanuvchi holatda turadi. Unga uchta ikki yelkali richaglar 3 payvandlangan. Har bir richagning tepa uchi o‘chiruvchi prujina 2 bilan bog‘langan bo‘lib, past uchi esa izolyatsiyalovchi tortgich 11 orqali richag 12 bilan bog‘langan. Shu richag 12 harakatchang kontakt 33 ni harakatga keltiradi.


O‘chirgichni ulash uchun richag 12 soat mili yurishiga qarshi tomonga buriladi, unda harakatchang kontakt 33 pastga yurib, turg‘in kontakt 29 ning prujinalangan lameli 23 ga kiradi va oxiri turg‘in kontakt 29 ga tegib-taqalib to‘xtaydi. Ulash jarayoni yuritma 13 bilan o‘q 4 ni taxminan 1200 ga burganda sodir bo‘ladi. 14 o‘qning burilish harakati o‘q 4 ga tortgich 16 bilan ulangan richag 15 yordamida bajariladi. Kontaktlar 29 va 33 ning o‘zaro tutashishi bilan bir vaqtda o‘chiruvchi prujina 2 tortiladi, kinetik energiyani zahiralaydi. Bu kinetik energiya keyinchalik o‘chirgichni uzish imkonini beradi. Prujina 2 tortilgan holatda ushlab turilishini yuritma mexanizmi ta’minlaydi. Kontaktlarning tutashishida ularni ishdan chiqaruchi qattiq zarb bo‘lmasligi kerak. Buni prujinali demfer 5 ta’minlaydi.
Harakatchang qismning uzish harakat tezligi ulash harakat tezligidan ancha kattaroq bo‘lishi kerak. Ulashda tezlikni kamaytirish moy tinchlatgich, ya’ni dempfer, 9 yordamida bajariladi.

25-rasm. VMP-10K o‘chirgichining o‘rnatilishi.

O‘chirgichni har bir idishi 8 uch qismdan tashkil topgan: pastki qism -turg‘in kontakt 29 biriktirilgan metall asos, qorin 31 bilan ta’minlangan stakan 30; o‘rtadagi qism -izolyatsiyalovchi stekloepoksid 22 bo‘lib, unga yoy o‘chiruvchi kamera 25 o‘rnatilgan; tepadagi qism – metall flanes 34 va korpus 19 bo‘lib, unga xarakatchang kontakt 33 o‘rnatilgan. Kontakt taeqchalari 21 dan elektr toki roliklar 36 yordamida xarakatchang kontakt 33 ga beriladi. xarakatchang kontakt 33 richag 20 dan yurgaziladi.

улаш

426-rasm. 35 kV VMP kam moyli osma o‘chirgich.


Elektr tokining kelishi kontakt taeqchalari 21 ga flanes 34 orqali bajarilsa, tokning chiqishi turg‘in kontakt 29 dan asos 26 orqali bajariladi. Tok beruvchi 35 va tok oluvchi 28 shinalar detallar 34 va 26 ning teshikchalariga biriktiriladi.


O‘chirgichning normal ishlashi moy sathi chiziq I da bo‘lgandagina ta’minlanadi, ya’ni yoy o‘chiruvchi kamera 25 dan baland va harakatchang kontakt 33 ni uzilgan holatida turishidan pastda bo‘lganda. Moy sathi moy ko‘rsatgich 10 oqali nazorat qilinadi. Moydan namuna olish va uni tushirib yuborish uchun vint 27 o‘rnatilgan. Moy miqdori 4,5 l bo‘lib, yuqoridagi vint 17 teshigidan bajariladi.
Kuchlanishi 35 kV VMP (vыklyuchatel maslyanыy podvesnoy) markali kam moyli osma tartibli o‘chirgichning tuzilishi 26-rasmda keltirilgan.
Mexanik yuklanuvchi rama 1 ga ikkita tayanch izolyatorlari 2 o‘rnatilgan. Izolyatorlar 2 ga esa o‘chirgichning tanasi mahkamlangan. Tananing yuqori qismi 3 da harakatchang kontakt 4 ning shga tushirish mexanizmi va tok oluvchi qurilmasi o‘rnatilgan. Harakatchang kontakt 4, turg‘un rozetka simon kontakt 7, havoda yoyni o‘chiruvchi kamera 6 izolyatsiyapovchi sildr 5 ning ichiga joylashtirilgan. O‘chirgichning vali 8 rama 1 ga biriktirilgan. Val 8 ga birnecha richaglar o‘rnatilgan: yuritgich bilan ulovchi richag 9; uzgich prujinalar 10 bilan bog‘lovchi ikki richag 8; bufer prujinalari 12 ning ikki richagi 11; moy buferining richagi 13; izolyatsiyalangan tortgich 16 bilan sharnirli bog‘langan richag 15.
O‘chirgichni ulash uchun yuritma val 8 ni soat mili bo‘ylab burab, prujini 10 keriladi. Oxirida bufer prujinasi 12 va erkin ajrovchi mexanizm bilan to‘xtatiladi. Val 8 ni aylanishi izolyatsiyalovchi tortgich 16 ni harakatga keltiradi va richag 17 ni buradi. Bu kontakt 4 ni o‘q bo‘ylab chiziqli harakatlantiradi. Natijada kontakt 4 kontakt 7 ning teshikchalariga kirib boradi va kontakt 7 bilan ulanadi.
O‘chirgichni o‘chirish esa erkin ajrovchi mexanizmni ishga tushirishdan boshlanib, uzgich prujinasining energiyasi hisobiga bajaradi.
Download 489.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling