S ervis (Сервис) menyusining Ma’lumotlar sxemasi (Схема данных) bo‘limini tanlaganimizdan so‘ng quyidagi oyna hosil bo‘ladi (1-rasm).
Ushbu oynada ma’lumotlar omborida mavjud jadvallar nomlari aks etgan: Umumiy ma’lumotlar va Baholar.
Kursor Baholar va Umumiy ma’lumotlar jadvallari nomlari ustida turganda Qo‘shib qo‘yish (Добавить), so‘ng Yopish (Закрыть) tugmalarini bosamiz va 2-rasmdagi oynani hosil qilamiz.
Ikkala jadvalda ham bir xil Tartib raqami nomli Kalit maydoni mavjud. 2-rasmdagi ikkita Kalit maydonlar nomlaridan birini sichqoncha bilan belgilaymiz va sichqoncha tugmasini ushlab turgan holda ikkinchi jadval Kalit maydonining nomi ustiga olib boramiz. Shundan so‘ng 3-rasmdagi oyna ochiladi. Bu oynada Hosil qilish (Создать) tugmasini bosamiz. Shundan so‘ng 2-rasmdagi oyna 4-rasmdagi ko‘rinishga o‘tadi.
B u ko‘rinishning 2-rasmdagi holatdan farqi – ikkala jadvalning Kalit maydonlari yo‘nalish chiziqlari bilan bog‘langan.
Bog‘lanishlar jadvallarda “+” belgilari orqali ifoda etiladi va belgilar ochilganda quyidagi ko‘rinishlar hosil bo‘ladi:
Shunday qilib, biz ikkita jadvaldan Relyatsion jadvallar hosil qildik. Zaruratga qarab, relyatsion jadvallarni ikkita jadvallar asosidagina emas, balki bir nechta jadvallar asosida ham tashkil etish mumkin.
Relyatsion jadvallarni hosil qilishdan asosiy maqsad - ma’lumotlar omboridan ma’lum bir kriteriy bo‘yicha kerakli ma’lumotlarni So‘rovlar orqali tanlab olishdan iborat.
Keyingi darsda So‘rovlarni tashkil etish haqida so‘z boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |