Ms access dasturi va dastur bilan ishlash texnologiyasi ms access ning ish oynasi haqida ma’lumot


Download 35.24 Kb.
bet6/6
Sana05.01.2022
Hajmi35.24 Kb.
#221169
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ms dasturi referat

Hisobotlar yaratish.

 Hisobotlar ko’p jihatdan shakllarga o’xshaydi. Shuning bilan birga shakllar va hisobotlar orasida muhim bir farq borki, u ham bo’lsa hisobotlar faqat ma’lumotlarni chop etishga muljallanganligidadir. Ularda ma’lumotlarni chiqarish uchun boshqaruv elementlariga bo’lgan zarurat yo’q. Shuning uchun hisobotlarda ruyxatlardan, ruyxatli maydonlardan va boshqa ayrim elementlardan voz kechiladi.

Hisobotlar uchun Jadvallar yoki Shakllar holatini o’rnatish mumkin emas. Hisobot uchun faqat «Конструктор» va «Предварительный просмотр» (Oldindan ko’rish) holatlarini tanlash mumkin.

Hisobotni yaratish uchun MB ning muloqot oynasida «Отчеты» (Hisobotlar) ilovasini tanlash va «Создать» (Yaratish) tugmachasi bosiladi. Natijada «Новый отчет» (Yangi hisobot) muloqot oynasi paydo bo’ladi.

Uning yordamida hisobotlar quyidagi usullar bilan yaratiladi: avtomatik tarzda, hisobotlar ustasi yordamida yoki qo’lda mustaqil ravishda.

 Hisobotlar ustasi barcha qiyin ishlarni o’z zimmasiga olib, hisobotni tez yaratish imkonini beradi. Hisobotlar ustasi chakirilgandan so’ng ekranga chiqadigan muloqot oynalarida so’raladigan zarur ma’lumotlar kiritiladi va foydalanuvchining javoblari asosida hisobot yaratiladi.



«Автоотчет» (Avtohisobot) yordamida hisobot yaratish.

«Автоотчет» hisobot yaratish vositasi bo’lib, unda ombordagi jadvallar va so’rovlardagi barcha maydonlar va yozuvlar chiqariladi. Bunda asosiy qilinadigan ishlar quyidagilardan iborat:

1. MB muloqot oynasida «Отчет» (Hisobotlar) ilovasi tanlanadi;

2. «Создать» (Yaratish) tugmachasi bosiladi;

3. «Новый отчет» (Yangi hisobot) muloqot oynasida quyidagi bo’limlardan biri tanlanadi:

-«Автоотчет: в столбец» (Avtohisobot: ustunli)-har bir maydon sarlavhasi chap yonida bo’lgan alohida satr­ni tashkil etadi.

-«Автоотчет: ленточный» (Avtohisobot: tasmali)-har bir yozuv maydoni alohida satrni tashkil etadi. Bunda sarlavha har bir sahifaning ustida chop etiladi.

4. Hisobotga kiritiladigan ma’lumotlarni o’z ichiga oluvchi jadval yoki so’rov tanlanadi;

5. Ok tugmachasi bosiladi;

Hisobot ustasi yordamida hisobot yaratish.

1. MB muloqot oynasida «Отчет» (Hisobotlar) ilovasi tanlanadi;

2. «Создать» (Yaratish) tugmachasi bosiladi;

3. «Новый отчет» (Yangi hisobot) muloqot oynasida kerakli hisobot ustasi tanlanadi. Bunda ustaning bajarishi mumkin bo’lgan ishlari ruyxati muloqot oynasining chap qismida chiqadi;

4. Hisobotga kiritiladigan ma’lumotlarni o’z ichiga oluvchi jadval yoki so’rov tanlanadi;

5. Ok tugmachasi bosiladi;

6. Agar 3-qadamda hisobot ustasi, diagramma ustasi yoki yopishtiriluvchi suratlar ustasi tanlab olingan bo’lsa, ularga tegishli muloqot darchalarida chiqadigan ko’rsatmalarni bajarish lozim. Agar avtohisobot ustalaridan biri tanlab olingan bo’lsa, hisobot avtomatik tarzda yaratiladi.

Yaratilgan hisobotga o’zgartirish kiritish kerak bo’lsa, buni «Конструктор» holatida bajarish mumkin.



Hisobot ustasisiz hisobot yaratish.

1. MB muloqot oynasida «Отчет» (Hisobotlar) ilovasi tanlanadi;

2. «Создать» (Yaratish) tugmachasi bosiladi;

3. «Новый отчет» (Yangi hisobot) muloqot oynasining «Конструктор» holati tanlanadi;

4. Hisobot tuzishda ishlatiladigan ma’lumotlarni o’z ichiga olgan jadval yoki so’rovlar tanlanadi;

5. Ok tugmachasi bosiladi.

6. Yangi hisobot «Конструктор» holatining hisobot oynasida paydo bo’ladi.

Hisobot strukturasi.

Har qanday hisobot strukturasi quyidagi bo’limlardan iborat:




  • hisobot sarlavhasi;


  • yuqori kolontitul;


  • ma’lumotlar sohasi;


  • quyi kolontitul;


  • hisobot izohlari.



Nazorat savollari:


1.Bo’sh jadval yaratish usullarini aytib bering?

2.Jadvallar ustasi yordamida jadval qanday yaratiladi?

3. Ma’lumotlar kiritish yo’li bilan jadval hosil qilish qanday bajariladi?

4. «Конструктор» holatida jadval yaratish qanday amalga oshiriladi?

5. So’rovlarning qanday turlarini bilasiz?

6. Tanlab olish so’rovi qanday yaratiladi?

7. O’zgartirish so’rovlarining turlarini aytib bering?

8. Shakl nima?. Uni yaratishning qanday usullari bor?

9. «Автоформа» yordamida shakl qanday yaratiladi?

10. Shakl ustasi yordamida shakl qanday yaratiladi?

11. Shakl va hisobot orasidagi asosiy farq nimadan iborat?

12. «Автоотчет» yordamida hisobot qanday yaratiladi?

13. «Мастер отчета» yordamida hisobot yaratish jarayonini aytib bering?

14. Hisobot strukturasi haqida nimalarni bilasiz?

15. MBBS da Access boshlang’ich darchasining ilovalarini aytib bering?

16. So’rovlar ob’ekti qanday vazifalarni bajaradi?

17. Ma’lumotlarni chop etish uchun qaysi ob’ekt ishlatiladi?

18. Makros deganda nimani tushunasiz?

19. Microsoft Access dasturi qanday ishga tushiriladi?

20.MB ning dastlabki oynasidagi buyruqlarning vazifalari nimalardan iborat?

21. MB ni yaratishning necha xil usuli bor?

22. «Мастер» (Usta) yordamida MB qanday yaratiladi?

23. MB ni mustaqil yaratish uchun qanday ishlarni bajarish kerak?



24. MB ni ochish jarayoni qanday bajariladi?
Download 35.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling