Ms-dos operatsion tizimi


Download 0.51 Mb.
bet1/3
Sana20.03.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1284870
  1   2   3
Bog'liq
2. MS-DOS opertsion tizimi

MS-DOS operatsion tizimi


MS DOS operatsion tizimi
Hozircha MS DOS operatsion tizim bilan tanishi o`tamiz. MS DOS OS si quyidagi qismlardan tashkil topgan:
BIOS (Basic Input-Output System), (Kiritish-chiqarishning asosiy tizimi). Bu kompyuterning doimiy xotirasida joylashgan. Uning vazifasi axborotlarni kiritish va chiqarish bilan bog`liq bo’lgan eng sodda va universal xizmatlarni bajarishdan iborat.
Operatsion tizimning yo’qlovchisi. Bu tizim juda qisqa dastur bo’lib, u MS DOSli disketaning birinchi sektorida joylashadi va uning vazifasi MS DOSning qolgan ikki modulini o`qishdan iborat.
IO.SYS va MSDOS.SYS tizimli fayllar. Ularni operatsion tizim yo’qlovchisi xotiraga ko`chiradi va kompyuter xotirasida doimo saqlaydi.
IO.SYS (INPUT-OUTPUT) BIOSning xotiradagi davomi hisoblanadi. MSDOS.SYS DOSning yuqori darajadagi vazifalarini bajaradi.
MS DOSning buyruq protsessori foydalanuvchi kiritgan komandalarni qayta ishlaydi. Buyruq protsessori OS yo’qlanayotgan disketaning command.com faylida joylashadi.
MS DOSning tashqi komandalari - OS bilan birgalikda yo’qlanadigan alohida fayllardagi dasturlardir. Bu dasturlar xizmatchi vazifasini bajaradi, masalan, disketalarni formatlash, disketalarni tekshirish va hokazo.
Qurilmalar drayverlari MS DOSning kiritish-chiqarish tizimini to`ldiradi, yangi qurilmalarning ishini ta‘minlaydi , mavjud bo’lgan qurilmalarning nostandart ishlatilishini ta‘minlaydi. Drayver nomi config.sys faylida ko’rsatiladi.
Fayllar va kataloglar.
Disketalarda ma‘lumotlar fayllar ko’rinishida saqlanadi. Fayl -bu disketaning ma‘lum nom bilan ataluvchi sohasidir. Faylda dastur va hujjat matnlari, bajarilishi mumkin bo’lgan dasturlar va hokazolar saqlanadi. Fayllar 2 xil bo’ladi: matnli va ikkili tizimdagi. Matnli fayllar foydalanuvchi o`qishi uchun mo’ljallangan. Har bir fayl ikki qismdan iborat bo’lgan nomga ega. Fayl nomining birinchi qismi asosiy qismi hisoblanadi va 1 tadan 8 tagacha belgidan iborat bo’ladi. Fayl nomining ikkinchi qismi kengaytgich deyiladi va 1 tadan 3 tagacha belgidan iborat bo’ladi. Fayl nomining asosiy qismi kengaytgichdan nuqta bilan ajratiladi.
Masalan:

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling