Moyli urug’larni fizik-texnik xususiyatlari Moyli urug’larning geometrik o’lchamlari Urug’ massasining zichligi


Download 236.81 Kb.
Sana21.10.2023
Hajmi236.81 Kb.
#1714616
Bog'liq
Moyli urug’larning fizik texnik xususiyatlari (Oziq ovqat korxonalari)


Mavzu: Moyli urug’larning fizik texnik xususiyatlari
Reja:

  1. Moyli urug’larni fizik-texnik xususiyatlari

  2. Moyli urug’larning geometrik o’lchamlari

  3. Urug’ massasining zichligi

Moyli urug’larni fizik-texnik xususiyatlari ularni qayta ishlashda muhim ahamiyatga ega. Urug’ning fizik-texnik xususiyatlariga quyidagi ko’rsatkichlari kiradi: o’lchami va shakli; namligi; qarshilik koeffitsienti; hajmiy massasi va zichligi; g’ovakligi; aerodinamik xususiyatlari. Alohida urug’larning fizik-mexanik xossalariga geometrik shakli va chiziqli o’lchamlari, nisbiy zichligi, aerodinamik, dielektrik va boshqa xossalari kiradi. Ular yig’im-terimdan keyingi ishlov berish, saqlash va urug’larga texnologik ishlov berishda katta ahamiyatga ega. Urug’lar uyum holida alohida urug’larga nisbatan farqli xossalariga ega bo’ladi. Ularga sochiluvchanlik, uyum zichligi, hajmiy massasi va boshqalar misol bo’ladi. Urug’larning o’lchami va geometrik shakli. Urug’larning geometrik shakli va chiziqli o’lchamlari omborxonaning turi, texnologik mashinalar ishchi organlarining o’lchamlari, hamda urug’larni saqlash va qayta ishlash usullari bog’liq bo’ladi. Urug’larning shakli har bir yog’li o’simlik uchun xos bo’lib, urug’larning uzunligi, kengligi va qalinligi bilan belgilanadi. Urug’lar sharsimon, ellipssimon, uchburchak, chuzinchoq shaklda bo’ladi. Urug’lar namligi turlicha bo’lganida urug’larning uzunligi kam o’zgaradi. Nam urug’larning quruqlariga nisbatan kengligi va qalinligi katta bo’ladi, lekin uzunligi bilan farq qilmaydi. Urug’lar shaklini tavsiflash uchun “shakl koeffitsienti” tushunchasi kiritilgan. Shakl koeffitsienti - nosferik shakldagi urug’lar yuzasi maydonining, hajmi urug’ hajmiga teng bo’lgan ekvivalent sharning yuzasiga nisbatini bildiradi. Sharsimon zarrachalar uchun bu ko’rsatkich har doim 1 ga teng, boshqa shakldagi zarrachalar, xususan urug’lar uchun, shakl koeffitsienti 1 dan katta. Kungaboqar urug’larining shakl koeffitsienti 1,29…1,37 teng. Yog’li urug’lar qanchalik katta bo’lsa, ularning texnologik xossalari shunchalik yuqori bo’ladi. Moyli urug’ning o’lchamini o’zgarish xarakterini variatsion statistika usulida aniqlash. Har bir moyli urug’ning shakli turlicha bo’ladi, misol uchun, soya urug’i shar shaklida, kungaboqar, paxta chigiti kabi urug’lar uzunchoq bo’lib, ularning bir tomoni ingichkalashib o’tkir uch hosil qilgan, ikkinchi tomoni kengayib borib o’tmas uch hosil qilgan. Har bir urug’ shakliga qarab uzunligi, kengligi (diametr) va qalinligi 13 bilan tavsiflanadi. Quyidagi jadvalda asosiy moyli urug’larning geometrik o’lchamlari keltirilgan.

Moyli urug’larni begona aralashmalardan tozalashda, o’lchamlari bo’yicha saralashda va maydalab tarkibiy qismlaga ajratishda ularning geometrik o’lchamlari muhim ahamiyatga ega. Elaklarni tanlashda urug’larning o’rtacha o’lchami yoki uning o’zgarish oralig’i bilan bir qatorda, uning xarakteri ham muhim ahamiyatga ega. Moyli urug’larning o’lchamini xarakterini o’zgarishi variatsion statistika usuli bilan aniqlanadi. Uning mazmuni quyidagicha. Urug’dan o’rtacha namuna olinadi va bu namunadan 300-500 dona urug’ olinib, ularning o’lchamlari o’lchanadi. O’lchami o’lchangan urug’, o’rganilayotgan ko’rsatkichi (misol uchun, uzunligi, kengligi yoki qalinligi) bo’yicha sinflarga bo’linadi. Sinflar soni 8 dan 15 gacha va undan ko’p bo’lishi mumkin. Har bir guruhga kiruvchi urug’lar son bilan yoki foiz miqdorida ifodalanadi. O’lchov natijalari to’g’ri koordinatali grafikga qo’yiladi, bunda hosil bo’lgan variatsion qatorning grafigiga gistogramma deyiladi. Urug‘lar o‘lchamlari xaqida to‘liq ma’lumot korrelyatsion jadvallardan olish mumkin. Har bir jadval uchta qismga bo‘lingan bo‘lib yuqori va chap qismlarida ma’lum o‘lcham uchun egri chizig‘lari (masalan, 1-rasmning yuqori qismida urug‘ qalinligi, 2-rasmning chap qismida eni) joylashadi. Chizmaning ordinata o’qlarida urug‘larning absolyut massasi (g) va takrorlanish tezligi (massaga nisbatan % hisobida) belgilaanadi.


Urug’ massasining zichligi – qattiq zarrachalarning hajmining urug’ massasining umumiy hajmiga o’zaro nisbatidir. Sochiluvchan mahsulotlarning zichligi va hajmiy massasi bir-biridan farq qiladi. Ma‘lum bir hajmda moyli urug’lar bir xil joylashmaydi. Ularning joylashishi urug’larning o’zaro bir-biriga nisbatan joylashishiga bog’liq. Shu sababdan ham moyli urug’larning hajmiy massasi bir xil emas; u urug’ning qanday sig’imga joylashishiga, uyumning balandligiga va urug’ning o’lchamiga bog’liq. Qurilmalarni hisoblash asosan xom ashyolarning hajmiy massasiga asoslaniladi, ba’zi hollarda zichligi ham qo’llaniladi. Tarkibida moyi ko’p bo’lgan kungaboqar urug’ining zichligi 680-700 kg/m3 bo’lib, bu ko’rsatkich urug’ning namligi o’zgarganda ham o’zgarmaydi. Paxta chigitining zichligi uning naviga bog’liq, past navli chigitning zichligi yuqori navli chigitning zichligidan kichik. Bundan tashqari, namligi oshishi bilan paxta chigitining zichligi kamayadi. Chigitning qoldiq momiq miqdori zichlikga unchalik ta‘sir etmaydi. Paxta chigitining o’rtacha zichligi 1071...908 kg/m3 , soyaniki 1166 kg/m3 . Moyli urug’larning g’ovakligi ularning saqlash davrida kechadigan barcha fiziologik hamda fizikaviy jarayonlarni o’tishiga ta‘sir etadi. Moyli urug’larning g’ovakligi deganda, urug’lar orasidagi havo bo’shlig’ining hajmi tushuniladi. Urug’ning g’ovakdorligi oralig’idagi hajmning urug’ massasini egallagan umumiy hajmga nisbati bilan belgilanadi va quyidagi tenglama bilan aniqlanadi:
Moyli urug’ning namligi uning saqlashda va qayta ishlashda muhim ahamiyatga ega. Bundan tashqari, urug’ning namligi uning fizik-texnik xususiyatlariga ham ta‘sir etadi. Laboratoriyada aniqlanadigan namlik har bir urug’ning namligini ko’rsata olmaydi. U namunadagi o’rtacha namlikni ifodalaydi. Urug’ massasini tarkibidagi urug’larning namligini turlicha bo’lishi ularning saqlashda va qayta ishlashda ba‘zi bir qiyinchiliklarni tug’diradi. Moyli urug’larni aralashmalardan tozalash, maydalangan urug’ni tarkibiy qismlarga ajratish, xom ashyoni va oraliq mahsulotlarni tashishda ko’pgina qurilmalarda havo oqimidan foydalaniladi. Ularning havo oqimida harakatlanishi aerodinamik xususiyatlarga bog’liq
Download 236.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling