Forma tuzish uchun berilganlar bazasining asosiy oynasidan Formы ob’ekti tanlanadi va Sozdat tugmachasi bosiladi. Ekranda Novaya forma muloqot oynasi paydo bo’ladi va u yerdan forma tuzish usullaridan biri tanlanadi va OK bosiladi.
Konstruktor—mustaqil ravishda forma tuzish.
Master form— tanlangan maydonlar bo’yicha avtomatik ravishda forma tuzish.
Avtoforma:v stolbets— bir yoki bir nechta ustunlar bo’yicha avtomatik ravishda forma tuzish.
Avtoforma: lentochnыy—satrlar bo’yicha avtomatik ravishda forma tuzish.
Avtoforma: tablichnaya—jadval ko’rinishda forma tuzish.
Diagramm— diagramma ko’rinishda forma tashkil qilish.
Svodnaya tablitsa—Excel jadvalida forma tashkil qilish imkonini beradi.
Forma tuzishning eng sodda usuli avtoforma hisoblanadi.
Avtoforma tuzish uchun forma tuzishning rejimlaridan
avtoforma v stolbets, avtoforma lentochnaya yoki avtoforma tablichnayalardan biri tanlanadi. Masalan, quyida forma tuzishning ustun ko’rinishda(avtoforma v stolbets)gi rejimi keltirilgan. Bu yerda hamma vaqt bitta yozuv paydo bo’ladi. Kiritilishi kerak bo’lgan yangi ma’lumotlar formaga kiritiladi va u bevosita berilganlar bazasi jadvaliga qo’shiladi.
Formani Konstruktor orqali tuzish quyidagicha bajariladi:
MS Access MBBTning asosiy oynasidan forma ob’ekti tanlanadi va Sozdat tugmachasi bosiladi. Ekranda paydo bo’lgan muloqot oynasidan forma tuzishning Konstruktor rejimi tanlanadi. Bu yerda forma tuzishning uch qismi mavjud: forma sarlavhasi, ma’lumotlar sohasi va eslatma. Konstruktor yordamida forma tuzishda ekranda dastlab faqat ma’lumotlar sohasi paydo bo’ladi.
So’ngra, unga Vid menyusi orqali sarlavha va eslatma hamda
kolontitullar o’rnatiladi. Buning uchun VidZagolovok /primechaniye formы va
Do'stlaringiz bilan baham: |