Ms-dos operatsion tizimi


Download 0.51 Mb.
bet3/3
Sana20.03.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1284870
1   2   3
Bog'liq
2. MS-DOS opertsion tizimi

[Disk:][Yo’l\] Faylning nomi.
Faylning to’liq nomi –disk nomi, fayl joylashgan kataloggacha bo’lgan yo`l va fayl nomidan tashkil topadi. Ba‘zan biror katalog fayllari guruhini ifodalash uchun “*”, “?” belgilaridan foydalaniladi. “*” fayl nomi yoki kengaytgichidagi ixtiyoriy belgilar sonini, “?” esa fakatgina bitta belgini ifodalaydi.
Masalan:
*.bak – joriy katalogdagi .bak kengaytgichli barcha fayllar,
c*.doc - c harfi bilan boshlanuvchi .doc kengaytgichli barcha fayllar,
*.* - joriy katalogdagi barcha fayllar.
MS DOS bilan foydalanuvchi o`rtasida muloqot komandalar orqali bo’ladi. DOS komandasi komanda nomi va parametrlardan tashkil topadi.
MS DOS ishga tayyor bo’lganda foydalanuvchini muloqotga quyidagicha taklif qiladi:
A\> yoki С:\>
Bu MS DOSning komandalarni qabul qilishga tayyorligini ko’rsatadi. Ba‘zan MS DOS ning taklifi joriy disk va katalog haqidagi ma‘lumotni o`z ichiga oladi.
Masalan:
С:\> - С disk, tub katalog;
C:\NC > - C:. diskdagi NC katalog tushiniladi.
DOS taklif satri komandalar satri deb ataladi. Komandani kiritish uchun uni komandalar satriga klaviaturadan terib [Enter] tugmachasini bosish kerak. DOS komandalari lotin alifbosida teriladi.
Komandalarni kiritishda quyidagi tugmachalardan xatolarni to’g’rilash uchun foydalanish mumkin:
[Del] -joriy belgini olib tashlaydi,
[Backspace] - kursordan chapdagi belgini o`chiradi,
[Ins] - almashtirish rejimini qo`shadi yoki o`chiradi,
[Esc] - komandani butunlay o`chiradi,
[F3] - komandalar satriga avvalgi komandani chaqiradi.

BREAK

-kompyuter ishini to’xtatish

CD

-joriy diskni o’zgartirish yoki ko’rsatish

CLS

-ekranni tozalash

COPY

-fayllardan nusxa olish

CTTY

-msdos buyruqlari uchun kiritish chiqarish qurilmalarini o’zgartirish

DATE

-joriy kuni aniqlash yoki o’zgartirish

DEL

-fayllarni o`chirish

DIR

-joriy katalogdagi fayllar ro’yxatini ekranga chiqarish

ECNO

-buyruq faylidan axborot berish

EXIT

-command.com ishini tugallash

FOR

-takrorlash buyrugi

MD

-yangi katalog tuzish

REN

-fayl nomini o’zgartirish

RD

-katalogni o`chirish

SET

-o`zgaruvchini belgilash

TIME

-joriy vaqtni ko’rish yoki o’zgartirish

TYPE

-faylni ekranga chiqarish

VER

-msdos versiyasini ko’rsatish

VERIFY

-diskka yozish jarayonini tekshirish holatini o’rnatish yoki voz kechish

VOL

-formatlash jarayonida diskka qo`yilgan belgini ko’rish

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling