qiyinlashib qoladi. Bunday sharoitda yonuvchi aralashmani boyitish
kerak bo‘ladi. Shuning uchun karbyuratorlarga yurgizib yuborish
moslamasi o‘matiladi va u asosan havo zaslonkasidan iborat.
Yurgizib yuborish paytida karbyuratorda o‘ta boy yonuvchi
aralashma tayyorlanishi kerak bo‘ladi. Buning uchun havo
zaslonkasi berk holda, drossel zaslonkasi esa ozgina ochiq holda
bo‘ladi, 7.11-rasm. Dvigatel yurgizilib, tirsakli val aylanishni
boshlaganida, korbyuratoming asosiy dozalovchi tizimida siyrak-
lanish keskin ortib ketadi, yonilg4 i to‘zitg‘ichdan ko‘p miqdorda
kela boshlaydi, yonuvchi aralashma boyib, dvigatelni yurgizish
osonlashadi. Dvigatel yurib ketishi bilan havo zaslonkasidagi klapan
1 ning prujinasi 2 ochilib, qo‘shimcha havo kiritiladi. Dvigatel
yurib ma’lum darajada qiziganda havo yetarli bo‘lmay qolganligi
uchun havo zaslonkasi to‘la ochib qo‘yiladi.
1 - klapan; 2 - prujina; 3 - havo zaklonkasi; 4 - havo kiritish patrubogi;
Do'stlaringiz bilan baham: