Ms access dasturi va dastur bilan ishlash texnologiyasi ms access ning ish oynasi haqida ma’lumot
Download 35.24 Kb.
|
Ms dasturi referat
MS Access dasturi va dastur bilan ishlash texnologiyasi MS Access ning ish oynasi haqida ma’lumot. Bu dastur MS Office lardan biri bo’lib, uning yuklanishi ilgari tanishilgan usullar kabi bajariladi. Access dasturida tez-tez uchraydigan tushunchalarning har biriga alohida to’xtalib o’tamiz. Oynaning birinchi sarlavha satrida amaliy dasturning nomi Microsoft Access deb yozilgan, 2-satrida esa quyidagi: Файл, Правка, Вид, Вставка, Сервис, Окно, Справка menyu satrlari joylashgan. Uchunchi (to’rtinchi,...) satrlarda asboblar paneli (ko’p hollarda «Вид» menyusining Standart paneli) piktogrammalari joylashgan.
1-rasm
Asboblar panelining tagidagi qism ishchi maydon hisoblanadi. Ishchi maydonda 1-rasmdagi muloqat oynasi hosil bo’ladi. Bu oyna yordamida biz yangi MB ni (Новая база данных ...) tashkil qilishimiz yoki mavjud MB (На моем компьютере ...) ni ochib ular ustida ishlashimiz mumkin. MS Access oynasi asosan 7 ta ob’ektdan iborat (2-rasm): 2-rasm
1.«Таблицы» (Jadval)—MB ning asosiy ob’ekti. Unda ma’lumotlar saqlanadi. 2.«Запросы» (So’rov)—bu ob’ekt ma’lumotlarga ishlov berish, jumladan, ularni saralash, ajratish, birlashtirish, o’zgartirish kabi vazifalarni bajarishga muljallangan. 3.«Формы» (ko’rinish)—bu ob’ekt ma’lumotlarni tartibli ravishda oson kiritish yoki kiritilganlarni ko’rib chiqish imkonini beradi. Shakl to’zilishi bir qancha matnli maydonlar, tugmalardan iborat bo’lishi mumkin. Demak, ko’rinish (forma)–ekran ob’ekti bo’lib, elektron blank tarzida ifodalanib, unda ma’lumotlar kiritiladigan maydon mavjud va shu maydonlarga kerakli ma’lumotlar joylashtiriladi va jadval shu tariqa hosil qilinadi. 4.«Отчет» (Hisobot)—bu ob’ekt yordamida saralangan ma’lumotlar qulay va ko’rgazmali ravishda qog’ozga chop etiladi. 5.«Макросы» (Makros)—makrobuyruqlardan iborat ob’ekt. Murakkab va tez-tez murojaat qilinadigan amallarni bitta makrosga guruhlab, unga ajratilgan tugmacha belgilanadi va ana shu amallarni bajarish o’rniga ushbu tugmacha bosiladi. Bunda amallar bajarish tezligi oshadi. 6.«Модули» (Modul)—Microsoft Access dasturining imkoniyatini oshirish maqsadida ichki Visual Basic tilida yozilgan dasturlarni o’z ichiga oluvchi va nostandart operatsiyalarni foydalanuvchi tomonidan bajarilishiga imkon yaratadi. Bundan tashqari, 7.«Страницы» (Sahifalar) nomli alohida ob’ekt ham mavjud. Bu ob’ekt HTML kodida bajarilgan, Web — sahifada joylashtiriladigan va tarmoq orqali mijozga uzatiladigan alohida ob’ektdir. Download 35.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling