Ms dos operatsion tizimi
Download 73 Kb.
|
Ms dos operatsion tizimi
[Disk:][Yo’l\] Faylning nomi.
Faylning to’liq nomi –disk nomi, fayl joylashgan kataloggacha bo’lgan yo`l va fayl nomidan tashkil topadi. Ba‘zan biror katalog fayllari guruhini ifodalash uchun “*”, “?”belgilaridan foydalaniladi. “*” fayl nomi yoki kengaytgichidagi ixtiyoriy belgilar sonini, “?” esa fakatgina bitta belgini ifodalaydi. Masalan: *.bak – joriy katalogdagi .bak kengaytgichli barcha fayllar, c*.doc - c harfi bilan boshlanuvchi .doc kengaytgichli barcha fayllar, *.* - joriy katalogdagi barcha fayllar. MS DOS bilan foydalanuvchi o`rtasida muloqot komandalar orqali bo’ladi. DOS komandasi komanda nomi va parametrlardan tashkil topadi. MS DOS ishga tayyor bo’lganda foydalanuvchini muloqotga quyidagicha taklif qiladi: A\>yokiС:\> Bu MS DOSning komandalarni qabul qilishga tayyorligini ko’rsatadi. Ba‘zan MS DOS ning taklifi joriy disk va katalog haqidagi ma‘lumotni o`z ichiga oladi. Masalan: С:\> - С disk, tub katalog; C:\NC > - C:.diskdagiNC katalog tushiniladi. DOS taklif satri komandalar satri deb ataladi.Komandani kiritish uchun uni komandalar satriga klaviaturadan terib [Enter] tugmachasini bosish kerak.DOS komandalari lotin alifbosida teriladi. Komandalarni kiritishda quyidagi tugmachalardan xatolarni to’g’rilash uchun foydalanish mumkin: [Del] -joriy belgini olib tashlaydi, [Backspace] - kursordan chapdagi belgini o`chiradi, [Ins] - almashtirish rejimini qo`shadi yoki o`chiradi, [Esc] - komandani butunlay o`chiradi, [F3] - komandalar satriga avvalgi komandani chaqiradi. Ba‘zi hollarda dastur ishini to’xtatish zarur bo’ladi. Masalan, dastur noto’g’ri bajarilayotgan bo’lsa yoki kompyuter osilibqolsa (ya‘ni tugmachalar bosilishiga kompyuter e‘tibor bermasa), dastur ishini to’xtatishi lozim bo’ladi. Buning uchun [Ctrl] va [Break] yoki [Ctrl] va [C] ni bosish kerak. Agar bu yordam bermasa, [Ctrl]+[Alt]+[Del]ni klavishlarini bosib, MS DOS qaytadan yo’qlanadi. Agar bu ham yordam bermasa, kompyuter o`chirib yoqiladi. Download 73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling