Moyli urug‘lardan moy olishning nazariy asoslari
Download 1.72 Mb.
|
(O\'razaliyeva)Moyli urug‘lardan moy olishning nazariy asoslari
Qо‘qon yog‘-moy kombinati tarkibida meva danaklari va sabzavot urug‘laridan moy ishlab chiqaradigan maxsus korxona (quvvati kuniga 50t. danak) ishlaydi. Bu korxona 15 nomdagi mevadanagi moylari (о‘rik, shaftoli, pomidor, uzum va b.) ishlab chiqarish о‘zlashtirildi. Toshkent yog‘-moy kombinatida margarin mahsulotlari (yillik quvvati 52,4 ming t.) va mayonez (yillik quvvati 2 ming t.), tarmoqdagi 10 korxona - Farg‘ona, Yangiyо‘l, Andijon, Urganch va Kattaqо‘rg‘on va boshqa yog‘-moy kombinatlarida kirsovun (yalpi yillik umumiy quvvati 103,7 ming t.) ishab chiqariladi. Farg‘ona yog‘-moy kombinati yiliga 16,7 ming t. turli kichik о‘lchamdagi (25,40,100 grammli) atirsovunlar ishlab chikarmokda, gliserin (yillik kuvvati 2 ming t.) ishlab chiqarish о‘zlashtirildi. Tarmoq korxonalarida texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish, xorijiy firmalar uskunalari bilan jihozlash ishlari davom ettirilmoqda. Korxonalarni texnikaviy jihatdan qayta jihozlashda Krup, Sket (Germaniya), «Alfa-Laval» (Shvesiya), «Jon Braun», «Karven», «Kraun» (AKSH), «Madsioni», «Bollistra» (Italiya), Germaniya, Polsha, Ukraina, Rossiya firmalari bilan hamkorlik yaxshi samara bermoqda.
Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling