Mp ishlatiladigan boshqaruvchi qurilmaning tuzilishi


Download 14.98 Kb.
Sana26.02.2023
Hajmi14.98 Kb.
#1232138
Bog'liq
9-topshiriq


  1. MP bitta mikroamalni yoki mikrobuyruqni bajarishga sarf qilgan vaqtini mashina takti deyiladi. Bitta amalni (qo`shish) bajarishga sarf qilingan vaqtni mashina davri deyiladi.

Hozirgi MP va mikroEHM boshqaruvchi impulslarni ishlab chiqadigan quyidagi ikki usuldan foydalaniladi:
1. Doimiy xotira qurilmasi (DXQ) yoki qayta programmalashti-riladigan xotira qurilmasi (QPXQ-PPZU) asosidagi usul. Bu
usulni amallarni bajarish sxemasi yoki apparatli boshqarish usuli
xam deyiladi.
2. Programmalashtiriladigan logik matritsa (PLM) yoki amallarni bajarishni mikroprogrammali boshqarish (egiluvchan
boshqarish logikasi) usuli.
Birinchi usulda mikrokomandalarning xotira blokini DXQ, QPXQ (REPZU) kabi xotirali standartli KIS ga birlashtiradi yoki o`rta integratsiyalangan sxemada alohida qurilma ko`rinishida tayyorlaydi.
PLM negizida qurilgan BQlarda hamma bloklar tugallangan raqamli avtomat ko`rinishidagi bitta KIS ga biriktiriladi. Bunday BQni ishlash konuniyati matritsaning ichki magistralini ulanishi (kommutatsiyasi) bilan aniqlanadi.
Amallarni sxemali boshqarish deganda xotira elementlaridan va logik elementlardan tuzilgan BQ tushuniladi. Bunday BQ bir xil bo`lmagan tuzilishga ega bo`ladi va katta tezlikni ta`minlaydi.
Sxemali va mikroprogrammali BQ o`zining asosida mikroprog- rammali boshqarish negizidan foydalaniladi. Ular orasidagi farqi shundaki, ya`ni mikroprogramma negizini har xil texnik yo`l bilan amalga oshirishdadir.


  1. MP ishlatiladigan boshqaruvchi qurilmaning tuzilishi.

Boshqaruvchi qurilma (BQ) quyidagi vazifalarni bajara olishi kerak:
— programmaga asosan navbatdagi buyruqni adresniy tashkil
etishi;
— OXK (OZU) yoki DXQ (PZU) dan navbatdagi buyruqni
chaqirishi;
— buyruqlar registriga bajarishga mansub bo`lgan buyruqni
yozib qo`yishi;
— amallar buyrug’ining kodini shifrlash natijasi bo`yicha xa-
barlarni ishlab chiqishi va ularni amallarni bajarish uchun
kerakli ketma — ketlikda mashinaning bloklari hamda
qurilmalariga yuborishi;
— OXQ dan operandlarni tanlashi va ularni ALQ dan OXQ ga
operandlarning adresini berishi;
— bajarilgan amalning natijasini ALQ dan OXQ ga yuborishi
yoki keyinchalik hisoblashda foydalanish uchin AK ga
qoldirishi;
— EHM ni ishga tushirishi va to`xtatishi, uni har xil re-
jimlarda ishlashini nazorat qilishi (avtomatik, davriy,
taktli ishlashi);
— Qiymatlarni kiritishni, chiqarishni ta`minlashi va boshqalar.
MP (mikroEHM) orqali bajariladigan har xil amal (arifme­tik, logik boshqaradigan, o`tkazadigan va boshqalar) murakkab ha rakatlardan tashkil topgandir va qator oddiy-bitta taktli harakatga yoki mikroamalga bo`linadi: Boshqaruvchi qurilma OXQ ga ALQdan operandalarni uzatish, operandlarning ishorasini o`zgartirish, o`tkazish va sh.o`xsh.
Har bir mikroamalni bajarish maxsus xabarlar yordamida amalga oshiriladi. Maxsus xabarlar yordamida BQ da impuls yoki potentsial ishlab chiqiladi va kerakli vaqtda tegishli boshqaruvchi shinalar orqali elektron sxemalarga yuboriladi. Berilgan buyruqni amalga oshiradigan mikroamallar to`plamini bu amalning mikroprogaram- masi deyiladi.
Download 14.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling