Moyli urug‘lardan moy olishning nazariy asoslari
Download 1.72 Mb.
|
(O\'razaliyeva)Moyli urug‘lardan moy olishning nazariy asoslari
XIX asrning ikkinchi yarmida О‘rta Osiyoda yog‘ korxonasi qurish zaruriyati paydo bо‘ldi. 1883 yilda Laxtin, Sagatelev va boshqalar Kо‘qonda yog‘ korxonasini qurdilar. Ammo ularning bu sohada qilgan harakatlari, mahalliy xalq paxta moyini iste’mol qilmagani va uni boshqa maqsadlarda ishlata olmaganligi uchun, deyarli natija bermadi. Xorvat va Yugovich 1893 yilda Kattaqо‘rg‘onda yog‘ korxonasini qurib, 1896 yilda о‘z mahsulotlaridan ancha qism moyni Moskvaga jо‘natdilar. Keyingi yil shu korxonada ishlab chiqarilgan bir vagon moy Moskvaga yuborildi. Buni kо‘rgan kapitalistlar yog‘ korxonalari qurish ishini jadallashtirib yubordilar. Sekin-asta paxta moyini iste’mol qilishga о‘rgana boshlagan yerli xalq ham sanoatning rivojlanishiga sababchi bо‘ldi. Tez orada paxta tozalash korxonalari yonida 1-2 pressli kichik yog‘ korxonalari qurila boshlandi. 1917-1918 yillarda butun О‘rta Osiyoda 150 ta pressga ega bо‘lgan 40dan ortiq yog‘ korxonasi qurilib, bulardan 19 ta korxona (105 press) Farg‘ona vodiysida joylashgan edi. О‘zbekistonda asosan 1924 yildan boshlab yog‘-moy sanoati о‘sa boshladi. Eski uskunalar yangi uskuna va jihozlar bilan, eski texnologik rejimlar esa ilmiy ravishda asoslangan rejimlar bilan almashtirila boshlandi. Chigitlarni namlash, avtomatik tarozilar о‘rnatish, chigit tozalaydigan yangi mashinalar, guller, separator, valsovka va mexanik ravishda ishlaydigan kunjara qirquvchi mashinalar о‘rnatish ishlari avj olib ketdi. Shu bilan birga yangi yog‘ korxonalari qurilish ishlari ham boshlab yuborildi. 1920 yilda Yangiyо‘l yog‘ korxonasi qurildi, 1930 yilda Farg‘ona shahrida 24 gidropressli yog‘ korxonasi ishga tushirildi. 1934 Ynlda moy olishning ekstraksiya usuliga asoslangan Kattaqо‘rg‘on moy-ekstraksiya korxonasi ishga tushirildi. 1943-1946 yillarda kichik yog‘ korxonalari - Alimkent, Denov, G‘ijdivon Xujayli, Xiva korxonalari qurilib, ishga tushirildi. Keyigi yillarda Qо‘qon, Uchqо‘rg‘on, Buxoro va Qarshi shaharlarida ekstraksiya va ekspeller korxonalari qurildi. Shundan sо‘ng paxta korxonalari beradigan hamma chigit respublikaning о‘zida qayta ishlanadigan bо‘ldi. Hozirda mustaqil О‘zbekistonimizda 38 ta ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlari, 4 ta qо‘shma korxona о‘z faoliyatlarini olib bormoqda. Respublikamizda kuchli yog‘-moy sanoati potensiali yaratilgan bо‘lib, quvvati jihatdan mustaqil davlatlar xamdо‘stligi mamlakatlari orasida yetakchi о‘rinlardan birini egallaydi. Sanoatimizda chigitni qayta ishlash quvvati yiliga 3,6 mln.tonnani, margarin mahsulotlari ishlab chiqarish quvvati yiliga 524 ming tonnani, mayonez ishlab chiqarish 2 ming tonnani, xо‘jalik sovuni ishlab chiqarish 120 mln. tonnani, atir sovuni ishlab chiqarish 8 ming tonnani tashkil qiladi. Asosiy maqsad respublikamiz xalq xо‘jaligini ekologik toza, raqobatbardosh, chiroyli kadoqlangan yog‘-moy mahsulotlarini eng kam tannarxda, qulay mehnat sharoitida ishlab chiqarishdan iborat bо‘lib, bu maqsadni amalga oshirish uchun sanoatimizni zamonaviy, yuqori samara beruvchi asbob, uskunalar va yangi texnologiya bilan ta’minlashni bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Buning uchun 20 ta yog‘-moy korxonalarining barchasida rekonstruksiya ishlari, qayta texnik ta’mirlash, chet-el investisiyalari ishtirokida qо‘shma korxonalar yaratish ishlari olib borilmoqda.
Yaqin vaqtlargacha dezodorasiya va qadoqlash sexlari faqatgina Toshkent, Farg‘ona yog‘-moy kombinatlaridagina bо‘lgan bо‘lsa, bugungi kunda «Urganch yog‘-moy», «Koson yog‘-ekstraksiya», «Guliston yog‘-ekstraksiya», «Qarshi yog‘-ekstraksiya» OXJ larida bunday sexlar faoliyat kо‘rsatmoqda, yaqin kelajakda esa barcha о‘simlik moyi ishlab chiqariladigan korxonalarda dezodorasiya qilingan va did bilan kichik hajmdagi idishlarga qadoqlangan о‘simlik moylari ishlab chiqariladi. Shu maqsadda, bugungi kunda Belgiyaning «De-Smet», Germaniyaning «Lurgi», Fransiyaning «Steka-Bottlez» firmalari bilan hamkorlikda ishlar olib borilmoqda. «Toshkent yog‘-moy» XJ ning margarin sexida Shvesiyaning «Alfa-Laval» firmasini avtomatlashtirilgan tizimida quyma margarin ishlab chiqarish, Amerikaning «Djon-Braun» firmasi uskunalarida margarinni 200-250 grammli plastik idishlarga qadoqlash yо‘lga qо‘yilgan. «Farg‘ona yog‘-moy» XJ da sovun ishlab chiqarish sexini qayta jihozlab, Italiyaning Massoni» firmasining asbob-uskunalari о‘rnatilmokda. Kelajakda chiroyli yorliqli, qadoqlangan, xushbо‘ylantiruvchi komponentlar qо‘shilgan, jahon andozalari talablariga javob beradigan, kichik hajmdagi atir sovunlar ishlab chiqarish kо‘zda tutilgan.
Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling